𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒
Taehyung to‘satdan Boraning iyagidan ushlab, yuzini sekinlik bilan o‘z yuziga yaqinlashtirdi. Uning nigohi sovuq, jilmayishi esa shaytoniy edi.
– Xo‘sh... haqoratlaring uchun javob beradigan fursat keldi, babe, – dedi u tovushini pasaytirib, ammo iztirobli ohangda.
Bora bo‘g‘ziga tiqilib kelayotgan g‘azabini bosishga harakat qildi. Jag‘larini qattiq qisdi, yuragi qinidan chiqay deyayotgandi. Taehyung buni sezdimi, sezdimi – sekin orqaga chekindi. Yana o‘sha keng, mag‘rur jilmayishini yuziga yoyib, akasiga qaradi:
– Akajon, endi uyga qaytsangiz ham bo‘ladi!
Jimin majburlik aralash kulimsiradi. Qoshini biroz ko‘tardi, ovozi mayin, ammo tish orasidan chiqqandek eshitildi:
Ikkalasi bir vaqtda burilib yurib ketishdi, ammo yo‘llari – mutlaqo boshqa edi. Jimin tashqariga, kompaniya hovlisiga chiqib ketdi. Taehyung esa kabinet tomon burildi.
Jimin yo‘lda cho‘ntagidan telefonini chiqarib, Einuga qisqa va keskin xabar yozdi:
-Tezda Borani yana mening kotibam sifatida joylashtir!-
Einu atrofga diqqat bilan razm solayotgan edi. Telefonining vibratsiyasi uni chalg‘itdi. U tezda ekranga ko‘z yugurtirdi va chuqur xo‘rsindi. So‘ng javob yozdi:
-Hurmatli janob, imkon qadar urinib ko‘raman, ammo bilasiz-ku, janob Taehyung fikridan qaytadiganlardan emas...-
Jimin mashinaga o‘tirib, yuzidagi asabiy ifoda bilan yana xabar yozdi. Yuzi allaqachon g‘azabdan qip-qizil bo‘lib ketgandi.
-Bu menga ahamiyatli emas! Menga faqat Bora kerak!-
Einu ko‘zlarini yumdi, ich-ichidan bosimni his etdi. Nafasini rostlab, so‘ng Boraga qaradi. Bora hali ham o‘z o‘rnida turgandi. Einu biroz ikkilandi, lekin keyin yana yozdi:
-Aslida, bu masala men uchun ham muhim emas, lekin bu sizning shaxsiy muammoingiz, janob Jimin. O‘zingiz hal qilishingizni maslahat beraman. Men imkonimdan kelganini qilaman, lekin qaror janob Taehyungniki. Kuningiz yaxshi o'tsin JANOB JIMIN! -
Xabar yuborilgach, Einu telefonini o‘chirib, cho‘ntagiga joyladi. So‘ng asta yurib, Taehyung kabineti tomon yo‘l oldi.
U Taehyung kabineti tomon ketayotganida, ataylab Borani yelkasidan yengilgina turtib o‘tdi. Bora biroz qoqilib ketdi, lekin o‘zini tezda tikladi. U ortga qarab, Einu ortidan sovuq, ammo yengil asabiy tabassum bilan qarab qoldi.
BORA POV
Taqdir ustimdan kulyaptimi? Nega aynan men uning kotibasi bo‘lishim kerak?! Axir men Jiminning kotibasi bo‘lishim kerak edi! U razil, atayin shunday qildi!
Yuragimda g‘azab guldirab urar, ichimda esa bir narsa sinayotgandek tuyilardi. Nafasimni rostlab, qadamimni kuchli bosdim. Tuflimning tovoni yerga zarb bilan tegdi. Einuning ortidan yurib, g‘azabimni har harakatimda aks ettirayotgan edim.
