August 18

— '𝗚𝗮𝗻𝗴𝘀𝘁𝗮𝗿 𝘆𝗮𝗿𝗮𝘀𝗶 —

Beshinchi qism

Jungkook g‘azabdan qaltirab mashinasiga o‘tirdi. Eshik shunday zo‘r yopildiki, go‘yo sinib ketadigandek bo‘ldi. Qo‘llari hali ham titrar, yigit mashinani ishga tushirib, manzil tomon haydab ketdi.
Ko‘p o‘tmay asfaltda qora izlar qoldirgan mashina ko‘cha boshida to‘xtadi. To‘xtashi bilan niqobli erkak zudlik bilan yaqinlashib, ichkariga o‘tirdi.
— Janob, ular allaqachon uxlab qolishgan… Endi nima qilmoqchisiz?

Jungkookning miyasida paydo bo‘lgan yovuz reja lablarini beixtiyor tortib qo‘ydi.

— Xukunni o‘z uyiga olib bor. Lioraga esa xat qoldir. Xatga shunday deb yoz…

Niqobli erkak uyga sekin kirdi. Eshikni ehtiyotkorlik bilan, lekin kerakli kuch bilan ochib ichkariga o‘tdi. Yotoqxonada yalang‘och holda chuqur uxlab yotgan erkak yotardi. Niqobli yigit og‘ziga uyqu dori shimdirilgan ro‘molchani mahkam bosib, uni hushidan ketkazdi. Keyin erkakni sudrab ko‘chaga olib chiqdi-yu, mashinaning orqa o‘rindig‘iga tashladi. Mashina uyi tomon yo‘l oldi.
Bir zum o‘tmay mashina belgilangan joyda to‘xtadi. Niqobli erkak yigitni uy oldiga tashlab ortiga qaytdi. Qaytib kelib buzilgan eshikni sekin-asta to‘g‘irladi, qog‘ozni oldi va Jungkook aytgan so‘zlarni yozishga tushdi:

«Sevgilim,
Bu tunni unut…
Bu shunchaki xato edi…
— Xukundan…»

Xatni qoldirib, niqobli erkak u yerdan sekin uzoqlashdi

Ertasi kuni

ertalab quyoshning dastlabki nurlari deraza orqali yotoqxonaga sekin sızib kirayotgan edi. Liora zo‘rg‘a ko‘zlarini ochdi. Bosh og‘rig‘i bilan og‘ir-og‘ir o‘rnidan ko‘tarilib, atrofga qaradi. Yotoq bo‘sh edi. Yonida hech kim yo‘q. Faqat uning o‘zi… yolg‘iz.
Bir lahza jim o‘tirib qoldi. Kecha tunda sodir bo‘lgan voqealar miyasida birin-ketin o‘tdi. Har bir lahzasi, har bir so‘zi, har bir tegishi… hammasi go‘yo tuman orqasidan sekin-asta yuzaga chiqayotgandek edi. U sekin boshini silkidi.

— Aishhh… Nega u ketdi? — deb pichirladi o‘ziga o‘zi.

Oyog‘ini yotoqdan pastga tushirdi. Yalangoyoq polga teginishi sovuq edi. U sekin-asta o‘rnidan turib, hamom tomon yura boshladi. Lekin o‘sha paytda telefonining ertalabki 7:15 ga qo‘yilgan bildirishnomasi to‘satdan jiringlab ketdi. Ovoz yotoqxonaning jimjitligini yorib yubordi.
Liora sekin qaytib, telefonni o‘chirish uchun egildi. Qo‘li telefonning yoniga tushganida ko‘zlari yonida yotgan qog‘ozga tushdi. Oq, oddiy varaq… lekin unda yozilgan so‘zlar uning yuragini birdan qisib qo‘ydi. Ohista qo‘liga oldi va o‘qiy boshladi.
Har bir qator o‘qilgan sari uning yuzi oqarib, keyin qizarib borardi. Ko‘zlari xatning oxirgi so‘zlarida to‘xtab qoldi.

— Nima?.. Xato? — deb pichirladi. Ovozi titrar edi. — Hazillashyaptimi? Shuncha narsadan keyin… qochib ketib… yana buni xato deb ataydimi? Axx… Xukun!

