November 17, 2025

𝐒𝐚𝐦𝐮𝐫𝐚𝐢

"𝐐𝐀𝐘𝐓𝐀 𝐓𝐔𝐓𝐐𝐔𝐍" 𝟑-𝐪𝐢𝐬𝐦

Tokio ustida yulduzlar endi miltillamaydi. MERS villaning kirish eshigi oldida to'g'ridan to'g'ri tormozlaydi. Samurai allaqqchon Jungkookning izidan tushib Yokomahaga yetib kelgandi. Taehyun qo'llarini qora palto cho'ntagiga solib, oldinga siljiydi. Hoseok orqasidan chiqib yirtqich ko'z bilan ularni parchalashga tayyor bo'lgan qoriqchilarni kuzatib turadi va qurollangan odamlarga yaqinlashishga ruxsat bermaydi, ularni qo'l ishorasi bilan to'xtatadi.

Ichkari bir biri bilan kelisha olmayotgan Namjoon va Jungkook itlar shovqinidan katta qora panarama oynadan tashqariga qaraydi Namjoon Taehyungni korishi bilan bir zum ham oʻylab oʻtirmay tashqariga otilib chiqadi. Ketidan Jungkook g’azab va alamdan qurolini oqlagancha chiqadi. Tashqariga chiqishar ekan Namjoon Jungkookni qolidan miltiqni tortib oladi va uni to'g'ridan-to'g'ri Taehyung ko'zlari orasiga yo'naltiradi
- Qizim qani? - u tomog'i yirtilib ketgudek baqiradi. Jungkook shoshilib uni yelkasini ushlab davom etishiga yo'l qo'ymaydi shafqatsiz otishmalar kutilayotgan joyda. Taehyun sevimli sigarasini asta-sekin yoqadi lablari ostiga qo'yadi va nafrat bilan ularga qaraydi. Jungkook. Hatto uning nafas olishi ham Taehyungga xoyinlik hidini beradi

-Men seni o'ldiraman- deb baqirdi Namjoon va uni ushlab turgan Jubgkookni itarib Taehyunga yaqinlashdi. Taehyung esa xuddi zerikarli tomoshani kuzatib turgan odamdek hech qanday reaksiya bildirmay shunchaki jilmayib boqib turadi.

- Senga nima kerak? - Jungkook keskin ohangda so'raydi. Taehyungning g'azabdan charchagan ko'zlarida uni o'ldirishga bo’lgan nafratni koradi.

-Nihoyat kimdir tog’ri savol berdi. Bu erda to'plangan ahmoqlar orasida hech bolmaganda senda aql bor ekan ukajon - deb masxara qiladi Taeyung lablarining chekkasini kotarib kulib

-Boshlanishiga otajonimizdan qolgan meroslar uy joy barcha mol mulk klublar mehmonxonlarni barchasini meni nomimga o’tkazasan!

Namjooning uning har bir gapidan nafas olishi tezlashadi

-Bunga meni qizimni nima dahli bor pastkash it!

-Aynan sen! Jirkanch foxishaxonalaring va giyohvand mollaringni mijozlarini yanada kopaytirish uchun o’z qizingni butun oliamiz merosxori mening sevimli ukajonimga qo’sh qoʻllab topshirding. Nega endi seni va lanati tarbiyasiz qizingni bunga aloqasi bolmasligi kerak?

Taehyun ularning yuziga sigara tutunini puflab chekadi va Namjoonga qarab ko'zlarida kulgu bilan masxara qiladi.

- Hamma mol mulk seniki boladi va sen menga hoziroq qizimni olib kelasan!

u Taehyungning beparvo tabassumiga diqqat bilan qaraydi, bu hech qanday yaxshi yangilikni anglatmaydi.

- Men shartlarni qo'ydim…

Taehyun achchiq tutunni chiqaradi.

-Sen menga mol mulkimni qaytarasan ungacha men qizingga tegmayman. Hozircha! men o'q uzmayman. Barcha mol mulkni olganimdan soʻng ziyofatda uchrashamiz va men keyingi shartimni aytmanan.

- IFLOS!!! sen uni darhol qo'yib yuborasan yoki shu yerda o'lasan!

Namjoon baqiradi va mushtini siqadi Jungkook undan Ynning xavfsizligi uchun tinchlanishini iltimos qiladi va uni dahshatli jarlikdan uzoqlashtiradi. Taehyun sigaretani oyoqlari ostiga uloqtiradi qasos va qonga chanqoq qotil singari alangga olgan kozlari esa zavqdan porlaydi.

