May 26, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_8❤️‍🔥

Jimin eshikni ohangraboday ochib, xonaga qadam tashladi. Yuzida yengil, mag'rur tabassum — xuddi barchasini avvaldan rejalashtirib qo‘ygandek ifoda bor edi. Bu tabassum na samimiy, na beparvo edi — u ichida yashiringan ustunlik va ishonchni bildirardi.

Jungkook bir zumga jim qoldi. Ko‘zlari kattalashib, nima deyishni bilmay, faqat kuzatib turdi.

Taehyung esa uning ortidan darrov tuta olmadi — yuzida ochiq g‘azab namoyon edi.

— Ukajon, — dedi u ovozini iloji boricha sokin tutishga urinib, ammo ohangida achchiqlik sezilardi. — Nega o‘z kabinetingda emas, Jungkooknikida paydo bo‘lding?

Taehyung endi o‘rnidan turib gapirayotgan edi, biroq ayni paytda telefoniga xabar keldi. Bu — otasidan edi.

SMSda quyidagilar yozilgan edi:

> “Akangga aksiyalarni bugunoq qaytar. Men bugun kompaniyaga boraman va hammasini shaxsan tekshiraman. Shuning uchun har qanday nayrang haqida o‘ylashga ham jur’at qilma.”

Xabarni o‘qib bo‘lgan Taehyung yelkasini qisdi, labida majburan yuzaga kelgan jilmayish paydo bo‘ldi. Orqasidan asta o‘rnidan turdi va Jiminning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

— Faqat Jungkookdan hol-ahvol so‘ramoqchi edim, — dedi ovozida mayin kinoya bilan. — Yuring, sizga aksiyalarni topshiraman.

“Aksiyalar” degan so‘z og‘zidan tishlarini qisib aytilgan, u bu so‘zni nafrat bilan chiqardi.

Jimin esa kulimsirab javob qaytardi:

— juda ajoyib! Men sen bilan bu masala uchun kurashishga tayyorman deb o‘ylagandim.

Jungkook esa nima bo‘layotganini tushunishga urinayotgancha Taehyungga tikildi. Jimin esa o‘zini g‘olibdek his qilib, yelkasidagi qo‘lini asta Taehyungning yelkasiga qo‘ydi — go‘yoki g‘alabasini muhrlab qo‘yayotgandek.

Bora pastki qismidagi qattiq sanchish va achchiq og‘riqqa zo‘rg‘a chidab, asta-sekinlik bilan yotoqqa o'tirdi. Nafasi biroz tezlashgan, peshonasida mayda ter tomchilari paydo bo‘lgandi. U ko‘zlarini yumishga chog‘landi — ammo bir zumda birdaniga yuragi orqasidan muzdek xotira o‘tdi: bugun ishining birinchi kuni!

Ko‘zlari lov etib ochildi. Tezda yonidagi tumbochkadagi soatga qaradi. 6:56!

— Ayyy! — deya o‘ziga o‘zi pichirladi u, cho‘chigandek ovozda.

Bir soniyada og‘riqni unutgandek, beixtiyor o‘rnidan sakrab turdi. Sochlari yelkalariga to‘kilib tushdi, yelkasi titrab ketdi, lekin tanasi endi faqat shoshilish bilan band edi.

Tezda shkaf oldiga yugurdi, eshikni ochib, kiyimlarni ko‘zdan kechirdi. Rang-barang kiyimlar orasidan ishga mos, jiddiyroq ko‘rinadigan to‘q kulrang kofta va qora shimni tanladi. Kiyimlarini almashtirar ekan, harakati biroz shoshqaloq, ammo aniqlik bilan bajarilar, yuragi esa gupillab urib turardi. U bugungi kun qanday boshlanishidan qat’i nazar, hech narsa kechikishiga bahona bo‘lishini istamasdi.

Ko‘zlari oynaga tushdi. Uning chehrasi ozgina xira, biroq ko‘zlarida qat’iyat porlardi.

Bora sochlarini tezda silliqlab yig‘ib oldi-da, yelkasiga osiladigan charm sumkasini qo‘liga oldi. Undagi har bir harakatda shoshilish, yuragidagi yurishlarda esa tashvish aralashgan intizorlik sezilardi. U uy eshigini shoshqaloqlik bilan yopdi. Kalitni ilingan joyga tashlab, zinapoyalardan deyarli yugurib tushdi. Nafasi biroz siqilayotgan bo‘lsa-da, o‘ziga ruhan dalda berib, ko‘chaga chiqdi.