Qo‘lidagi xatni g‘azab bilan yig‘ishtirib, yostiqqa tashladi. Asablari tarang, nafasi tez-tez chiqardi. Uzoq turib qolmasdan hamomga kirdi. Dushni ochdi. Issiq suv tanasiga to‘kilayotganda u ko‘zlarini yumib turdi. Har bir tomchi terisini yuvayotgandek tuyulsa-da, ichida qaynayotgan olovni o‘chirishga aslo kuch yetmas edi. G‘azab, xafa bo‘lish, tushunmovchilik… hammasi aralashib, ko‘kragida og‘ir yuk bo‘lib o‘tirardi.

Dushdan chiqqach, sochlarini tezda sochib, shkafni ochdi. Qo‘liga ilingan birinchi ko‘ylakni oldi — qora, oddiy, lekin uning kayfiyatiga mos. Uni kiydi. Ko‘zguga bir nazar tashlamadi ham. Sumkasini ochib, ichiga pul, telefon va kerakli narsalarni solib chiqardi. Harakatlari tez, g‘azabli, deyarli avtomatik edi.

Eshikni ochganda orqasiga bir marta ham qaramadi. Uydan chiqib ketayotganda qadamlarida nafaqat g‘azab, balki ichida to‘planib qolgan og‘riq ham bor edi. Ko‘cha havo sovuq edi, lekin u buni sezmasdi.

Yomie yonida, futbolkasiz, faqatgina shortikda yotgan Jungkookga tikilib jim yotardi. Uning nigohi yigitning keng yelkalari, qattiq mushaklari va sekin ko‘tarilib-tushayotgan ko‘kragida aylanardi. Ko‘rsatgich barmog‘ini sekin uzatib, Jungkookning qorin mushaklarini ohista siladi. Teri issiq, qattiq va tirik edi. Barmoq uchi bilan chiziq tortgandek sekin harakat qilardi.
Shu payt Jungkook uning barmog‘ini ushlab oldi. Qo‘li kuchli, lekin og‘ritmaydigan darajada edi. U Yomiening barmog‘ini tanasidan uzoqlashtirdi-yu, ko‘zlarini ochib sekin o‘rnidan o‘tirdi. Ovozi past, lekin keskin chiqdi:

— Menga mening ruxsatimsiz teginishni o‘ylama ham.

Yomie ham o‘rnidan o‘tirdi. Ko‘rpa uning tanasidan pastga tushib ketdi. U yalang‘och edi, lekin buni yashirishga urinmadi. Ko‘kragi ochiq, tanasi tong yorug‘ida oqarib ko‘rinardi. U hech narsa demay, faqat Jungkookga qaradi.

— O‘zimni shu kunlarda g‘alati his qilyapman… — dedi u. Ovozi buyruqboz, deyarli talabkor edi. — Shifokor ko‘rigiga olib boring.

Jungkookning ko‘zlari uning ovozidan bir zum qorayib ketdi. Bir tez harakat bilan qo‘lini uzatib, Yomiening jag‘ini ikki barmog‘i orasiga oldi. Barmoqlari qizning yuzini biroz siqib, uni o‘ziga qaratdi. Nigohi sovuq, lekin ichida g‘alati bir olov yonardi.

— Kichkintoy… — dedi u sekin, ovozi past va ogohlantiruvchi. — Men bilan chiroyli ovozda gaplash.

Keyin qo‘lini bo‘shatib, o‘rnidan turdi. Yomiening jag‘ini qo‘yib yubordi va hech narsa demay dushga yo‘l oldi. Eshik yopilgach, ichkaridan suv ovozi eshitila boshladi.

Yomie o‘sha joyida bir lahza o‘tirib qoldi. Jungkookning qo‘pol tegishi, jag‘ini ushlagan kuchli barmoqlari… bular uning ichida g‘alati bir issiqlik uyg‘otgan edi. U buni yashirmasdan, hatto biroz hursand bo‘lib o‘rnidan turdi. Bilardiki, Jungkook unga qanchalik qo‘pol gapirmasin, oxir-oqibat u aytgan ishni bajarardi. Shuning uchun ham yuzi tinch, deyarli mamnun ifoda bilan kiyinishni boshladi.