-Undan kora sen menga itoat qilishing kerak Namjoon aks xolsa ukajonimni xotini bolmish seni qizingni burdalarga bo’lib tashlayman va navbat senga kelmagunicha tinchimayman.

u nafratga botgan so'zlar bilan ularni yuziga tupurgandek gapiradi

-Men uni aloqa paytida oyoq qo'llarini kesib tashlashni yoqtiradigan eski do'stlarimga foxisha kabi sovg’a qilib yuborib ularni xursand qilaman.

Namjoon hayvondek o’kirib Jungkookni qolidan miltiqni tortib olishga harakat qiladi. Tish tirnog’i bilan uni ushlab turgan Jungkook

- Siz uni hozir o'ldira olmaysiz. Aks holda Yn ham, barchamiz birga o’lamiz

U boshqarib bo'lmaydigan gʻazabga botgan Namjoonni aql bilan ish korishga chaqiradi.

***
Yokomaha kochalarini larzaga solib Tokio tomon qaytayotganlarida mashinaning salonida zo‘rg‘a ushlanib turgan sukunat birdan yorildi. Hoseok yon tomonga egilib, telefonini qulog‘iga bosdi.
Uning ko‘zlari bir zumda kattalashdi. Nafas olib ulgurmay, Taehyungga qaradi.

-Yn. U… u qochib ketdi.

Bu so‘zlar Taehyungning ichiga o‘qdek kirib bordi.
Mashinaning ruliga changal solgan qo‘llarida tomirlar bo‘rtib chiqdi. Ko‘zlaridagi qorong‘i yirtqich yana uyg‘ondi. Taehyung past, xirillagan, ichki g‘azabdan otilib chiqqan ovozda dedi

-Men… uni topaman.

So‘ng tishlarini qattiq g‘ijirlatib, ovozini yanada pastroq, yanada xavfliroq ohangda davom etdi

-so’ng yoqlarini sindirib tashlayman!

Ovozi og‘ir, muzdek edi. Hoseok qurolini tekshirib qo‘ydi, yenglarini shimarib, tayyor turdi. Taehyung gaz pedalini bosdi. Mashina vahshiyona qichqiriq bilan oldinga otilib ketdi. Tokio yirtqichi bugun hech kimni ayamardi. Bugun u ovga chiqadi

O‘rmon. Tungi havo. Tolib turgan tovushlar.
Yn butun kuchi bilan yugurardi. Yalang oyoqlari sovuq yerga tegishi bilan o‘tkir og‘riq tanasiga yoyilar, lekin u to‘xtamasdi. U to‘xtashga jur’ati yo‘q edi. Atrof qora. Faqat yuqorida osmondagi toliq oy yo‘lini yoritardi. Yugurishdan nafas olishi izdan chiqdi. Tomog‘i quridi, lablari qotib, tiliga temir ta’mi kelayotgan edi. Har bir nafas o‘tkir pichoqday og‘riqli. Ortiga qarashga jur’ati yo‘q. Chunki ortida nima borligini bilardi. Nima kutayotganini bilardi.
Taehyung uni ushlab olsa orqaga qaytish bo‘lmaydi.
Hech qachon. Qalin daraxtlar orasidan o‘tayotganda, o‘rmonning ichki ovozlari qulog‘ini tilib o‘tdi yovvoyi qushlarning qichqirig‘i, shamol shovqini, uzoqdan eshitilgan itlarning uvillashi.
Bu tovushlar uning qo‘rquvini yanada kuchaytirardi.
Yugur, Yn… to‘xtama… to‘xtasang… o‘lasan.”

Yuragi qafasga sig‘may urardi har zarba unga og‘riq berardi, ammo shu og‘riq uni tirik ushlab turardi. Shoxlar tizzalarini kesib o‘tardi. Yalang oyoqlari tuproq, tosh va changga botgandi har bir qadamda yangi yara ochilardi. Tizzalaridagi teri yirtilgan, yondirilgan ediki, qon tuproq bilan aralashib, qora dog‘ga aylangandi. Infeksiya, og‘riq, charchoq hech biri unga ta’sir qilmasdi. U qochardi. Chunki tirik qolish uchun boshqa yo‘l yo‘q edi. Insonda bir dona jon bor. Yn esa o‘sha paytda go‘yo unga to‘qqizta jon berilgandek tavakkal qilardi. Har bir jon unga qoch, deb turardi. Yn daraxtlar orasidan otilib chiqayotgandi… shu payt…Uning ro‘parasidagi butalar silkinib ketdi. Qizning yuragi bir zum urmay qolgandek bo‘ldi. Butalar orasidan avval qor-oq mo‘yna ko‘rindi… keyin ohista qora ko‘zlar porlab chiqdi. Og‘ir nafas… tuproqni tirnab qo‘ygan kuchli panjalar…OQ YO‘LBARS.