Tashqarida havo salqin edi. Osmon pushti-siyohrang tong bilan to‘yinayotgan, qushlarning ilk chirqiroqlari eshitilardi. Bora telefonini olib, bir harakatda taksi ilovasini ochdi va yaqin atrofdagi mashinalardan birini tanladi. Har bir soniya unga abadiydek tuyulardi.

Oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tib, qora rangli, toza va ixcham Kia mashina ko‘chani burilib kelarkan, Bora unga tanish belgi bilan ishora qildi. Haydovchi mashinani asta to‘xtatdi. U eshikni ochib, tezda orqa o‘rindiqqa o‘tirdi.

— Kompaniya tomon, iltimos. Imkon qadar tezroq, — dedi Bora biroz shoshib, ammo odob bilan.

Mashina harakatga tushdi. Shahar hali to‘liq uyg‘onmagan, yo‘llar bo‘sh edi. Bora derazadan tashqariga qarar ekan, yuragi qattiq urardi. Ich-ichidan “Bugun hammasi yaxshi o‘tadi. O‘zingni qo‘lga ol, Bora,” deb o‘zini tinchlantirardi. U kompaniyaga shoshilar, lekin yuragida ilk kunning hayajoni, ichki titroq va nima bo‘lishini bilmaslik hissi tinchlik bermasdi...

Janob Kim kompaniya tomon yo‘l olarkan, kenja o‘g‘lining qat’iy so‘zlari beixtiyor xayolida jonlandi. Yuragida qandaydir g‘alati tuyg‘u qimirlagandek bo‘ldi. Bir necha qadam yurdi-yu, to‘xtadi. So‘ng biroz jim turgach, sekin ortiga burilib, past narvon bo‘ylab o‘g‘lining xonasiga qarab yurdi.

Eshikni sekin ochdi. Xonada jimjitlik. Mingi yotoqda yonboshlab yotar, qo‘lida telefon. Ko‘zlari ekranga tikilgan bo‘lsa-da, otasining qadam tovushini eshitib, shundoqqina bo‘g‘zidan bir titroq o‘tdi. Janob Kim chuqur xo‘rsinib, sal bo‘g‘iq, ammo qat’iy ohangda so‘z boshladi:

— Rostdan ham kompaniyada ishlamoqchimisan?

Mingi beixtiyor seskanib tushdi. Telefon qo‘lidan tushib ketay dedi. U cho‘chib o‘rnidan sapchidi, bir og‘iz so‘z aytishga ham ulgurmay, otasi yuziga bir qarab, yana orqasiga burildi.

— Unda yur! O‘zing aytganingdek... farrosh bo‘lasan! — dedi u, ohangida yengil kinoya, ammo faxr aralashgan mehr bilan.

Mingi shoshib yotoqdan turdi. U kiyim-boshini ham e’tiborga olmasdan, otasining ortidan shoshildi. Ostonaga yetib kelganida Janob Kim yelkasini sal burib, o‘g‘lining holatiga bir qaradi-da, labining chetida kulimsiradi.

— Shunday holatda ketmoqchimisan?

Mingi yuzida yarim tirjayish bilan dedi:

— Baribir farrosh bo‘laman-ku! Farroshlar formasiz yuradi!

Janob Kim kuldi. O‘sha kulgi faqat ota mehridan tug‘ilgan kulgi edi. U o‘g‘lini yelkasidan yengil quchoqladi. So‘ng ikkalasi birga kulgancha mashinaga o‘tirdilar. Ichkarida esa go‘yoki yangi hayot sahifasi ochilayotgan edi…

Taehyung va Jimin kabinetda bir necha daqiqa davomida sukut va hujjatlar orasida yelkama-yelka ish yuritdi. Nihoyat, aktsiyalarning 25 foizi rasmiy hujjat asosida akaga o‘tkazildi. Hujjatlar jiddiylik bilan taxtga qo‘yildi. Jimin ularni ohista qo‘liga olib, ko‘zlari bilan varaqlarning orasidan yugurdi. Har bir raqam, har bir muhr, har bir imzo — u uchun bu g‘alaba emas, zaruratsiz yengillik edi. So‘ng nigohini ukasiga qadab, sinovchan ko‘zlar bilan tikildi.

