May 21, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_7❤️‍🔥

Taehyung pov:

Tong otgan edi. Ammo yonimdagi "qushcham" hali ham uxlayotgan edi. Juda yoqimtoy va shahvoniy.

Taehyung miyigida kulib, o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida, birdan yotoq yonidagi stol ustidagi kecha sabrsizlik bilan qilgan harakatlari orasida qanday qilib otib yuborganini bilmay qolgan telefoni jiringladi. Sekin yotoq yoniga siljib, telefon ekraniga qaradi. Ekranda "akam" yozilgani ko‘rinib, birdan asabiylashib ketdi. Asabiy holatda qo‘ng‘iroqqa javob berdi. Bu orada u o‘rnidan turib, kiyinishni boshladi.

— Sizga erta tongdan nima kerak?!

Taehyung kiyinishni tugatgach, tezda xonadan chiqib ketdi. Jimin uni telefon ortidan xirillagan ovozini eshitib, miyigida kulib qo‘ydi.

— Oh! Senga ham hayrli tong, ukajon!

— Siz menga qo‘ng‘iroq qilmaguningizcha, bu la'nati tong hayrli edi!

Jimin uning gaplarini eshitib baland ovozda kulib yubordi:

— Oh, mening ukajonimning kayfiyati nega tushib ketdi? Menga ayta olasizmi?

Taehyung asabiylashib, tishlarini bir-biriga qattiq bosdi:

— Otamga nima dedingiz? Nega men sizdan sotib olgan aksiyalarni qaytarishim kerak?! La'nati siz...!

— Nima? Menmi? Men hali hech narsa qilmaganman.

Jimin Taehyungni kabinetidagi stolida o‘tirarkan, oyoqlarini sekin stol ustiga qo‘ydi va kuldi.

Taehyung esa bo‘sh qolgan klub ichida tashqariga tomon ketardi.

— Men sizga bu aksiyalarni qaytarib beramanmi? — dedi u kulib. — Hech qachon! Eshitdingizmi? Bu kompaniyadan o‘zingiz xohlaganingizcha ketdingiz! Endi aksiyalarni qaytarib, sizni yana kompaniyaga olmayman!

Taehyung asabiylashib, boshqa hech so‘z aytmay qo‘ng‘iroqni yakunladi. Tashqarida turgan mashinasiga o‘tirib

Taehyung mashinasiga o‘tirgach, Xuye tezda uning oldiga keldi va unga murojaat qildi.

— Janob...

Xuye so‘zini tugatishidan oldin, Taehyung yuziga 1000 von qiymatidagi paketni uloqtirdi va jahli chiqqan holda aytdi:

— Qizga yangi kiyimlar bering va uni darhol uyiga yuboring! Lekin qo'lingni uchi ham tegmasin! Agar tegsa seni odamlarim hech kim yo'q joyda gumdon qiladi!

Taehyung shunday dedi-da, uning yuzidagi norozilik yoki tazm qilayotganini kutmay, darhol mashinasini ishga tushirdi va ketdi.

Xuye zudlik bilan ichkariga yurdi. U to‘g‘ri VIP xona tomon yo‘naldi. Soat atigi 6:17 bo‘lganligi bois clubda odamlar siyrak, kechani shu yerda o‘tkazganlar esa asta-sekin tarqalayotgan vaqt edi. Bunday manzara bu joy uchun odatiy holat hisoblanardi.

Atrofga parvo qilmay, Xuye sokin yurishda davom etdi. Yo‘lakdan o‘tayotganda Minwo qoldirib ketgan paketdagi libosni ko‘rdi. Va tezda qo'liga oldi. VIP xona eshigiga yetgach, chuqur nafas olib, ohangsiz qadamlar bilan eshikni taqillatdi.

°°°

Bora P.O.V

Boshqa joylarim bir oz qattiqlashgan bo‘lsa-da, ayniqsa tanamning pastki qismi qattiq zirqirardi. Mmm...

Yumilgan ko‘zlarimni asta ochdim. Yorqin quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri yuzimga urildi. Zo‘rg‘a ko‘zlarimni qamashgan holatda ochib, atrofga ko‘z yugurtirdim. Bu... bu joy meniki emasdi. Birdan ko‘rpani tortdim. Tanamda namlashib qolgan kiyimlar bor edi. Nafasimni ichimga olib, yuragimni bosdim.

Hech bo‘lmasa, o‘ylaganimdek holat bo‘lmagan,— deb o‘zimni yupatdim.

Yotoqdan turmoqchi bo‘lganimda, eshik ortidan taqillash eshitildi. Sekin u tomonga qaradim va past ovozda:

– Kiravering... – dedim.

Gapim tugashiga ulgurmay, eshik ochilib, bir yigit ichkarilab kirdi. Avvaliga uni tanimadim, biroq keyin kecha Minwo bilan birga clubda ko‘rganim yodimga tushdi. Shundan keyin bo‘lgan voqealar esa, xotiramda yo‘q edi. Ah, la’nat... Bora!