Einu Taehyungning kabineti eshigini taqillatdi. Ichkaridan eshitilgan sokin, ammo buyruqona ovoz – Kiring – degach, u ichkariga kirdi. Men esa biroz narida to‘xtab, ko‘zlarim bilan eshikni zimdan kuzatdim. So‘ng sekin yurib, eshik yoniga yaqinlashdim. Nafasimni ushlab, qulog‘imni eshikka tutdim.
Ichkarida Taehyung allaqachon ishga sho‘ng‘igan, qog‘ozlarga tikilib o‘tirgan edi.
— Janob... – dedi Einu sal bo‘g‘iq tovushda.
Taehyung boshini sekin ko‘tardi. Sovuq, tiniq ko‘zlari Einuning yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi.
Men tashqarida tinglar ekanman, yuragim qattiq urib, nafasimni yutib turardim.
Einu yerga tikilgan ko‘zlari bilan so‘z boshladi:
— Janob... qanday qilib mendan voz kechdingiz? Axir men to‘rt yildan beri sizning yoningizdaman...
Lekin u so‘zini tugatishga ulgurmay, Taehyung sovuq ohangda uni to‘xtatdi:
— Kim sendan voz kechganimni aytdi?
Einu hayrat bilan boshini ko‘tardi.
— Men seni Jiminning har bir qadamini kuzatib turishing uchun seni unga kotiba qildim! Va men doimiy ravishda undan xabardor bo‘lishim uchun. Bora esa...
Einu hayajondan to‘xtay olmadi, Taehyung gapini tugatmasidan oldin, bir necha marta ta’zim qildi:
— Rahmat! Rahmat, janob! Menga ishonganingiz uchun minnatdorman!
Taehyungning jag‘i qisilgan edi, ammo u o‘zini tutdi. Jahlini yutib, ohangini barqaror saqladi:
— Bas qil. Endi Boraga qaytsak... u mening kotibam bo‘ladi. U bilan qiladigan ishlarim ko‘p. Bunga aralashma. Unutma, har bir qadaming senga ikki yo‘lni ochadi.
Taehyung sekin jilmaydi. Ammo bu tabassum orqasida ogohlantiruvchi kuch bor edi:
— Jimin qanday odamligini juda yaxshi bilaman. U har qadamda seni o‘z tomoniga tortishga urunadi. Agar uning gaplariga ishonib, u tomon o‘tsang – seni va oilangdagi sendan keyingi va sendan avvalgi har bir odamni yo‘q qilaman.
Einu dahshatdan shoshib qoldi. Na og‘iz ochishga jur’ati bordi, na ko‘zini olib qochishga.
— Ammo agar menga sodiq qolsang...
Einu beixtiyor oldinga egildi:
Taehyungning ovozi yana o‘sha og‘ir, ishonchli ohangda jarangladi:
— Unda senga eng katta orzuing – o‘z kompaniyangni ochishda yordam beraman.
Einuning ko‘zlari chaqnadi. Qoni jo‘sh urdi. Uning yuragi quvonchdan tebranib ketdi.
— Albatta! Albatta, janob! Men sizga doim sodiqman!
Einu chiqish uchun orqasiga o‘girilgan paytda, ichkaridagi sokinlikni buzgan tarzda, oyoqlarining qadam tovushi pol ustida ohangli yangradi.
-Jin ursin! - Bora shu zahotiyoq hushyor tortdi.
Tovushni eshitgan zahoti yuragi tez ura boshladi. U shoshilib eshik oldidan orqaga chekindi, qadamlarini yengil, lekin tezlashtirib, yugurib orqaroqqa, koridordagi burilishgacha yetib oldi. Yuragining urishi quloqlarini qamrab olgandek edi. - Faqat meni ko‘rib qolmasin!- degan fikr xayolini teshib o‘tdi.
Bu paytda eshik ochildi. Einu tashqariga chiqdi. U yelkasini rostlab, beozor, ammo charchoq aralash chuqur nafas oldi. Ichidagi bosimni bosishga urinayotgandek edi.