Taehyung kaftlarini cho‘ntagiga tiqib, peshanasiga tushgan bir tutam sochini chetga surib, unga yelkalari tik, ammo ko‘zlarida g‘amgin istehzo bilan qarab turardi.

— Agar ko‘nglingiz to‘lgan bo‘lsa... endi o‘z kabinetimga qaytsam, — dedi u, ovozida kinoya aralash sokinlik bor edi.

Orqasiga burilib chiqib ketdi. Og‘ir, lekin hotirjam qadamlar... Go‘yoki bu binoning devorlari ham unga tikilardi. Ammo u hech kimga hech narsa demadi. Uning sukunati — yuragidagi urinish edi.

Yo‘lakdan o‘tayotgan chog‘ida, katta deraza yonidan o‘tib borar ekan, tashqaridagi harakatlar uning e’tiborini tortdi. Kompaniya oldiga to‘xtagan ikki mashina... Ulardan biri — porlab turgan, hashamatli qora rangli avtomobil edi. Uning qop-qora oynalaridan ham kimdir kuchli shaxsiyat egalari chiqqandek tuyuldi. Taehyung bir qarashdaoq, ichida otasi borligini fahmladi. Uning yuragi sekin tortilib, labining cheti irshaydi — sovuqlik bilan emas, tayyorgarlik bilan.

Ammo, ikkinchi mashina — oddiy taxi edi. U tepasida miltillab turgan sariq yozuv, unda kimdir kutilmagan inson borligini his qildirardi. Taehyung qiziqish aralash shubha bilan unga qarab turdi. Mashinalar deyarli bir vaqtda ochildi. Avvalgi taxminlari to‘g‘ri edi — birinchi mashinadan Janob Kim tushdi. Qadamlarida sovuq barqarorlik, nigohlarida qat’iyat bor edi.

Ortidan esa Mingi chiqdi. Uning ustida oddiy kiyim, ammo yuzida qandaydir hafsalasizlik, ammo baribir otasining yonida yurganidan faxr aralash hissiyot ufurib turardi. Taehyung qoshlarini biroz chimirib, ular tomon yurmoqchi edi, ammo nigohi yana taxiga qaytdi.

Taksi eshigi ochildi. Undan — sokin, ammo yurakni qitiqlovchi bir qiyofa ko‘rindi. Bora edi. U ish kiyimini ancha silliq kiyib olgan, beli tor, bo‘yni ochiq, sochlari esa silliq yig‘ishtirib, boshining orqasiga mahkam bog‘lab olingan edi. Undan ishbilarmonlik, jiddiylik, ammo bir vaqtning o‘zida noziklik, nafislik ufurib turardi. Taehyung bir lahza hushidan ketay dedi. Yuragining tubidagi kechagi kecha sado berdi. U lablarining chetini qimirlatib, bir o‘zini jilmayib qo‘ydi, ammo bu jilmayishda kinoya, og‘riq, qiziqish va... bir oz rashq yashiringan edi.

U sekin xo‘rsinib, og‘ir qadamlar bilan ularning oldiga qarab yo‘l oldi. Bu orada Janob Kim va Mingi ichkariga yurishni boshlagandi. Ammo... taqdir yana o‘z yo‘lini topdi.

Bora, endi yurayotgan edi, beixtiyor qadamini Mingi tomon tashladi. Unga yengil urilib ketdi. Qiz nozik bo‘lgani bois, muvozanatini yo‘qotib, yiqilay dedi. Mingi esa, mashqdan toblangan, gavdasi kuchli — u darrov uni qo‘ltiqlab oldi.

— Ehtiyot bo‘ling, xonim, — dedi u, ohangida yumshoqlik va ajablanish bor edi.

Bora muzlab qolgandek bo‘ldi. Vujudi toshdek qotdi. Yuragi esa... kuchli urib ketdi. Ko‘zlari Mingi ko‘zlariga tushdi, ammo ko‘ngli... boshqa tarafda yurib edi.

Taehyung esa buni uzoqdan kuzatib turar, yuragidagi bezovtalik, so‘zsiz rashq, ichki alam va chorasizlikni jag‘larini qattiq qisib bosishga urindi. Tishlari g‘ichirlab ketdi. Nigohi ko‘kka emas — yerga qaratildi. U bilardi — u ayni damda hech narsa qila olmaydi.

