
Taehyung chiqishga burilayotganda keskin to‘xtadi. Nigohi o‘qdek olov ichidan chiqqan qasos kabi yonib turardi. Yn sezdi endi uning g‘azabidan qochib qutuladigan joy yo‘q.

Eshik qars etib yopilib xona bo'ylab aks sado beradi. Eshik ortidan uzoqlashib ketayotgan qadam tovushlari asta pasayib borardi. Yn devorga suyangancha yerga yiqiladi. Nozik go'yo oqqush kabi nafis boynida Taehyungning qo'pol teginishlaridan qolgan izlar ko'karadi. Tanasidagi oq libos orzulari baxti toptalgan qiz yuragidek bazi joylari yirtilib etaglari kir va changa botgan edi. Ko’ylakni bu ahvolda korgan odam bir paytlar uni kelin koylak bo'lganiga ishonolmasligi aniq edi.

Mehmonxona xonasidagi akvariumdagi oltin baliqchalar ham endi Ynga tanishdek bo‘lib qolgan edi. Ularning jim suzishi unga xotirjamlik baxsh etardi. Jungkook esa har kuni tong saharda uyg‘onib, yugurish zaliga tushar, keyin mashg‘ulotlar, so‘ngra murabbiyi Namjoon bilan rejalashtirilgan mashqlar bilan kunini to‘ldirardi.