U sekin bosh egdi va qo‘lida ushlab turgan, ustida mashhur brend logosi turgan paketni menga tutdi:

– Xonim, bu siz uchun. Yangi kiyimlar... iltimos, kiying.

Paketga va yigitga tikildim. Keyin ustimda ho‘l kiyim turganini anglab, bezovtalik bilan xo‘rsindim. Nihoyat, u bergan narsani qo‘limga oldim. Ichida juda ham qimmatbaho libos bor edi. Yigit yana bir bor egilib, chiqib ketdi. Biroq eshikdan chiqishidan avval :

– Tayyor bo‘lsangiz, sizni uyga olib boraman.

Uzalmasdan kiyimni almashtira boshladim. Sochig‘im bilan tanamni artarkanman, terimda qandaydir binafsha-kök tusdagi izlarni payqab qoldim. Kecha sodir bo‘lgan hodisalarni eslashga qancha urinmay, clubga kirganimdan keyingi qismlar butunlay yodimda yo'q edi... O'zimni qarg'agancha kiyimlarimni shosha-pisha kiyin oldim

Chon Xuye & Bora

Jimin, sekinlik bilan Taehyungning stulidan turib, katta deraza tomon yurdi. So'ng kompaniya kirish eshigi tomon tikilib turardi. Qo‘llarini esa ko‘ylak cho‘ntagiga joylagan. U faqat o‘zi eshitadigan darajada pichirladi:

– Kompaniya ham, Bora ham oxir-oqibat meniki bo‘ladi. Seni esa, oyoqlarim ostidan bora tomonidan olinasan! Qadrli ukajonim!

Lab burchagida g‘amgin kulgu bilan jilmaydi va orqasiga qarashidan oldin Taehyung kirish eshigidan kirib kelayotganini ko‘rib, qoniqish bilan ko‘z qisdi. So‘ng ish stoli yonidagi uzun divanga o‘tirib, oyoqlarini chalishtirib oldi.

Kim’s Palace

Mingi, otasiga hafalik bilan qarab, xo‘rsinib iltijo ohangida davom etdi:

– Ota, sizni tushunaman, lekin men ham kompaniyada ishlashni xohlayman! Uyda uy bekasi kabi vaqt o‘tkazish meni qiynayapti!

Janob Kim kulib yubordi, ovozi zalni larzaga soldi:

– Shu nozik miyang bilan kompaniyada faoliyat yuritaman deb o‘ylayapsanmi? U yerda ishlayotgan xizmatkorlar ham sendan ancha zukko!

Bu so‘zlarni eshitib, Kim xonim bezovtalanib gapga aralashdi:

– Dadasi, iltimos, bunday demang! U ham akalari kabi biznes universitetida tahsil olgan!

Mingining sabr kosasi to‘lib, tishlarini mahkam tishladi. Janob Kim esa so‘zidan qaytmadi:

– Sen meni chindan ham bexabar deb o‘ylayapsanmi, nodon ayol?! U o‘sha universitetga faqat juma kunlari borardi. Qolgan kunlari esa tungi klublarda kezib yurardi! U juma kuni ham men nazoratga borganim uchun borgan!

Kim xonim bu haqoratli so‘zlardan so‘ng labini tishlab, ko‘zini pastga soldi. Mingi otasiga tik qarab, qat’iy gapirdi:

– meni o‘sha kompaniyaga farrosh sifatida joylashtiring! Shunda qanday bosqichlardan o‘tib, rahbarlikka erishishimni o‘zingiz ko‘rasiz!

Janob Kim ohangini o‘zgartirib, sal jiddiyroq dedi:

– Faqat o‘sha kungacha men tirik bo‘lsam bo‘ldi...

Mingi esa oldingidan ham qat’iyroq tarzda, jag‘i qattiq siqilgan holda javob berdi:

– Bu yil ichida bo‘ladi! Sizning oddiy farrosh og'lingiz aynan siz asos solgan kompaniyani boshqarayotgan bo‘ladi!

Shu so‘zlarni aytib, Mingi o‘z xonasiga kirdi. U kompyuter stoliga borib, stulga cho‘kdi va boshini qo‘llari orasiga olib, ichidan baqirib yuboray dedi.

Mingi💔

Xuye, Borani uyga olib kelganida, u yengil tabassum bilan egilib minnatdorchilik bildirdi:

– Rahmat…

Shundan so‘ng sekin uy eshigini ochib, ichkariga kirib ketdi. Va DahyeXonasiga kirar-kirmas, atrofga ko‘z yugurtirib, ovoz berdi:

– Dahye xola?

U xona bo‘ylab yurib, mehmonxonaga qarab yo‘l oldi.

– Dahye xola?! Shu yerdamisiz?

Qorong‘i jimjitlikni faqat yuragidagi g‘ulg‘ula buzardi.

– Yo Xudo... Qayerga g‘oyib bo‘ldilar?