U oxiri otasining oldiga yetib bordi. Yelkasini biroz bukib, yengil egildi:

— Salom, otajon, — dedi, ovozini imkon qadar barqaror saqlagan holda.

Janob Kim unga bir qarab, yuragini iliqlik chulg‘adi. U sekin egilib, o‘g‘lini bag‘riga oldi. Tashqaridan sovuq ko‘rinsa-da, bu bag‘irda faqat otalik mehr bor edi.

— Hayrli tong, o‘g‘lim, — dedi u, qo‘lini orqasiga qo‘ygancha kulimsirab.

Shu orada ichkariga kirgan Bora esa, bu manzarani ko‘rib, yuragida nimadir qimirlaganini his qildi. Taehyungning egilgan qomati, uning otasiga nisbatan hurmati, bu sovuq odamning ham issiq tomoni borligidan darak berardi.

Bora yuragi hapriqib, yurishini tezlashtirdi. Yuragining tubidagi g‘alati titroq uni to‘xtatmasdi. Axir u — Kim Taehyungning shaxsiy kotibasi edi. Qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, bu lavozim, bu mas’uliyat uni doim hushyor, doim tayyor bo‘lishga majbur qilardi.

Qadamlarida shoshqaloqlik, nigohlarida esa aralashgan hissiyotlar — kechagi kecha, bugungi ertalab va Taehyungning qiyofasi — barchasi bir joyda aylanganday yuragiga bosim qilardi.

U nihoyat Taehyung va uning otasi — muhtasham Janob Kim oldiga yetib bordi. Nafasini rostlab, boshini egdi. Sokin, hurmat bilan:

— Salom, janob, — dedi.

Taehyung unga bir lahza tikilib turdi. Nigohi sovuq emasdi, ammo befarqday tuyulardi. Yuragidagi to‘lqin esa, yuziga chiqmasdi.

Janob Kim esa sekin jilmayib, muloyimlik bilan Boraga tikildi. U o‘zi kutmagandek taassurotda edi — qarshisida turgan qiz... faqat oddiy kotiba emasdi.

— Salom, go‘zal xonim, — dedi u, ovozida o‘ziga xos kulgu aralash sirli ohang bilan. — Siz men eshitgan, Taehyung Jimindan “ tortib olgan” kotiba qizsiz, shundaymi?

Bora bir lahza entikdi. Bu gapda kinoya, hazil va sinov aralash edi. Ammo u shoshmadi. Sekin bosh irg‘ab, ko‘zlarini pastga olib, o‘zini tanishtirdi:

— O‘zimni tanishtirsam... ismim Khan Bora.

Uning tovushi tiniq, muloyim edi. Ammo bu tovush ortida ichki hayajonni sezish qiyin emasdi.

Janob Kim jilmayib qo‘ydi. Uning nigohida otaona iliqligi va erkaklarga xos mulohazali kuzatuvchanlik bor edi.

— Juda go‘zal ism. Huddi o‘zingiz kabi! — dedi u, qizning yuziga jiddiy, lekin samimiy qarab.

Bu orada orqadan kulgiga o‘xshagan ovoz eshitildi. Mingi jilmaygancha, qadamlarini tezlashtirib akasining yoniga yetdi. U doimiy sho‘xligi bilan vaziyatni yumshatishga urinayotgan edi.

— Oooxxo, akam hech ham qizlar uchun talashmagan edi. Qaysi tomondan quyosh chiqib, siz o‘zgardiz? — dedi u hazil ohangida, yelkasiga yengil urib.

Taehyung esa, bunday kulgili vaziyatni yoqtirmasdi. Ayniqsa, odamlar bor joyda, Bora yonida — bu unga yoqmadi. U yuzini biroz burishtirib, ukasini yelkasidan itardi.

— Ko‘p gapiradigan bo‘lib qolgansan shu kunlarda! — dedi sovuq ohangda. So‘ng keskinroq davom etdi: — O‘zi nega kelding bu yerga, Mingi?

Mingi bir lahza egilib, kulgusi so‘ndi. Ammo ko‘zida hali ham sho‘xlik qoldi.