U kabinet eshigini sekin yopdi va hech kimga parvo qilmay, qadamlarini keskin va aniq tashlab, o‘z ish xonasiga qarab yo‘l oldi. Harakatida g‘urur ham, og‘riq ham bor edi. Go‘yo u hozirgina hayotini o‘zgartiradigan qaror qabul qilgan ayol edi.
Bora esa uzoqdan, ustun orqasiga yashiringancha, Einuni kuzatib turdi. Uning nigohida chalkashlik, shubha va... qiziqish porlab turardi.
-Taehyung... meni aynan nima uchun tanladi? Nega men bu ahmoqlar orasiga tushib qoldim a?! -
Minwo va Xuye bir mashinada ketishar edi. Shahar ko‘chalari yengil yomg‘ir yuvgandek jimjit, oynaga tushgan soya esa tinimsiz harakatlanardi. Minwo chuqur nafas olib, boshini derazaga yondirdi. Nigohlari sokin ko‘chalarni emas, xayollarning chuqur qatlamini kuzalayotgandek edi.
Xuye bir qarab qo‘ydi unga. So‘ngra yana yo‘lga tikildi. Mashina ichi jimjit, ammo so‘z aytilishi kerak bo‘lgan og‘irlik bilan to‘lib turgandi.
— Men topgan mijozga yana dori berishim kerakmi?
Xuye kutilmagan savoldan biroz jimib qoldi. Keyin sekin, hayronlik aralash nigoh bilan qaradi unga.
— Ishqilib... o‘zing qabul qilmadingmi?
Minwo kulib yubordi. Undagi kulgi samimiylik va beparvolik orasidagi notinch bir ohangda edi:
Xuye yengil jilmaydi, lekin nigohlari hanuz jiddiy edi:
— Gaplaring... narkamandlarnikidek. Go‘yo o‘zing istayapsan uni.
Minwo endi qattiqroq kuldi, go‘yo bu kulgu bilan ichidagi bir narsani yashirishga urinayotgandek:
— Albatta yo‘q! Men o‘zim tanamga bunday narsani kiritmayman. Bu mijoz uchun, xolos.
Xuye indamay mashinaning orqa o‘rindig‘i tagidan bir kichik quti oldi. Uning ko‘zi hali yo‘lda edi, lekin qo‘li orqaga cho‘zildi. Dorini uzatdi.
— Bu yaxshi dozali. Faqat... ehtiyot bo‘l!
Minwo kulib, uni cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Mashinada yana jimlik hukm surdi. Faqat shinalar tagida shivirlagan asfalt ovozi...
Birozdan so‘ng mashina Minwoning uyi oldida to‘xtadi. U chiqib, mashina eshigini sekin yopdi.
— Bugun kechqurun ko‘rishguncha, yigitcha! — dedi Xuye, kinoyali ohangda.
Mashina shiddat bilan yo‘lga tushdi. Minwo esa joyida bir lahza turib qoldi. Keyin xo‘rsinib, og‘ir qadamlar bilan uyga kirdi.
— Juda g‘alati... Kechagina dorini opamga berganim uchun meni so‘kayotgan odam, bugun yana olib berishimni aytyapti. U... ahmoqmi?! Ayshsh...!
U o‘zini divanga tashladi. Tomiga tikildi. Lekin xayoli oppoq shiftda emasdi — dorilar, sirlar va noma’lum kechki uchrashuvda edi...
Einu kabinetiga kirib ketgach, Boraning yuragi hapriqib ketdi. Eshik yopilishi bilan ichida to‘lib turgan g‘azab va qiziqish uni harakatga majbur qildi. Nafasini rostlab, baland poshnalari ostida shivirlagan qadamlar bilan Taehyung kabineti tomon yurdi.
U bir zum eshik qarshisida to‘xtadi. So‘ng o‘ylamasdan, hech qanday taqqilatmasdan eshikni ochib, ichkariga kirdi.
Taehyung eshikning ochilish ovozidan boshini ko‘tardi. Stol ustidagi qog‘ozlar orasidan nigohini ko‘targanida, Borani ko‘rdi. Lablarida esa asta jilmayish paydo bo‘ldi.