U gardanini ko‘tarib, tishlarini qizga qarata bigiz qilib unga hujum qilishga tayyordek turardi. Ynning oyoqlari muzlab qoldi. Nafasi bo‘g‘zida tiqilib, qulog‘i ostida faqat yuragining vahimali duk duk ovozi eshitilardi. “Yo‘q… yo‘q… yo‘q… “ dedi u xira pichirlab, orqaga tisarilgancha. Ammo qochmoqchi bolib orqaga burilganda u… undan ham vahshiyroq yirtqich bilan to‘qnashdi. Qiz qo‘rqib ortga bir qadam tashlab, kimningdir ko‘kragiga urilib ketdi. Kuchli, sovuq, tanish bir hid dimog‘iga urildi tamaki, qonga aralash ter, va Taehyungning o‘ziga xos keskin isi. Yn asta boshini ko‘tardi. Taehyungning qora kozlari zulmatda o‘rmonning haqiqiy hukmdori singari porlardi.

Uning ko‘zlari o‘sha kechadagi kabi sovuq, yovvoyi, vahshiyona porlardi. Labidagi o‘sha tanish, zaharli tabassum yana qaytgandi.

-Uzoqqa otilandingmi kiyikcha?

dedi u past, xirillagan ovozda. Ovozida yovuz kulgi, sabr tugagan yirtqichning o‘ljasiga yetgan shodligi bor edi. Yn nafas ololmay qoldi. Bir tomonda yo‘lbars. Orqasida Taehyung. Taehyung qizning iyagidan sekin ushlabboshini ko‘tarishga majbur qildi. Barmoqlari sovuq, ammo temirday mahkam edi. Yn uning lablarida jilmayishni ko'radi va uni pichoq bilan kesishni orzu qiladi. Yn qolida siqib turgan osha shisha bilan Taehyungga toʻsatdan otilib uning bo’ynini kesib yuboradi.

-SENI O’LDIRAMAN!!!

Taehyung darhol uning bilagidan ushlab qattiq siqadi Yn esa ogriqdan shishani tashlab yuboradi Taehyung uni to’zib changga botib ketgan tartibsiz sochidan changallab bo’ynini jahl bilan orqaga tortadi va bo'ynidan tomchilab turgan qonga ahamiyat bermay jahl bilan xirrillab gapiradi

- Meni bu shisha bilan o'ldiraman deb o'yladingmi?

u qulog'iga pichirlaydi va sochlaridan tortadi. Taehyung Ynni sudrab itarib yuborganida tizzalari unga xiyonat qilib egilib qalin o’t bilan qoplangan yerga yiqilib tushadi.

Yn og‘riqdan baqirdi bosh terisi go‘yo yirtilib ketgandek tuyuldi.

-Qo‘yib yubor! Menga tegma!

uning ovozi vahima va nafrat bilan to‘lib toshgan edi. U tizzalarida sudralib qochishga urindi, lekin Taehyung sochlaridan yana ushlab, bu safar yanada qo‘polroq sudradi. Qiz yer bo‘ylab sirg‘alib ketar, kiyimi yirtilar, tizzalari yana qonni ko‘rardi.

-Jim bo’l aks xolsa shu iflos og’zingni gapirolmaydigan qilib tikib tashlayman

dedi Taehyung, sochlaridan tortib uni o‘ziga yaqinlashtirar ekan. Yn uning qo‘lidan qutulmoqchi bo‘lib, tirnaldi, musht soldi, yerga yopishib olishga ham urindi. Hech narsa yordam bermadi. Taehyung uni xuddi o‘lik tanadek, hech qanday qiyinchiliksiz sudrab bordi. Saroyning qora darvozasi ular yaqinlashganda o‘zi ochilgandek g‘ijirladi. Ichkaridan sovuq havo emas zulmatning o‘zi esayotgandek edi.

-Jin ursin, ahmoqlar

deb pichirladi Yn, butun vujudi bilan qarshilik ko'rsatib. Yangi tirnalishlar shafqatsizlarcha o'g’ritadi, oyoq-qo'llar hamma joyda yotgan novdalar va loglarga uriladi.