— Dadajon chaqirishdi. Siz bilan birgalikda kompaniya ichki strukturasi bo‘yicha yangi bo‘lim ochilishi haqida gaplashamiz, — dedi, ammo so‘ngra ko‘z qisib, past ovozda yana hazil qildi: — Ha, balki kelishimning 10 foizi sizni sharmanda qilishdir...

Taehyung chuqur nafas oldi. Bora esa bularning barini jim kuzatardi. Ammo yuragida — qorishiq tuyg‘ular aylanishda edi. Bu oila... bu odamlar... va ayniqsa, Taehyung — ular oddiy dunyo odamlari emasdi. Va u esa endi — ularning o‘rtasida edi.

Mingi & taehyung

Birozdan so‘ng

Taehyung o‘z kabinetida o‘tirardi. Nihoyat otasining tekshiruvlari ortda qolgandi. Akasiga aksiyalarni qaytarib bergani isbotlangach, endi tinchgina kresloda cho‘zilib o‘tirgan edi. Ammo ko‘z oldiga kechagi tun yana kelib tushdi. O‘sha lahzalar... o‘sha qiz… O‘zini jilmayishdan tiya olmadi. Yonidagi kichik telefonni oldi-da, bir tugmani bosdi:

— Tezda xonamga kir!

Bora qulog‘iga qattiq ohangda eshitilgan bu gapdan ko‘zlarini yumdi. Ichidan bir “huh” tortib, o‘rnidan turdi. Og‘riq yuragini ezayotgan bo‘lsa-da, sumkasidan og‘riq qoldiruvchi dorini oldi, ichib yubordi va taehyungning xonasiga yo‘l oldi. Eshikni taqillatdi.

— Kiring.

Ichkariga kirdi. Ovozida yengil kinoya, ohangida asabiylik aks etgan edi.

— Ha, janob Taehyung?

Taehyung sekin o‘rnidan turdi. Qadam-baqadam unga yaqinlashayotganini ko‘rib, Boraning yuragi gupillay boshladi. Har bir qadami yuragini urdirardi. Ko‘zlari esa bir lahza pastga qarab ketdi. Ichki sezgi... xavotir... aralash hislar uni chulg‘ab olgan edi.

— Kechagi tunni unuta olmayapman… balki yana bir marta takrorlab ko‘rarmiz?

Bora darrov ortga chekindi. Ko‘zlarida xavotir aralash chalkashlik.

— Qanday kechagi tun? Nimalar deyapsan?

Taehyung bir zumda belidan ushlab, uni o‘ziga tortdi. Orqa qo‘li bilan esa eshikni “shiq” ettirib qulfladi. Bora yuragi joyidan chiqib ketgudek urardi.

— Qanday qilib bunchalik maroqli tunni esdan chiqargan bo‘lishing mumkin, a?

Bora seskanib ketdi. Nafasi buzildi, qo‘llari bilan Taehyungni itarishga harakat qildi.

— Nima deyapsan o‘zi?! Qo‘yib yubor meni! Aqldan ozdingmi?!

Taehyung esa kulimsiradi. Va bir zumda lablarini Boraning lablariga bosdi. Bora ko‘zlarini kattaroq ochdi. Hayronlik… titroq… lablarining tebranishi… uni ichkaridan chulg‘ab olgan edi. Qochishga urindi, ammo Taehyung uni mahkam tutib turgandi. Boshining orqa tomonini ushlab, lablarini chuqurroq bosdi. Pastki labini yengilgina so‘rib, tishlab yubordi. Qon chiqdi. Taehyung esa sekin uni yalab, yana o‘pib qo‘ydi. So‘ng asta orqaga chekindi.

Bora allaqachon chuqur nafas olib turgandi. Yuragi... huddi to‘xtab, yana ura boshlagandek. Nafaslari aralash, titroq so‘zlar chiqdi og‘zidan:

— Bu... bu nima qilganing, ahmoq?! Shilqim!

Taehyung kuldi, lab chetida yalang‘och tabassum bilan:

— Shilqim, a?

— Ha shilqim! Yaramas! Qanday qilib meni opishga jur’at etding?!