— Eshikni taqqilatishing kerak edi, kotiba Bora! — dedi u mayin, ammo o‘tkir ohangda.
Bora bir stulga o‘tirarkan, lab burchagida kinoya bilan jilmaydi. Ko‘zlarini undan uzmagan holda:
— Kechirasiz... esimdan chiqibdi, — dedi, go‘yoki ataylab qilganini inkor qilayotgandek.
Taehyung bu javobga kulib yubordi. So‘ng orqasiga suyanib, qulay joylashdi. Ko‘zlarida o‘ziga xos o‘ychanlik bilan:
— Mayli, bundan havotir olma, kichkintoy! — dedi u ohangini pasaytirib. — O‘zim senga har doim eslatib turaman.
Bora hech narsa demadi. Faqat nigohlarini taehyungdan uzmadi. Uning ko‘zlarida savollar, ichki qarama-qarshilik va bir ozcha isyon yiltirardi.
Taehyung asta jiddiylashdi. Qog‘ozlar orasidan bosh ko‘tardi-da, qat’iy ohangda gapirdi:
— Bugun uyingga bor! Ertaga soat 7:00 da shu yerda bo‘lishing kerak! Chunki 7:00 da ish boshlanadi!
Bora ko‘zlarini sekin qisib, beixtiyor qoshlarini chimirdi. So‘ng kinoyali kulgu bilan o‘rnidan turdi. Nigohlarini taehyungdan uzmasdan:
— Tushunarli, — dedi. So‘ng lab burchagini chayqab, eshikka qarab yurdi.
Taehyung esa uning orqasidan qarab turarkan, labining chekkasida kulimsirash paydo bo‘ldi.
Bu payt kompaniya eshigidan qizil-oq yo‘l bilan yurgandek qadam tashlagancha Jungkook kirib kelardi. Kastyumining yengini to‘g‘rilab, sochini orqaga sidirib, o‘zicha yurdi.
— Oxxo… odamlar bugun erta ishlayapti shekilli. Taehyung ham erta kelganmi? Hmm, bu zo‘r-ku… Aaa, to‘g‘ri, bugun akasi kelishi kerak edi, butunlay esimdan chiqibdi, ayshsh…
U tez yurib, Taehyungning kabineti eshigini taqqilatmasdan ochdi. Do‘stlik ularni chegaralardan ancha oldin olib chiqqan edi.
Kirishi bilan esa hushyor holatda bir holatga duch keldi: Bora xonada edi. U asabiyroq, sal ko‘ngilsiz ko‘rinishda edi, Taehyung esa kulimsirab qarab turardi.
Jungkook sekin yurib, Taehyung ro‘parasidagi stulga o‘tirdi. Nigohlarini qiziqish bilan Boraga tikdi. Unga bir necha soniya boshdan-oyoq qarab chiqqach, piching ohangda dedi:
Bora esa bir og‘iz so‘z demasdan, yuzida sovuqqina ifoda bilan orqasini o‘girib xonadan chiqib ketdi. Hech qanday javob bermaslik — uning eng katta javobi edi.
Jungkook borayotgan qiz ortidan kulimsirab:
Taehyung esa xo‘rsinib, yelkasini silkitdi. U asta pichirladi:
— Asta aytma… Bugun ertalab...
Shu bilan Taehyung Jungkookga ertalabdan beri yuz bergan voqealarni birma-bir aytib berishni boshladi…
Jimin eshikni ochib, uyga qadam qo‘ydi. Eshik yopilishi bilan yo‘lakni iliq, tanish hid to‘ldirdi. Ichkaridan eshitilgan shoshib qolgan qadamlardan so‘ng, Kim xonim paydo bo‘ldi. Ko‘zlarida yosh, yuzida sog‘inch.
— O‘g‘lim! — deya uning tomon chopdi. Qattiq, jon-jahdi bilan quchoqlab oldi. — Seni juda sog‘indim!
