May 3, 2025

𝐇𝐀𝐏𝐏𝐈𝐍𝐄𝐒𝐒

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄_𝟐❤️‍🔥

Bora dasturxon oldida sukunat bilan ovqatlanib bo‘ldi. Uning yuzida bir charchoq, ammo erkinlik aralashgan ifoda bor edi. Hamma narsa odatdagidek tuyulgandi.

Og‘ziga solgan har bir luqmasi bilan, tanasiga sekin asta, lekin kuchli ta’sir qiluvchi narsa kirayotganini anglamagan edi. Bu giyohvand dorining ta’siri edi. Bora ilgari bunday holatni boshidan o‘tkazmagan.

Avvaliga u boshini engiltak og‘irlik bosayotganini sezdi. Ko‘zlari jimirlab, atrofdagi tovushlar go‘yo uzoqlashdi. Yuragi biroz tez ura boshladi, nafasi qisilayotgandek bo‘ldi. Qo‘llari biroz qaltirab, tanasi o‘ziga bo‘ysunmayotgandek tuyuldi. Ichidan bir narsa uzilib tushgandek bo‘ldi – bu hissiyot unga begona, g‘alati, va hatto xavfli tuyuldi.

Bora hushyor bo‘lishga harakat qildi, lekin ongida g‘alati xayollar aylanib yurardi. Dunyo go‘yoki boshqa tus olgan, ranglar, tovushlar va harakatlar noaniq, xiralashgan edi. U yuragini ushladi. “Nima bo‘lyapti menga?” degan savol ko‘zlarida aks etdi.

U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo oyoqlari unga bo‘ysunmasdi. Ichki nido baqirib, yordam so‘rayotgandek edi, lekin lablari jim edi. Bu – giyohvand dorining ilk ta’siri. G‘ayritabiiy, qo‘rqinchli, va ayni damda ojizlikni his qiladigan lahza.

Minwo to‘satdan o‘rnidan turdi. Nigohi shoshqin, lekin yuzida hech bir xavotir belgisi yo‘q edi. U shunchaki oddiy bir vaziyatdek ko‘rsatishga harakat qilardi. Tezlik bilan opasining yoniga bordi va yelkasidan ohista ushlab, unga yordam berishga urindi.

— Opa, yaxshimisiz? — dedi u yumshoq ohangda, go‘yoki ichida biror narsa ayovsiz qichqirib turgan bo‘lsa-da, yuzida sovuq sokinlikni saqlab turardi.

Bora xuddi muz ustida yurgandek noaniq harakat qilar, ko‘zlari jimirlab turardi. Nafasi chuqur, lekin notekis edi. Uning ko‘zlarida charchoqdan boshqa narsa ko‘rinmas, lekin bu yashirin, tushunarsiz og‘riq.

— Ha… ha, yaxshiman, — dedi u sekin bosh irg‘ab. Ovozi qaltirab chiqdi. — biroz charchadim shekilli… Bugun butun kun buvamning eski kitoblarini o‘qigan edim.

Minwo hech narsa bo‘lmagandek bosh irg‘adi. So‘ng ehtiyotkorlik bilan opasini kelinlik uslubida bag‘riga oldi. Harakati muloyim, hatto mehrli edi. Bora ko‘zlarini yumdi, o‘zini hech narsaga qarshi qila olmasligini sezdi.

Ular yotoqxonaga kirishganda, Minwo sekinlik bilan uni yotoqqa yotqizdi. Bora hech qanday qarshilik bildirmasdi — uning tanasi og‘ir, fikrlari chalkash edi.

— Menimcha, sizga dam olish kerak… idishlarni o‘zim yuvib qo‘yaman, — dedi Minwo, ohangida xushmuomalalik, lekin ichki maqsadini yashiruvchi bir sirli tovush bor edi.

U sekin jilmaydi-da, Opasining javobini kutmasdan, u xonadan sekin chiqib ketdi. Qadam tovushlari uzoqlasharkan, xona ichida faqat jimlik va Bora yuragining notekis urishlari qolgan edi.

Minwo chuqur nafas oldi va orqasidan eshikni asta yopdi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilgandek urardi. Nima qilayotganini bilardi — shuning uchun qo‘rqar, har harakati ichki vahima bilan sug‘orilgandi.

