March 27, 2025

𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄

ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ_𝟏 🌸

BLOOD AND LOVE

EP.1

Sena doʻstlari bilan klubga oʻyin kulgu qilish uchun keldi va stulga oʻtirib barmenga vino buyurtma berdi va barmen stakanga vinoni yarim holda quyib uzatdi

Klubda rangli chiroqlar yoqilgan va baland muzikalar qoʻyilgandi, bar tomonida esa turli xildagi vino va viskilar terilib qoʻyilgandi

Sena stakanni olib biroz vinoni chayqatdida soʻng bir qultum ichdi va telefoni jiringlayotganini payqadi, stakanni qoʻyib qoʻngʻiroqni koʻtardi

Sena: sen band emasmiding?, atrofdagi shovqin sababli biroz balandroq ohangda soʻradi hayratlanib

Jungkook undan havotirlanib qoshini koʻtardi va biroz qat'iy ohangda soʻradi

JK: qayerdasan? Nega atrofing bunchalik shovqin?

Sena: men seni bugun qaytmaysan deb oʻylagandim shuning uchun doʻstlarim bilan klubga kelgandim

Jungkook biroz asabiylashib qoshini chimirdi va rulni qattiq ushlagancha mashinani haydashda davom etdi

Jk: men uyga qaytyapman, sen ham ehtiyot boʻlib tezroq uyga qaytib

Senani oldiga dugonasi kelib uni chaqirib qoʻlidan tortdi

Sena: mayli jungkook meni chaqirishyapti uyda koʻrishamiz, shoshilib dedi va qoʻngʻiroqni yakunlab telefonini stul ustida qoldirdi oʻzi esa dugonasi bilan raqs davrasiga qoʻshildi

Sena toʻsatdan qoʻngʻiroqni oʻchirganida jungkook qoshini koʻtarib hayron qoldi, jungkook uyga yetib kelishiga hali ancha yoʻl bor edi, u katta mafia toʻdasining boshligʻi boʻlgani uchun chet eldan tovarlarni olib kelish bilan shugʻullanadi, u narkotik moddalar va qurollar uchun shaxsan oʻzi borib toʻlov qilardi va ularni yashirin tarzda chegaradan oʻtqizib Koreaga olib kirishni ta'minlaydi, U Sena bilan turmush qurganiga 3oy boʻlgandi, Jungkook Senani juda ham sevardi va doim uni yonida boʻlib uni himoya qilishni hohlardi ammo ba'zi paytlarda u uyda boʻlmaydi va Sena uyda yolgʻiz qoladi va Jungkook Senadan havotirlangani uchun uni tez-tez tergab turadi ammo bu Senaga yoqmidi

Sena yoshligida onasini yoʻqotgani dan beri oʻzi mustaqil boʻlishga oʻrgangandi, u oʻz kuchi bilan Seul universitetiga oʻqishga kirib hozirda oʻqishni tamomlagan va u 22 yoshda, u boy oilaning yagona qizi va juda qaysar, ammo u jungkookni qattiq sevgani uchun otasiga aytmasdan turmushga chiqgan, otasi esa haligacha buni bilmaydi u qizini oʻqishdagi doʻstlari bilan sayohatga ketgan db biladi chunki Sena otasini shunday deb ishontirib aldagan edi

Oradan 2soat oʻtib jungkook uyga yetib keldi va mashinasini hashamatli uyi oldiga joylashtirib shoshilmasdan haydovchi oʻrindigʻidan tushdi va uyning eshigini ochib kirganda, barcha chiroqlar oʻchiqligi va qorongʻulikni koʻrgach xoʻrsinib qoʻydi va oyoqkiyimini yechib ichkariga kirdi, u birinchi ketin chiroqlarni yoqib Senani uydan qidirardi va Mehmonxona chirogʻi yoniqligini koʻrib biroz hayron qoldi va ichkaridan har xil ovozlarni eshitgach katta qadamlar bilan mehmonxonaga yaqinlashdi va eshikni ochdi

Mehmonxona koʻrinishi iliq va shinam muhitga ega. Yumshoq divan, yostiqlar va adyol bor. Oldida kichik stol, tagida katta gilam. Oshxona yonida bar va stullar joylashgan. Yorug‘lik past, shift bo‘ylab ventilyatsiya quvurlari o‘tgan, derazalar katta. Minimalist va zamonaviy uslubda.

U yerda Sena doʻstlari bilan oʻtkir viski ichib oʻtirardi va u allaqachon juda mast boʻlishga ulgurgan edi ammo u toʻxtashni istamay yana stakanni uzatdi va uning doʻstlaridan biri stakanga viskidan quyb Senaga berdi, Sena viskining achitqi ta'midan koʻzlarini yumgancha stakanni koʻtarib bir qultumda ichib yubordi jungkook ichkariga kirgach Sena unga burilib qaradi, yyuzidan esa biroz hayratlangani bilinardi

Sena: Oo keldingmi? Oʻtir bizga qoʻwil, dedi jungkookga qarab jilmayib

Jk: Sen mastsan, dedi past ovozda qoʻllarini bir biriga oʻrab

Sena: Nima? Yoʻq men ozgina mast boʻldim holos men yana ichmoqchiman

Sena qoʻlidagi boʻsh stakanni yana uzatdi, jungkook uni toʻxtatish ucun bilagidan mahkam ushladi