Jimin ham o‘zini tiya olmadi. Bu quchoq uni orqaga — bolaligiga, sokin uy xotiralariga qaytarayotgandek edi. U ham sekin onasini quchdi.
— Men ham sizni juda sog‘indim, ona...
Bu holatni esa boshqa burchakdan sokin nigohlar kuzatardi. Divanda oyoqlarini chalkashtirib yotgan Mingi, telefon ekranidan ko‘z uzmasdi. Ammo akasining ovozi qulog‘iga urilgach, u sekin o‘rnidan turdi. Yuzida hissiz ifoda, lekin ichida g‘alati tuyg‘ular girdobi bor edi.
U og‘ir qadamlar bilan yurib Jimin oldiga bordi. Qo‘lini cho‘zdi, sun’iy iljaygancha:
— Ow, Mingi! — dedi-yu, onasidan sekin ajralib, ukasini bag‘riga bosdi.
Mingi cho‘g‘dek issiq bu quchoqda sovuqdek turdi. Yuzi biroz burishdi, go‘yoki bu mehrdan jirkangandek. Uni qaytarib quchoqlashga urindi, lekin tanasi rad etayotgandek edi.
Kim xonim buni sezdi. Yuzidagi jilmayish so‘nayotgandek bo‘ldi. Ammo baribir, mehr ko‘rinishi lozim edi. Shuning uchun Mingi qo‘lini qattiq ushlab, Jiminning yelkasiga qo‘l qo‘ydi.
— Aka-ukabir-biringizni sog‘ingansizlar-ku! — dedi o‘zini quvnoq tutishga urinar ekan.
Shunda Mingi, onasining bosimini his qilib, majburan quchoqladi. Bu quchoq — iliqlikdan yiroq, faqat zarurat edi.
Mingi sekin jimin qulog'iga yaqinlashib pichurlaydi:
-akajon! O'zingizni bizni sog'ingandek tutmang! Hammamiz sizni juda yaxshi bilamiz! Siz hech qachon o'zgarmaysiz!
Bir necha soatlardan so'ng:Bora uyga kirganida, osmon allaqachon qorong‘ulashgan, uy ichini esa sokinlik o‘rab olgandi. U poyabzallarini yechib, sekin xonasiga o‘tib ketdi. Telefonini stolga qo‘yib, chuqur nafas oldi. Lekin... o‘sha paytda— ting! — oshxonadan metall tovush eshitildi. Qoshiq polga tushgandek edi.
Bu tovush butun uy bo‘ylab yangradi.
Minwo televizor qarshisida o‘tirgancha beixtiyor titradi. U har bir tovushga e’tiborli edi. Chunki dushmanlari borligini bilardi. Yuzidagi rang o‘chdi. Sekin o‘rnidan turdi.
Bora ham tovushni eshitgan, yuragi tez ura boshlagandi. Telefonini ushlab, xonadan chiqdi. Koridorda akasi bilan to‘qnash keldi. Ularning ko‘zlari uchrashdi. Jimlik. Faqat yurak urishlari...
Minwo pichirladi:
— Kim bo‘lishi mumkin?..
Bora labini tishlab:
— Bilmayman... Juda ham... g‘alati jimlik...
Ular sekin, bir-biriga yaqin yurgancha oshxona tomon yurishdi. Har bir qadamda yuraklari yanada tezroq urar, har bir nafas og‘irlashar edi. Nihoyat, oshxona eshigiga yetishdi. Minwo ehtiyotkorlik bilan eshikni surdi.
Oshxona ichkarisidagi odam orqasini ularga qilgancha turgandi. Stolda bir nechta idishlar, bir nechta ochilgan paketlar, va... yerda yotgan qoshiq.
O‘sha odam asta burildi. Uning ko‘rinishi... na Minwo, na Bora buni kutmagandi. Ularning ko‘zlari keng ochildi
• 𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋 @bangtan_ff_shop_menu 💙
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 @usimeat 💗