-Hayvon bu axlatxonanga meni olib kirolmaysan

deydi Yn musht orasidagi soch tolalarini olishga urunib. Taehyung tishlarini siqib, xo'rlangan Ynga qarab uning yuzlarini yorilgan lablarini siqib tirnab uning terisiga yana yangi chandiqlar qoldirishni xohlaydi. Yn barmoqlariga yopishadi sochlarini tortadi, tirnoqlari bilan qo'pol kaftlarni tirnaydi, ammo tutqich hali ham zaiflashmaydi. U og'riqdan qichqirishga jur'at etmasdan qiynoqqa solingan lablarini tishlaydi va jazolovchi uni hechkim qutqarib bilmaydigan saroyga shafqatsizlarcha sudrab boradi.

Ular uch qavatli qasrga kirishdi uzun derazalari och rang nurda yonib, balkonlari qorayib ko‘rinayotgan, ichida esa yovuzlik yashirinib yotgan qasr. Yo‘laklar qora-oq rangda bo‘lib, har yonda jonli o‘simliklar, temir panjaralar, past yongan chiroqlar hammasi Ynning yuragini yanada siqardi. Marmar pavilon bo‘ylab o‘tkir rangli chiroqlar o‘ynardi hovuz yonidagi loyqa suvdan esa yoqimsiz, vahimali shovqin eshitilardi.

Shu payt baland zinaning tepasida Hoseok paydo bo‘ldi. Taehyung yonidan sudrab kelayotgan Ynga vahshiyona, qonga to‘lgan ko‘z bilan qaradi. Taehyungning lablari sekin qimirlaydi

-Bugun bu lanati bilan birga bolgam hammani mening oldimga olib kel

dedi u past, kuchli, g‘azabni yashirmagan ovozda. Hoseok pastga qarab kulimsiradi, Nigohi Ynni boshdan oyoqgacha yirtib tashlardi.

-yaxshi

dedi u jilmayib.
Bunda hech qanday rahm yo‘q edi. Faqat yirtqichlarning qonga bo’lgan tashnaligi

Yn o‘zini shu zahoti butun bo‘g‘imlari sinib ketganday his qildi. Go‘yo yirtqichlar uni ko‘rib, ochko‘z nigoh bilan jonini yalab o‘tgan edi.

-Meni bu sassiq jahannamga yana qaytara olmaysan!

deb o‘ktir shivirladi Yn, Taehyung uni zinadan yuqoriga sudrab chiqayotganida qo‘lini keskin tortib. Soatlab yugurishdan tinkasi qurigan yaralari qonab turgan… aynan eng eng zaif bir pallada.

-Qo‘yib yubor, iflos!

xirillab qichqirdi u ovozi devorlar orasida sinib ketdi.
U qora palto ichidagi keng yelkalarni mushtlar bilan ura boshladi ammo Taehyungning tanasi hatto qimir etmadi. Taehyung ko‘zlarini bir zum yumdi xuddi o‘zini yonib ketayotgan g‘azabdan tiyib turgandek va Ynning tirsagini yanada qattiqroq siqdi. Ular yotoqxona eshigiga yetguncha qo‘li o‘tkir og‘riqdan uvushganday bo‘lib qoldi. Ynning kipriklari orasida umidsizlik ko‘z yoshlari muzdek holatda to‘xtab turardi. U qochib qutuldim deb o‘ylagan qafas endi yana uning oldida vahshiyona quchoq ochib turardi.

-Senga, ahmoq qiz, rostdan ham qochib qutulaman deb o‘yladingmi?

Taehyung qulog‘i yonida g‘azab bilan g‘o‘ldiradi. Uning bo‘g‘iq, tahdidli g‘urullashi Ynning qornida chidab bo‘lmas og‘riqli spazmlar uyg‘otdi.
“To‘xtat… iltimos, qo‘yib yubor…” degan fikr miyani teshib o‘tardi, ammo lablari tilga kelmasdi. Taehyung uni xonasiga majburan sudrab kirib, shartta karavotga uloqtirdi. O‘zi esa tepada turib, sovuq zulmatdan yasalgan nigoh bilan uning ustiga egildi. Bu nigoh nafrat, talvasali g‘azab va shu lahzaning o‘zida uni bo‘g‘ib o‘ldirish istagi bilan yonib turardi.

-seni bu yerdan faqatgina murdang chiqadi!

dedi Taehyung past, vahshiy ovozda.

-otang va ering menga kerakli narsani berganida esa jonajon qizining o’limidan aqldan ozadi…

Uning har bir so‘zi Ynning yuragiga tig‘dek sanchilardi.
Nafratli, qo‘pol, jirkanch iboralar ichiga kirib, go‘yo jonidan bir bo‘lakni tilib tashlardi.