Jk:Yetarli! dedi qattiq ammo past ohangda

Sena: nima qilyapsan? QOʻLIMNI QOʻYIB YUBOR, deb baqirib qoʻlini jkdan olishga urindi

JK: men seni oʻylayapman, juda koʻp ichib yubording

Sena: Doʻstlarim oldida meni sharmanda qilyapsan

Jungkook Senaning doʻstlariga qaradi va ular darhol tushunib bosh irgʻagancha ketishdi

Jk: ana endi yolgʻizmiz, dedi jk ovozida oʻyin-kulgu b-n

Jungkook sekn boshini egib Senaga tikilib uni ohista divanga yotqizib lablariga yaqinlashdi

Jungkook Senani ohista divanga yotqizdi va lablariga yaqinlashdi, Sena nima qilishning bilmay shunchaki qotib qolgandi

Sena pov:
Nma u aqldan ozganmi? Nma qilmoqchi? Ahh shibal endi nma qilay uning lablari juda ajoyib va yumshoq koʻrinadi, men qarshilik ham qilolmayapman, nega qotib qoldim?

Jkning lablari Senaning lablariga tegishiga 1necha dyum qolgandi va Sena tezda jungkookni itarib yubordi va oʻrnidan turdi

Sena: n-nma jinnimisan? dedi u koʻzlari kattalashib jungkookga qarab

Jk Senaning hayrat toʻla yuzini koʻrib kulmaslikdan oʻzini tiya olmadi va miyigʻida kulib qoʻydi

Jk: men shunchaki sen b-n hazillashdim, dedi jilmayib mayin ohangda

Sena undan ranjigandek qoʻllarini oʻradida undan yuzini burdi

Sena: men sendan hafaman, sen meni doʻstlarim oldida uyaltirding

Jk: mayli meni kechir, dedi jungkook yumshoq ohangda Senaning sochlarini silab

Sena pov:
Yaramas jk, qilar ishni qilib qoʻyib keyn kuladi, endi esa kechirim soʻrayapti, gʻirt aqldan ozgan tellba meni ham telbaga aylantiradi, men sendan baribir hafaman jungkook

Jk Senani sochlaridan silayotganida uning yanoqlari qizargan mast holatdagi yuz ifodasi judayam begʻubor deb bildi

Jk: men seni yotoqxonaga olib chiqaman, deb Senani endi koʻtarmoqchi boʻlganida Sena oʻzi turb ketdi

Sena: yoʻq oʻzim bora olaman, dedi va sandiraklab yurganida mehmonxonadan chiqdi

Jk ham ortidan chiqib uni maroq bilan kuzatardi, Sena mastligi uchun yotoqxona qayerdaligini unutib qoʻydi

Sena: ah jin ursin yotoqxona qayerda edi? dedi u katta uyni har bir xonasiga kirib chiqib

Jk endigina unga yotoqxona qayerdaligini aytmoqchi boʻlganida Sena zina boʻylab koʻtarilib yotoqxona tomon ketayotganini koʻrdi va jilmayib uning ortidan yura boshladi

Sena zinadan koʻtarilib boʻlgach yotoqxona oldiga kelib chuqur nafas oldi va jilmaydi

Sena: vanihoyat topdim, deya eshikni keng ochib ichkariga kirdi

Yotoqxona qorong‘u uslubda bezatilgan.Yorug‘lik yumshoq va iliq bo‘lib, devorda daraxt tasvirlangan san’at asarlari osilgan. Shisha eshikli shkaflar zamonaviy muhit yaratgan

Sena yotoqxonaning kengligidan zavqlanib yengil nafas oldi, u ochiq, kalta va biroz noqulay koʻylakda xonani aylanib yurishiga jungkook qoyil qolardi

Senaning koʻylagi qora rangdagi nafis libos, yupqa yelkama-yelka bog‘ichlarga ega, yon qismida kumushrang gullar bilan bezatilgan, chiroyli va zamonaviy ko‘rinishda

Sena kiyimini almashtirishni oʻylab shkafni ochdi va shkafi faqat tungi koʻylak va kalta pijamalar bilan toʻla edi chunki koʻchaga kiyadigan kiyimlariyu, poshnali tuflilari va sumkalari ucun alohida xona bor edi, Sena bir zum qaysi birini tanlashga oʻylanib qoldi va shkafni yopib oʻzini yotoqga tashladi

Sena: juda charchadim, uyqim kelyapti, dedi va koʻzlarini yumdi
Jk uni kuzatib turardi va yengil xoʻrsinib uning oldiga kelib Senaning yoniga oʻtirdi va sochlaridan siladi

Jk: hoy, koʻylaginni almashtirishing kerak bunday uxlama

Sena klubda juda koʻp raqsga tushgani uchun juda charchagandi, qolaversa u ichgan oʻtkir viski ham juda uyquga tortardi va shuning u shu yotgancha uxlab qoldi

Jk oʻrnidan turib Senani koʻtarib yotoqga toʻgʻri yotqizdi va shkafdan uzunroq pijamani olib yana Senaning oldiga qaytdi, jungkook Sena uyqusida qimirlab oʻgirilganidan foydalanib orqa zamogini ochib ehtiyotkorlik bilan uni koʻylagini yechdi

.

.

.

.

•𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂 𝓽𝓸 𝓫𝓮 𝓬𝓸𝓾𝓷𝓽𝓲𝓷𝓮... ❤️‍🩹
•𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑 sᴇɴᴀ💘