Taehyung baland ovozda kulib yubordi. U qizni yana o‘ziga tortdi. Bu safar ikkala qo‘lini orqasiga bir qo‘li bilan mahkam siqib ushladi. Ikkinchi qo‘li esa belidan o‘tdi. Bora yuragi qanchalik urayotganini his qilsa-da, ko‘zlaridagi qarshilik... bu safar aniq edi. Ichida bir nido bor edi: “To‘xta”, ammo tili shunchaki jim qoldi

Taehyung lablarini Boraning lablaridan uzmasdan, sekin-sekin uni ish stoli tomon orqalay boshladi. Bora har bir qadami bilan yuragining urishi tezlashayotganini sezardi. Nafasi buzilib, yuragi ichidan g‘uldirab urardi. Ammo lablari… o‘sha issiq, yumshoq, shishgan lablardan ajralolmas edi.

Bir lahza ichida Taehyung ikki qo‘lini Boraning beliga qo‘yib, uni yengil ko‘tardi va stol ustiga o‘tqazdi. Bora cho‘chib ketdi. Qo‘llari lablaridan mahkam ushlab, ko‘zlarini yumdi. Ammo yuragidagi g‘alati hislar… qocholmaydigan, ko‘nikishga majbur bo‘layotgan holat uni chalg‘itardi.

Lablariga tegayotgan o‘sha tanish, issiq bo‘sa… boshi aylana boshladi. Nafasi uzilayotgandek edi. Kechagi tun, o‘sha qorong‘i, jimjit xotira miyasi ichida jonlana boshladi. O‘zining qarshilik ko‘rsatmaganini, ammo yuragidagi qaltirashlarni esladi. Shunga qaramay… ko‘zlarini ocholmasdi.

Taehyung sekin qo‘llarini uning sonlariga olib bordi. Barmoqlari orqali yurayotgan iliq teginishlar Boraning butun vujudini titratdi. U na biror so‘z ayta oldi, na yuragini tinchitdi.

— Hali ham eslamadingmi o‘sha tunni? — deb pichirladi Taehyung uning qulog‘i yaqinida.

Bora bir lahzaga ko‘zlarini ochdi. Ko‘zlarida chalkashlik, norozilik, lekin eng avvalo — o‘zini tushunmaslik turardi. Ammo lablaridagi bo‘sa uni yana jim qildi. Taehyung uni yana o‘pdi. Bu safar chuqur, qattiq, nafasini torttiradigan darajada.

Shunga o'xshash

Taehyung lablarining iliqligi bilan Boraning lablariga yana bir bor tegdi. Nafaslar bir-biriga qorishgan, yuraklar esa g‘alayon ichida urib turardi. U asta Bora belidan ushlab, o‘ziga tortdi. Bora beixtiyor unga yondashdi, ko‘zlaridagi titroqni yashirishga harakat qilardi. Taehyung esa uning nigohlariga termilib, xuddi har bir yuragini eshitganday qadam tashladi.

U Bora belidan ko‘tarib, ish stolining chekkasiga o‘tkazdi. Harakati qat’iy, ammo ehtiyotkor edi. Bora ko‘zlarini yumdi, yuragidagi chalkash hissiyotlar uni larzaga solardi. Kechagi tun — xayol va haqiqat orasida qolgan lahzalar — yana qaytib kelayotgandek edi. Taehyung uni o‘pgancha, sonlariga ilikday tushgan barmoqlari bilan qizning sonlarini qattiq siqib qo'ydi.. U har bir harakatda egalik hissi yoyilib turardi. Bora esa bu yaqinlikda o‘zini yo‘qotgandek, lekin o‘zidan ham yashirib bo‘lmaydigan ichki mayl bilan unga suyandi.

Bora og‘zidan chiqayotgan mayin, kuchsiz nolalarni tiya olmasy nola qilmoqchi bo'ldi Ammo bu nolalarni Taehyung tezda yutib yubordi. Va lab chekkasida jilmayib qo'ydi.

U qizni bo‘sh qo‘ymay, ehtiyotkorlik bilan yuziga termilib: – kechagi tunda ancha ishtiyoqli eding..– dedi masxara qilgancha past ovozda.

Bora nigohini olib qochdi. U hali bu hislarni aniq anglay olmasdi, lekin yuragidagi allaqanday iliqlik inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat edi.

.

.

.

.

Ammo birdan eshikni buzilgudek taqqilashi ikkisini ham shoshirib qo'ydi...

.

.

.

• 𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋 @bangtan_ff_shop_menu 💙
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 @usimeat 💗