Jimin asta-sekin kiyinib, ish uchun kvartirasidan chiqdi. Eshikni yopib, lift tomon yurdi. Lift eshigi ochilayotgan paytda birdan bir qiz yugurib kelayotganini ko‘rdi. U o‘ylab o‘tirmay, qo‘lini uzatib lift eshigining yopilishiga to‘sqinlik qildi. Qiz nafasini rostlab ichkariga kirdi-yu, Jiminga sekin, ammo mayin jilmayib qaradi.

— Rahmat, janob… yaxshi ham lift eshigini to‘xtatdingiz. Ishga juda kechga qolyotgan edim.

Jimin uning jilmayishiga, biroz to‘zib turgan, lekin shunga qaramay chiroyli taralmagan sochlariga uzoq tikilib qoldi. Bir lahza jim turib, faqat o‘zi eshitadigan darajada pichirladi:

— Arzimaydi, go‘zal xonim…

Qiz uning ovozini to‘liq eshitolmay, biroz yigit tomon egildi.
— Nima dedingiz?

Jimin uning shirin atirini hidlab, ko‘zlarini biroz yumdi. Hid uning burniga mayin, issiq va g‘alati tanish tuyulardi.

— Go‘zalsiz… sizdan hushbo‘y hid kelmoqda.

Qiz biroz hayron bo‘lib, sekin Jimindan uzoqlashdi. Jimin ko‘zlarini ochib, o‘zini to‘g‘riladi. Ovozi endi biroz noqulay chiqdi:

— Uzur… men birinchi marta shunday… xayolimdagi gapni baland ovozda aytib yubordim.
Qiz yana jilmayib, biroz yonga egilgancha unga qaradi.

— Hech narsa yo‘q… maqtov uchun esa rahmat.

Lift ochilganda birinchi bo‘lib qiz yugurib chiqib ketdi. Jimin uning ortidan sekin chiqdi. Qiz avtobusga chiqayotganini kuzatib turdi, keyin o‘zi ham mashinasiga o‘tirdi. Jimin o‘ng tomonga burilsa, avtobus to‘g‘riga ketib qoldi. Ularning yo‘llari shu yerda ajraldi.

After a while

Qizil chiroq yonganda Jimin mashinani sekin to‘xtatdi. Hali ham o‘sha qiz haqida o‘ylar, uning jilmayishi, atiri, ovozi… miyasidan ketmas edi. Shu payt ko‘zlari bexosdan shifoxona kirish eshigi tomon yo‘naldi. Bir zumda eshikdan asabiy tarzda ichkariga kirib ketayotgan yuzni tanidi. Liora.
Jimin tezda qo‘lini cho‘ntagiga solib telefonini topdi. Kerakli nomerni terib, qo‘ng‘iroqni boshladi. Ikki marta jiringlagandan so‘ng narigi tomondan erkak ovozi eshitildi.

— Hayrli tong, janob Jimin.

— Hayrli tong… — Jimin ovozini pastlatib, lekin asabiyligini yashira olmadi. — Nega Liora juda asabiy? Va nega menga u haqida kam ma’lumot beryapsan?

Erkak biroz xo‘rsindi.
— Jimin, men barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri janob Jungkookning yashirin telefoniga yuboryapman. Lioraning asabiyligiga kelsak… menimcha, kecha tunda birga jinsiy aloqa qilgan Xukunni ertalab topa olmaganidan.

Jimin asabiy nafas oldi-yu, telefonini yonidagi o‘rindiqqa tashladi. Boshini orqaga tashlab, ko‘zlarini yumdi.

— Bir marta… bir marta menga ishon, Jungkook! Doim shunday… bir ishni menga topshiradi, so‘ng yana o‘z qo‘liga oladi. Axxxx… juda charchadim.

Shu payt ko‘zlari yana ochilib, Lioraning kirib ketayotganini kuzatdi. Lekin undan ham kuchliroq zarba keldi — uning yonida yana bir tanish jasad turardi. Qiz Liora bilan quchoqlashib ko‘rishayotgan edi. Jiminning ko‘zlari katta-katta ochilib ketdi. U tanidi. Va bu tanishuv uni yanada kuchliroq shokga soldi.

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.

Thanks for reading my fanfic
Author:kim Misu