°°°

kecha tunda — Bora va Minwo ketganidan so‘ng

Dahye, ular chiqib ketishi bilan birdaniga harakatga tushdi. Xonadan-xonaga o‘tib, g‘alati harakatlar bilan atrofni tekshira boshladi. Nihoyat, Boraning xonasiga kirib, shkafni ochdi. Kutilmaganda, javon orasida qog‘ozga o‘ralgan pul ko‘ziga tashlandi. Ko‘zlari chaqnadi, labida shaytoncha kulgi paydo bo‘ldi. Hatto sanamasdan, ularni cho‘ntagiga joylab qo‘ydi.

Dahye hech narsa bo‘lmagandek xonani tartibga solib, shoshilinch uy eshigini yopib chiqib ketdi.

U chiqib ketganidan ko‘p o‘tmay, Minwo ham Xuye bergan pulni olgancha uyning eshigidan kirib keldi. Dahyening uyda yo‘qligiga unchalik ahamiyat bermasdan, bevosita o‘z xonasiga yo‘l oldi. Yotoqqa cho‘zilib, shiftga tikilib gapirdi:

– Aysh... shiball... Bu guruhga kirish oson bo‘ladi deb o‘ylagandim-a!

Minwo shu holatda, xayollar ichida uxlab qoldi.

°°°

Hazirgi vaqt

Bora, Dahye rostdan ham ketib qolganiga ishonch hosil qildi. Endi navbat Minwo uyda-yo‘qligini bilishga kelgandi. Ehtiyot bilan uning xonasiga kirib bordi. Minwo yotoqda keng yastanib uxlab yotardi. Bora sekin telefonini chiqarib, uning suratini oldi. So‘ng Minwoni o‘ziga ko‘rsatishni o'ylab kulib qo‘ydi va sekin chiqib ketdi.

Yotoqxonasiga qaytayotganida, birdaniga qornining pastki qismida yana og‘riq paydo bo‘ldi. O‘zini yotog‘iga tashladi. Nafasi qisilib, havotir bilan pastki qismini ochib qaradi.

qizarib ketgan, hatto biroz shilgan edi.

Borani vahima bosdi. Miyasiga kelgan taxminlardan yuragi siqildi. Ko‘zlarini qattiq yumib, chuqur nafas oldi.

Taehyung kompaniyaga yetib kelganida, Jimin allaqachon ichkarida ekanini sezdi va g‘azab aralash qadamlarini tezlatdi. Shu zahoti kotiba Einu uning oldiga yugurib chiqdi:

— Janob Taehyung… janob Jimin sizning xonangizga kirib olgan…

— NIMA?! AYSH! LA'NATI!

Taehyungning yuzida jahl to‘lqini chaqnab, birpasda xonasiga qarab yurdi. Ammo birdan orqasidan kimdir bilagidan ushlab qoldi. U, g‘azab bilan:

— Qo‘yib yubor! — deb baqirib yubordi.

Ammo orqasiga qarab, bu kimligini tanib, nafasi biroz sekinlashdi.

— Hoy, tinchlan! Menman, Jeon Jungkook! Do‘stingni ham tanimay qoldingmi? — dedi u kulimsirab.

Taehyung bir zum to‘xtab, ohangini pasaytirdi:

— Jungkook! Bu qanday tushunarsiz holat?! Akam mening kabinetimda nima qilib yuribdi?! Bilasanmi, u mendan sotib olgan aksiyalarni qaytarmoqchi emish! Bu qanaqa bema’nilik?! Tushunyapsanmi, Jungkook!?

Jungkook ohangsiz xo‘rsinib, Taehyungni yelkasidan ohista itarib, o‘z kabineti tomon boshladi. Ichkariga kirib, eshikni yopdi. Ikkisi ham stullarga joylashgach, Jungkook jiddiy ohangda so‘z boshladi:

— Taehyung, u seni o‘yin ichiga tortmoqchi. Qanday qilib sen hali ham buni sezmayapsan?

— Unda nima qilishim kerak? — dedi Taehyung sabri tugab.

— Uni o‘z tuzog‘iga tushir. Uning hiylasini o‘ziga qarshi aylantir. Asosiy rol — sendan bo‘lsin!

— Aysh ochiqroq gapir!!

Jungkook kaftlarini birlashtirib, chuqur o‘yga cho‘mdi.

— Menimcha, Bora aslida Jiminning kotibasi bo‘lishi kerak edi, shunday emasmi?

— Ha, to‘g‘ri. Lekin keyin men uni o‘zimning kotibamga aylantirdim. Nima aloqasi bor hozir bu mavzuga?!

Jungkook oldinga egilib, ko‘zlarini toraytirib, ohangini pasaytirdi:

— U Borani ilgari bilgan, Taehyung… va sen esa bundan mutlaqo bexabar eding.

— NIMA?! Qanday ma’noda tanigan u?!

Birdan xonaga Jiminning o'zi kirib keladi va...

.

.

.

.

.

• 𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋 @bangtan_ff_shop_menu 💙
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 @usimeat 💗