U oshxonaga qaytdi. Suvning shovqini va idishlarning bir-biriga urilishi bu g‘alati sukunatni biroz buzgandek bo‘ldi. Minwo idishlarni yuvishni boshladi — har harakati avtomatik, beixtiyor edi. Boshida ming xil fikr aylanardi, lekin ularni bir chetga surishga urinardi.

To‘satdan telefoni jiringlab qoldi.

*Dring-dring...*

Minwo cho‘chib ketdi. Qo‘li dag‘illab ketdi, yuragi yana bir urish o‘tkazib yuborgandek bo‘ldi. U sekin cho‘ntagiga qo‘l solib, telefonini chiqardi. Ekranda turgan ismni ko‘rdi: "Janob Xuye". Bu nom hamisha yuragiga tikan kabi sanchilardi.

— Salom... janob? — dedi u titroq aralash tovushda.

Qalin, bo‘g‘iq va sovuq erkak ovozi darhol qulog‘iga yopishdi:

— Mijoz nima bo‘ldi?!

Minwo bir lahza jim qoldi. Keyin tilini arang qimirlatib, sekin javob bera boshladi:

— Mijoz?.. Men... men mijozni topdim. Va... va unga dorilarni hammasini berdim...

— Ho‘sh?! Keyin-chi? — degan qat’iy ohang yana yuragini teshib o‘tdi.

Minwo yutindi. Ovozida yolg‘onni yashirishga urinayotgan panika aralashgan edi.

— U... u dorini yaxshi qabul qildi. Uning ismi Khan Bora.

Bir lahza sukunat cho‘kdi. Keyin telefon ortidan yovuz bir kinoya aralash kulgi eshitildi.

— Oh? Qiz bolami? — dedi erkak ohangida bepisandlik bilan. — Judosz! U bokirami?

Minwo tanasidan sovuq ter chiqdi. Gapga kelolmay muzlab qoldi. So‘ng, nima deyayotganini o‘zi anglab ham ulgurmasdan, og‘zidan so‘z otilib chiqdi:

— Ha... albatta, u bokira...

Erkak ovozi bu safar buyrug‘ini tish-tish qilgandek eshitildi:

— Uni ertaga mening oldimga olib kel. Bu oxirgi topshiriq!

So‘zlar tugashi bilan qo‘ng‘iroq uzildi. Na xayr, na javob. Faqat quloqda qoldan sovuq jimlik. Minwo esa qo‘lida titrayotgan telefon bilan turgancha, yer ostidan yutib yuborgandek bo‘lib qoldi.

Minwo sekinlik bilan telefonni oshxonadagi yog‘och stol ustiga tashladi. Metall korpusi biroz gursillab urildi, lekin bu ovoz Minwoning ichki qaynayotgan tuyg‘ulari yonida mutlaqo jim edi. U og‘ir qadamlari bilan stulga cho‘kdi. Oyoqlari kuchsiz, yuragi esa bosim ostida siqilib borardi.

U boshini qo‘llari bilan qamrab oldi, sochlarini qattiq ushlagancha pastga egildi. Nafasi og‘ir, nigohi esa qayergadir tubsiz zulmatga qaragandek edi.

— Aysh... hammasiga ming la’nat bo‘lsin! — dedi u xuddi bu so‘zlar bilan ichidagi og‘irlikni quvib chiqarishga urinayotgandek. — Endi nima qilaman?!..

Minwo

Jong Xuye telefonni stolga qo‘yib, asabiy kutib turgan Dojungga tezda qaradi. Dojungning ko‘zlarida shubha va norozilik bor edi, uning so‘zlari asabiy ohangda chiqdi:

— U nima dedi?! Mijoz bor ekanmi? U bizga bokira qiz topa oladimi o‘zi?!

Xuye qisqa nafas olib, yengil jilmayib, shunchaki so‘zlarni javob qildi:

— Janob Dojung... Tinchlaning! U allaqachon bokira qiz topib bo'lgan ekan. Qizning ismi Bora va u qizga dorini beribdi... Men unga ertaga meni oldimga olib kelishini buyurdim.

Xuye jilmaygancha orqasida turgan, doimiy mijoz bo‘lgan Taehyungga qaradi va jiddiy ohangda so‘zladi:

— Janob Taehyung... Ertagacha kuta olasizmi?

Taehyung sekin burilib, ikkala erkakka sovuq, qat'iy qarash bilan javob berdi. Uning yuzida sabrsizlik va bir oz qo‘rquv sezilar edi.

— Men sizlarga bir kun muhlat berdim! — Taehyungning ovozi keskin chiqdi. — Men bundan ortiq kutib o‘tirishni istamayman! Tezroq harakat qilishingiz kerak!

Taehyung so‘zlarini tugatishi bilan, kastyumini qo‘liga olib, eshikni orqasidan qattiq yopib, xonadan chiqib ketdi.

Taehyung klubdan g‘azab bilan chiqib, mashinasiga sapchiganday o‘tirdi. dvigatelni ishga tushirib, mashinani harakatga keltirdi. U haydarkan, rulni qattiq siqib, g‘amgin va g‘azabli holatini keskin burilishlar orqali butun yo‘l bo‘yi namoyon etardi.

— Ahmoqlar! Birgina bokira qizni ham topa olishmaydi! — deb g‘azabini ichidan chiqardi u.

Shu payt telefon jiringlab qoldi. Taehyung darhol javob berdi:

— Ha, Jungkook?!

— Taehyung! Zudlik bilan kompaniyaga qayt! Bir million von yo‘qolgan!

— Nima?! Sizlar telbamisizlar?!

Taehyung bir zumda qo‘ng‘iroqni yakunladi. Ko‘zlarida yongan alangaday qarash bilan, mashinani keskin burdi va kompaniya tomon shoshildi.


Jong Xuye telefonni stolga qo‘yib, asabiy kutib turgan Dojungga tezda qaradi. Dojungning ko‘zlarida shubha va norozilik bor edi, uning so‘zlari asabiy ohangda chiqdi:

— U nima dedi?! Mijoz bor ekanmi? U bizga bokira qiz topa oladimi o‘zi?!

Xuye qisqa nafas olib, yengil jilmayib, shunchaki so‘zlarni javob qildi:

— Janob Dojung... Tinchlaning! U allaqachon bokira qiz topib bo'lgan ekan. Qizning ismi Bora va u qizga dorini beribdi... Men unga ertaga meni oldimga olib kelishini buyurdim.

Xuye jilmaygancha orqasida turgan, doimiy mijoz bo‘lgan Taehyungga qaradi va jiddiy ohangda so‘zladi:

— Janob Taehyung... Ertagacha kuta olasizmi?

Taehyung sekin burilib, ikkala erkakka sovuq, qat'iy qarash bilan javob berdi. Uning yuzida sabrsizlik va bir oz qo‘rquv sezilar edi.

— Men sizlarga bir kun muhlat berdim! — Taehyungning ovozi keskin chiqdi. — Men bundan ortiq kutib o‘tirishni istamayman! Tezroq harakat qilishingiz kerak!

Taehyung so‘zlarini tugatishi bilan, kastyumini qo‘liga olib, eshikni orqasidan qattiq yopib, xonadan chiqib ketdi.

Taehyung klubdan g‘azab bilan chiqib, mashinasiga sapchiganday o‘tirdi. dvigatelni ishga tushirib, mashinani harakatga keltirdi. U haydarkan, rulni qattiq siqib, g‘amgin va g‘azabli holatini keskin burilishlar orqali butun yo‘l bo‘yi namoyon etardi.

— Ahmoqlar! Birgina bokira qizni ham topa olishmaydi! — deb g‘azabini ichidan chiqardi u.

Shu payt telefon jiringlab qoldi. Taehyung darhol javob berdi:

— Ha, Jungkook?!

— Taehyung! Zudlik bilan kompaniyaga qayt! Bir million von yo‘qolgan!

— Nima?! Sizlar telbamisizlar?!

Taehyung bir zumda qo‘ng‘iroqni yakunladi. Ko‘zlarida yongan alangaday qarash bilan, mashinani keskin burdi va kompaniya tomon shoshildi.


Taehyung kompaniya binosiga shiddat bilan yetib keldi. Mashinani to‘satdan to‘xtatib, g‘azab bilan eshikni ochdi va mashinadan sapchib tushdi. Qadamlarida taranglik va jahl aks etardi. Uni shunday holatda ko‘rgan Jungkook zudlik bilan qarshi chiqdi.

— Taehyung… — dedi u ehtiyotkorlik bilan, ammo Taehyung gapini bo‘lishga ham imkon bermadi.

— Darhol Mingiga qo‘ng‘iroq qil!

Jungkook darhol cho‘ntagidan telefonini olib, kompaniya bosh direktorining kenja o‘g‘li — Mingiga qo‘ng‘iroq qildi. Telefonda bir necha zum jiringlash eshitildi va nihoyat bemalol, hatto kulgili ohangda Mingi javob berdi:

— Ha, Jungkook aka?

Jungkook hali og‘iz juftlamay turib, Taehyung jahl bilan qo‘lidan telefonni tortib oldi va ovozini ko‘tardi:

— Senga nechanchi marta aytaman, kompaniya pullariga ruhsatsiz tegma dedim, a?!

— Taehyung akajon, tinchlaning! Axir bu puldan men ham foydalanishim mumkin-ku! Men ham otamning o‘g‘liman…

— BU DEGANI PULLARNI BEKORDAN BEKOR BITCHLARGA SARIFLASH DEGANI EMAS!! — Taehyungning ovozi butun xona bo‘ylab jarangladi. — Bu pullar kompaniyaniki! Va faqat rasmiy xarajatlarga ishlatiladi, boshqa hech narsa uchun emas!

— Axir… — deb nimadir demoqchi edi Mingi, ammo Taehyung uning gapini bo‘lib tashladi:

— Menga baribir! Qanday yo‘lini topib bo‘lsa ham, shu 1 million vonni zudlik bilan qaytar! Aks holda bu kompaniyadan ulush olish haqida unut!

Shundan so‘ng Taehyung hech qanday ikkilanishsiz qo‘ng‘iroqni tugatdi. Bu orada Mingi, cho‘ntagida turib, hali ishlatilmagan bir million vonlik kupyuralarga bir qarab, kinoyali jilmaydi.

Jungkook telefonni Taehyungdan muloyimlik bilan olib, yengil jilmaydi va uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

— Minho ertaga Amerikadan qaytishini otang bugun ertalab aytgan edi… Menimcha, haqiqiy jang endi boshlanadi.

Taehyung ham yengil kulib, o‘z navbatida Jungkookning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

— Bu haqida kecha oilaviy dasturxon atrofida allaqachon otam bizga aytgandi…

Ular yonma-yon Taehyungning ish kabineti tomon yurishardi. Xonada yumshoq qadam tovushlari eshitilib turardi.

— Qiziq, u hanuzgacha o‘sha hasadgo‘y holicha qolganmikin? — dedi Jungkook yengil kinoya bilan.

Taehyung esa bu so‘zlardan so‘ng birdan baland ovozda kulib yubordi.

— U hech qachon o‘zgarmaydi! — dedi u kulgisini zo‘rg‘a tiygancha.

Taehyung va Jungkook kulgancha Taehyungning ish kabinetiga kirib ketishdi. Ularning ortida og'ir sukunat qolayotgandek edi. Bora esa shu paytda o'z xonasida yotgancha hushidan ketmaslikka harakat qilardi. Dori ta’siri kuchaygan sari ko‘z oldi xiralashib, yuragi tez ura boshladi. Hali hech qachon bunday tuyg‘uni his qilmagandi — nafas olishi qiyinlashib, butun tanasi larzaga kelardi. Quloqlari shang‘illab, atrofda tovushlar cho‘zilib eshitilar, shift esa go‘yoki aylanayotgandek tuyulardi. Yuragidagi vahima, g‘ayritabiiy jimjitlik bilan aralashib, uni ich-ichidan kemirardi.

Shu vaqtda Minwo sekinlik bilan Bora xonasi oldiga keldi. Eshikni ochishga yuragi dov bermay, faqat qulog‘ini eshikka qo‘ydi. Ichkarida ovoz yo‘q edi, lekin nimadandir yuragi siqilib ketdi.

Minwo (pov): Ishqilib, ahvoli yaxshi bo‘lsin... Opajon, siz kuchlisiz! Siz bularni yengasiz!

Shunday deya u chuqur xo‘rsindi va asta o‘z xonasiga kirib ketdi. Tunda uyda faqat vaqt jim turardi.

Erta tong.

Minwo erta uyg‘ondi. Ichida bir noaniq xavotir bor edi, lekin u buni his-tuyg‘ulariga yedirib qo‘ymadi. Bora uchun biror narsa qilishni istab, nonushta tayyorlashga qaror qildi. U hammomga kirib, yuzini yuvdi, keyin silliq harakatlar bilan sochlarini yig‘ib, oshxonaga yo‘l oldi. Pichoqlar va idishlar ovozi allaqachon xona jimjitligini buzayotgan edi. Minwo quymoqlarni ehtiyotkorlik bilan pishirar, yuragidagi og‘irlikni shu yo‘l bilan yengil qilishga harakat qilar edi.
Bora asta ko‘zlarini ochdi. Xonani qorong‘u pardalar bo‘g‘ib turgandi, lekin baribir boshidagi og‘riq ko‘zini ochishga majbur qilardi. Ko‘z qovoqlari og‘ir, sochlari esa terga botgandek yelkalariga yopishib qolgan. Nafas olish qiyin, tomog‘i qurigan. Tanasi zo‘rg‘a harakatlanar, yuragi go‘yoki kechagi voqealarni eslatib, har urishda alam to‘kayotgandek edi.

U boshini asta burdi. Atrof notabiiy tuyulardi — devorlar bir oz egilib turgandek, shift esa tebranganday. Kechagi dori... hayoti davomida birinchi marta bunday his qilgandi. Ongiga asta kechagi holatlar — titroq, g‘ayritabiiy yengillik, lekin shu bilan birga ichki vahima, quloqlaridagi shang‘illash, yuragidagi bo‘shliq eslandi. Bu tuyg‘ular qorong‘i bo‘shliqday yodida qolgan edi.

Bora asta o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo tanasi unga itoat qilmasdi. Qo‘llari bezovta qaltirab, yurishi noaniq bo‘ldi. Oshqozoni bezovta qilingan, ko‘ngli ayniyotgandek edi. U lablarini chaqishga harakat qildi — ta’m yo‘q, lekin og‘zida g‘alati, achchiq bir mazasi bor edi.

U yostiqqa yuzini bosib, ko‘zlarini yumdi. Yuragidagi qorong‘ilik kuchaygan, ichida o‘zidan jirkanish uyg‘ongan edi. "Nima bo‘ldi? Nega boshim aylanyapdi? Zaharlandimmi? Ammo Kechagi ovqatni o'zim qildim.. Hech qanday eskirgan narsa ishlatmagan edim..." — degan savollar aqli bilan kurash boshlagan, his-tuyg‘ulari esa jimjimador og‘riqday har tomonga tarqalayotgandi.

Minwo quymoqlarni pishirib, dasturxonni tartibga soldi. Har bir harakatida shoshilinch mehr bor edi. So‘ng, sekin oshxonadan chiqib, Bora yotgan xonaga qarab yurdi. Eshikni ehtiyotkorlik bilan ochdi. Xona yarim qorong‘i, havo esa og‘ir edi. Bora yostiqqa yuzini bosib, "jonsiz" yotardi.

Minwo yuragi siqilgan holda sekin yotoq chetiga o'tirdi.

— Opajon? Yaxshimisiz?.. Yoki nimadir bo‘ldimi?

Bora sekin boshini ko‘tarib, sochlarini orqaga siltadi. Ko‘zlarida g‘azab, og‘riq va shubha uyg‘unlashgandi. U jahl bilan Minwoga tikildi.

— Kecha olib kelgan go‘shtingga nimadir qo‘shilganmidi?! Rostini ayt!

Minwo bir zum qotib qoldi. Qorni qisilib ketdi, kecha opasining ovqatiga qo'shgan dorini esladi. ammo buni yashirish uchun shoshilinch javob berdi. O‘rnidan turib, soxta g‘azab bilan gapirdi:

— Siz nimalar deyapsiz, a?! Men siz uchun pul ishlab, go‘sht olib kelsam, endi ayb mendami?! Ahmoq ekansiz, opajon!

Bu so‘zlarni aytar-ayotmas, u shoshilinch xonadan chiqib ketdi. Yuragi kuchli urardi — qorquv, pushaymon va yolg‘on aralashgan edi.

Orqasidan esa Bora baqirdi. Ovozi titragan, ammo g‘azabga to‘la edi:

— Men zaharlanganman! Menga to‘g‘ri muomala qil, yaramas bola!!

U so‘ng boshini changalladi, boshidagi og‘riq yana kuchaydi. Tanasi qaltirab, zo‘rg‘a o‘zini yotoqdan turtib chiqardi. Nafas olish og‘ir, yurakdagi alam esa dori ta’siridan ham yomon edi...