-Ya-qinlashma!

deb chinqirdi Yn ovozining boricha, karavotdan otilib turib ammo Taehyungning lab burchagidagi zaharli kulgi… uni yurak tubidan tirnab o‘tar, ichini titratardi.
Taehyungning sovuq masxaromuz ko‘zlari go‘yo uning joniga tish botirib, ichkaridan kemirib tashlardi.

-Otamga tegadigan bo‘lsang, o‘ldiraman seni…

Yn bo‘g‘iq ovozda xirilladi. U o‘zini tutolmay, kuchi boricha unga musht ko‘tardi ammo Taehyung uni yon tomonga osonlikcha uloqtirib yubordi.

-Urinib ko‘r

dedi Taehyung past, xavfli ovozda, uning iyagidan changallab. Yuzlari bir-biriga shu qadar yaqin ediki Ynni tamakining achchiq hidi hidlaridan iborat murakkab aralashma ayovsiz bo‘g‘a boshladi. Bu hid dahshat uyg‘otar edi. Ynning ko‘zlarida to‘plangan iztirob, qo‘rquv va nafrat Taehyungning ichida zavq qoldirardi. Uning bo‘ynidagi tirnalgan izlar, lablaridagi yorilgan joylar… Taehyung uchun bu chidab bo‘lmas darajada chiroyli ko‘rinardi.
Xohlar edi… butun yuzini yana tirnab tashlashni. Yn bir necha soat oldin uning bo‘ynini kesgan o‘sha o‘tkir shisha bilan. Ichidagi vahshiy, sog‘lom bo‘lmagan g‘azab uni bo‘g‘ar, mayib qilardi. Shu payt og‘ir o‘ymakor eshiklar sekin ochildi. Xira yo‘lakda Taehyungning sodiq odami qo‘riqchisi Kuro ko‘rindi va uning oyoqlari ostida tizzalab o‘tirgan ikki qo‘riqchi va ovqat olib kelgan bechorahol xizmatkor muzdek polga yuzlarini bosib titrab turishar edi. Ynning ko‘zlari kattalashdi. Yuragi qotib qoldi. U endi nima bo‘lishini tushundi. Taehyung uni qo‘yib yubormasdan, yon bag‘ridan to‘pponcha chiqarib, bir zumda qurolni o‘z odamlari tomon yo‘naltirdi. Yn yolg‘on gapirgan bo‘lardi, agar ularga achinganini aytsa.
Ularning barchasi Taehyung degan yirtqichga xizmatkor edi. Ularning o‘limi uchun u yig‘larmidi? Yo‘q.

Ammo birinchi o‘q ovozi eshitilganda, Yn beixtiyor titrab, ko‘zlarini yumdi.
Taehyungning lablari bilinar bilinmas masxara bilan qimir etib qo‘ydi. U chap qo‘li bilan Ynning yuzini doimdagidan ham qattiqroq qisdi, yiqilgan qo‘riqchini ko‘rsatib turishga majburladi va navbatdagi odamni otib tashladi. Keyin chinqirib qolgan qizni ham.
Qon issiq, juda yaqin, juda tirik hid bilan havoga taraldi.

-Sen hayvonsan!

Yn titrab chiqqan ovoz bilan gapirdi. Boshini chetga tortdi, ammo Taehyungning barmoqlari iyagini yanada qattiqroq siqdi. Hoseok eshikni sekin yopdi. Qulfning o‘girilib tushgan ovozi go‘yo qopqonning qarsillab
yopilishi kabi edi. Taehyung uning chulg‘anib ketgan sochlariga, tirnalgan bo‘ynida o’zining qo’pol teginishlardan qolgan ko’k izlarga to‘lib yotgan terisiga, yirtilgan ko‘ylagi va qonga bo‘yalgan sonlariga takabbur, sovuq nigoh tashladi.

-senga chidab bo’lmaydi

dedi Taehyung past va qo‘rqinchli ovozda. U Yn ko‘zidagi nafratni kuzatdi.
Bu nafrat uni ich-ichidan yutayotgandi.

-Yuri seni yuvintiradi

dedi u beparvo ohangda va ortga chekindi, xuddi Ynning hididan havoni tozalayotgandek.

-Jirkanch it

dedi Yn, nafratdan larzaga kelib va shu zahoti bu so‘zlari uchun pushaymon bo‘ldi.

<<𝟑-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢 >>