November 21, 2025

𝐒𝐀𝐌𝐔𝐑𝐀𝐈

“Uyqudagi yirtqichlar uyg‘ongan kecha”

Taehyung chiqishga burilayotganda keskin to‘xtadi. Nigohi o‘qdek olov ichidan chiqqan qasos kabi yonib turardi. Yn sezdi endi uning g‘azabidan qochib qutuladigan joy yo‘q.

-Iflos…

deb tish orasidan g‘udrandi Taehyung.Uning qo‘li Ynning bilagidan shunday qattiq siqib tortardiki suyaklar sinib ketayotgandek tuyulardi.
Taehyung uni vannaxonaga sudrab kirdi.

-Og‘zingni och.

Buyrug‘i qattiq emas, balki ayovsiz hukmday yangradi.
Qora marmardan yasalgan ulkan vanna ko‘piklar bilan to‘lib, misli ko‘rilmagan tarzda sakura hidini taratardi. Hidi shu qadar og‘ir ediki Ynning ko‘ngli aynidi.

- It degan gapni tushunmaydigan darajada tentakmisan sen?

Yn pisib gapirdi, ammo har bir so‘zi g‘azabdan yonib chiqardi. Shu g‘azab Taehyungni jahlini yanada qo‘zg‘ardi. Ynning yelkalari muzdek plitkaga shunday urildiki tanasi titrab ketdi. Lekin Yn kuldi. Ha, aynan kuldi zaharli, charchagan, ammo mag‘rur tabassum bilan.

-Nafratingdan bo‘g‘ilib o’l mahluq.

-Bilishimcha Tokioda ko’p erkaklarni shod etgansan

dedi Taehyung istehzoli

-Namjooning erka qizi tungi klub barlarda qanchasining mehmoni bo’lgani hechkimga sir emas.

Yn uning bo‘ynidagi bo‘lak bo‘lak chandiqlarni ko‘rib, lablarini chimirdi.

-Men

dedi Yn, og‘riqdan titragan ovoz bilan

-Har xolda men senga o‘xshagan buzuq maxluqqa jonimni olishsa ham ko‘nmasdim.

Taehyungning barmoqlari uning bo‘yniga qattiq yopishdi. Bo‘ynida allaqachon birorta oq joy qolmagan edi hammasi ko‘karish, tirnalish, qon izlari bilan qoplangan.

-Menga yurgan, har kimga sotilgan axlatlar kerakmas

dedi Taehyung uning qulog‘i oldida zaxardek sovuq ovozda. O‘sha ovoz Ynning joniga changal solib kirardi.
Yn javob qaytardi, ichidagi qo‘rquvni yashirib

-Lekin baribir minglab foxishalaringdan ko’ra yaxshiman shuni bilasanmi?

U labining bir chetini qimirlatdi. Bu kulgi edi Taehyungni ezib tashlovchi, go‘yo kurak bilan urib yuborgandek achchiq kulgi.
Taehyungning jag‘i keskin taranglashdi.

-Og‘zingni yop, sasigan axlat.

U shunday pichirladi va…Ynning boshini shafqatsizlarcha ko‘pik bilan to‘la vannaga botirdi. Suv ichiga qoraygan, xirillagan chaqiriq o‘chdi. Taehyung tirnoqlari bilan Ynning sochlaridan tortib uni suv ostida ushlab turdi. Ko‘pik og‘ziga kirib ketdi, ko‘kragi alangadek kuydi. O‘pka qisildi. Keyin Taehyung uni tortib chiqardi. Yn ochiq havo uchun hansirab qoldi ko‘zlaridan yosh emas, achchiq suv oqardi. Ammo Taehyung bir soniya nafas olish imkonini berdi xolos.
Yana pastga botirdi. Bu safar uzoqroq.

Vaqt o‘tmayotgandek edi.
Suv sovuq edi, vanna esa jazoga aylangan edi. Va nihoyat, u Ynni sochidan tortib chiqarib, plitkaga suyab qo‘ydi. Yn qattiq yo‘taldiyu, lablari orasidan

-Telba… yovvoyi…

deb xirilladi. Bo‘g‘iq, siniq, ammo baribir tirik ovoz bilan.
Taehyung unga bir lahza jim tikildi. So‘ng ortiga burilib ketdi. Orqasidan esa uning tanish achchiq tutun va zulmat hidlari qoldi.
U hid bilan birga Ynning ezilgan g‘ururi ham ketayotgandek edi.

Marmardan qurilgan pavilyonning qoramtir moviy suvlari zimiston, ochiq osmon ostida yaltirardi. Uzun, nozik ustunlarda yongan fonarlar ularning jilosi ohaktosh qoyalariga tushib pavilyon ichida izg‘irin shamoldek yurgan shivir shivir tovushlarni yanada balandroq qiladi. Badanga urilib turgan hid tutun sigara isi qon va muzdek shamolga singib yotgan o‘lim nafasi. Ushbu pavilyonning eng chuqur zalida yo‘lbarslar makoni Taehyungning alohida yotog‘iga tutash bo‘lgan keng xona. Qadimiy daraxt panjalari, yashil baxmal bilan qoplangan o‘rindiqlar, devorlarda esa qora siyohda chizilgan samuraylarning tarixiy iyerogliflari. Va ular orasida uning yirtqichlari.
Oq yo‘lbarslar. Ular
kul bo‘lgan imperiyalar.
Ammo uning qo‘li ostida yana nafas olayotgan kuch.
Yana uyg‘ongan yovuzlik.

-Hakuto…
Taehyung ovozini past, cho‘kkan ohangda chiqaradi.
Eng katta oq yo‘lbars qor kabi oppoq junli, tanasini chizib ketgan kumush chiziqlar bilan yaltirab turadi ustunchaga yotgan holda sekin qo‘zg‘aladi. U Taehyungning yoniga kelib, boshini uning kaftiga bosadi.
Barmoqlar yo‘lbarsning yelkasidagi sovuq junlar orasiga kiradi. Taehyung sekin kulimsiraydi

-Qanchalik ulg‘ayibsan…

deydi u, dardli bir orzu singari. Oq yo‘lbarsning ko‘zlari qorong‘ulik orasidagi rangda chaqnaydi. Jonsizdek… lekin ichida portlashga tayyor yovuzlik bor. Orqasida turgan ovoz past, ehtiyotkor

Xo‘jayin…

deydi Seokjin, qo‘llarini oldida chambarak qilib, bosh egib.

-U siz ketganingizdan beri bir marta ham uyasidan chiqmagan. O‘zini sizsiz yo‘qotib qo‘ydi, Taehyung.

Uning ovozida Taehyungga sadoqat ham, dushmanlariga nisbatan nafrat ham bor edi.

-Kim sizni bizdan ayirdi, kim uyimizni yer bilan yakson qildi ular baribir yo‘q bo‘ladi.

Seokjinning lablari sovuqdan ko‘karib, g‘azabdan titragandek. Taehyung orqasiga yengil qaraydi
Ammo uning ko‘zlari qorong‘ilikni chaqmoqdek yorib yuborardi. Bu nigohda
qasosga chanqoqlik, qon ishtahasi, yovuzlikning qaytishi bor edi. Tokioning yirtqichi uyg‘ondi.
U tirik. U o‘ljasini qaytaradi.
Atrofdagi boshqa yo‘lbarslar kichikroq, ammo shunchalik yirtqich g‘azabli xirillab, Taehyungning kayfiyatini sezadi. Ular bir zumda terisidagi chiziqlar bilan qorong‘ilikda yaltillab chiqishadi.Go‘yo xo‘jayinning qaytishini qutlagan yovvoyi lashkar singari. Taehyung Hakutoni qo‘yib yuboradi va sigarasidan yana bir chuqur tortadi. Tutun havoga emas qorong‘u g‘azabga singib ketadigandek.

-Ko‘ryapman… yo‘lbarslarimga yaxshi qarabsan, Seokjin.

Bir necha qadam yurgan Taehyung yengil kafti bilan Seokjinning yelkasiga tegadi.
Bu teginish maqtovdan ko‘ra koʻproq hukmday edi.
Seokjinning butun tanasi birdan muzlab ketadi

-Bu mening burchim xo‘jayin.

deydi Seokjin past ovozda bosh egib.

-Men omonatlaringizni jonimdan kechib bolsa ham

Taehyungning ko‘zida hozir ochlik bor. Qon uchun.
Nafrat uchun.

***
Kech kirgan, keng, ammo sirli darajada jim qolgan xona uchovining bosimini ko‘tara olmayotgandek edi. Yonayotgan shamlar sochayotgan yorug‘lik stol ustida o‘ynar, ammo hech kimning ko‘zlariga iliqlik bermasdi bu xonada issiq narsa yo‘q edi. Faqat qop qora savollar… va javob berishga qo‘rqilgan haqiqatlar. Wonyoung qo‘lidagi chopsticklarni qaltirab ushlardi tashqi ko‘rinishdan u bechora, qo‘rqoq qizga o‘xshardi. Lekin bu faqat niqob edi. Uning yuragi ichida yovuz, mayin tabassum allaqachon uyg‘ongan… Opasi gumdon bo‘layotganidan u ichida sevinardi. Nihoyat, butun umrini zulmatday bosib bergan o‘sha mukammal YN yo‘q bo‘ladi. Nihoyat Jungkook undan boshqa hech kimga qaramaydi. Nihoyat… Unga tegishli bo‘ladi.

Biroq stol ortida o‘tirgan Jungkook bunga hozircha beparvo edi. U faqat ichidagi yovvoyi g‘azabni jilovlay olmay turgandi ko‘zlari qorayib, o‘tkirlashib borardi.
Namjoon esa bu sukutga toqat qilolmasdi uning ko‘zlari allaqachon qizarib, sabri o‘qdek tarang edi. Ota sifatida uning yuragi bo‘laklarga bo‘lingan, qizini himoya qila olmaganidan o‘zidan jirkanardi. Yonayotgan shamlar orasida taralgan keskin sukutni Namjoon buzdi

-Jungkook… Taehyungga mulkni qachon o‘tkazib bermoqchisan?

Ovqat chaynavayotgan Jungkookning qo‘li bir lahzaga havoda qotdi. Ko‘zlari xuddi bir zumga muzlagandek bo‘ldi. Keyin u sekin, og‘ir nafas bilan, tishlari orasidan g‘azabni siqib chiqardi

-Otamning umr bo‘yi to‘plagan boyligini qo‘sh qo‘llab unga topshirish uchun uni qamoqqa tiqganmidim men?!

Uning ko‘zlari chaqnadi.

-Men aqldan ozgan emasman!

Wonyoung qo‘liga tutgan piyolasini sekin qo‘ydi Jungkookning g‘azabidan qo‘rqqandek, ammo aslida ichidan bu dramatik ziddiyatdan zavq olar edi.
Namjoon birdan stolni musht bilan shunday urdiki, idishlar titrab ketdi.

-Senlarning aka-uka adovating deb nima uchun mening qizim azob chekishi kerak?!
Uning tomog‘i titradi, ovozi g‘arq bo‘ldi.

-O‘sha hayvon qizim bilan nimalar qilayotganini yolg‘iz yaratgan biladi!

Jungkook esa yana bemalol ovqatdan luqma oldi. U shunchaki yelka qisdi, go‘yoki Taehyungning vahshiyligi oddiy faktdek.

-Mol-mulkni unga topshirsam, Taehyung YNni sizning bag‘ringizga qaytaradi deb o‘ylayapsizmi?

U asta sekin boshini ko‘tardi.
Ko‘zlaridagi jiddiylik ostida sovuq vahshiylik to‘lqini o‘chmay yonardi.

-Men akamni yaxshi bilaman.
U Namjoon ko‘zlariga tik qaradi qochmadi yashirmadi.

-Xohlaganini qo‘lga kiritgan zahoti… sizni ham, meni ham, YNni ham birga ko‘madi.
Uning lablari qimirlamasdi, faqat nigohi qattiq edi. Namjoon o‘tirib tura olmadi. U birdan o‘rnidan turib, stolni yon tomonga surib yubordi.

-Agar qizimga nimadir bo‘lsa…ikkingni ham o‘zim yo‘q qilaman.

Shunday deb, g‘azab bilan xonadan chiqib ketdi.
Ortidan eshik qattiq yopildi go‘yo tahdid muhrlanib qolganidek. Jungkook bir lahza qotib turdi. U chuqur o‘tkir, bosimli nafas oldi ichidagi yirtqichni jilovlay olmayotgandek. Wonyoung esa unga sekin qaradi.
Yuzidagi tashqi ifoda qo‘rqoq, iztirob ichida qolgan singilniki. Ammo ichida… ichida olov yonardi.
U xursand edi. Opasi yo‘qolish arafasida.
Jungkook esa uning qarshisida, nihoyat unga yaqin. Uning ichida faqat bitta fikr bor edi “YN yo‘qolsa Jungkook meniki bo‘ladi.” va u buni juda yaxshi bilar edi.

***
Tokioning shimoliy chetidagi qadimiy tepaliklar orasida qurilgan Taehyungning qasri tongdan buyon shamollarni ham sokin tutib turardi. Kech tushishi bilan esa zal ichida samuray ruhini uyg‘otadigan muhit uyg‘ondi qorong‘u yog‘och panellar oltin o‘yma naqshlar devorlarda osilgan qadimiy katana va qora tantolar, qizg‘ish yorug‘lik sochib turgan fonarlari bilan uyg‘unlashib, zalni dahshat va ulug‘vorlik o‘rtasida qoldirar edi.

Torayib boruvchi baland shiftlar ostida qizil uzun stol turar, stolni o‘rab turgan qora laklangan ustunlarda shamlar, yapon ruhining kuchli, ammo bo‘g‘iq nafasidek titrab turardi. Har bir mehmonni qarshi olgan qoriqchilar jim-jit, xuddi xonani ko‘ra oladigan soyalar singari harakatlanardi.
Tashqarida zinalar bo‘ylab yurgan shamlarning ovozi eshitildi. Qasr darvozalari oldida toxtagan oq Rolls Royce tun qorong‘usida oppoq iz qoldirgandek tuyuldi. Mashina eshigi ochilishi bilan oq tutunga o‘xshash parfyum hidi havoga taraldi.

Mashina ichidan Taehyungning eng qadrdon ittifoqchilaridan biri Park Jimin chiqdi. U oq atlasdan tikilgan, o‘tkir yoqali haori kiygandi. Qadamida esa sokin hotirjamlik bor edi. Uning ko‘zlarida o‘sha qadim do‘stlikning o‘chmas ishorasi ehtiyotkor jilmayish… Zalga kirishi bilan Taehyung o‘tirgan joyidan sekin turdi. Jimin unga yaqinlashganda, ikki yirtqichning bir-birini tanib olishi kabi jimlikni yirtib tashlagan sovuqlik zalni egalladi.

-nihoyat qaytding

deydi Jimin past ohangda.
Taehyung esa jilmayib qo‘lini uzatdi

-Samurai imperiyasi sensiz tilsiz edi.

Ular qo‘l berib ko‘rishishdi, ammo bu ko‘rishish odatiy ko‘rishish emas ikki shohning, ikki qasosning, ikki qonli tarixning to‘qnashuvi edi. Atrofdagi qorovullar ham buni sezib, bir zum nafasi ichiga tushib ketdi. Jimindan so‘ng qora oynali mashinalar birin ketin kirib kelardi.
10 ga yaqin mehmonlar Tokiodagi eng kuchli, eng boy, eng shavqatsiz kishilari
Mori Ieyasu qora kostyumda
Sato Ren moviy ipak kimono ustiga qora chiroyli haori kiygan qotilona nigohli kishi.
Katayama Ryo terisida yoqut rangidagi chandiqlar yaponcha tetovkalar ustidan ko‘rinib turadi va yana bir necha xonadon boshliqlari Tokio saltanatining yashirin qon qonunlari ularning ko‘zlarida bitilgan edi.
Ularning har biri kirganda qorong‘u yog‘och pol qarsillashi, qoriqchilarning bir maromdagi ta’zimlari zalda jaranglab ketardi.

Hammasi uzun stol atrofida joylashdi. Stol ustida esa haqiqiy imperatorlarga yarasha dasturxon eng noyob baliqlar. Qora tovoqdagi sushilar. Miso sho‘rva va kuroge wagyu go‘shti, qizardirib pishirilgan.
Oltin barglar bilan bezatilgan sake va qadimiy samuraylarga xos maxfiy taomlar. Mafiyalar o‘zaro past ovozda suhbatlashar, har bir gaplarida tahdid, har bir kulguda esa yashirin tig‘ sasi eshitilardi. Kimdir siyosat haqida, kimdir yangi yerlar, kimdir qurol savdosi haqida gapirar, lekin hammasining nigohi Taehyungda. U esa o‘z shohligining markazida sokin o’tirar, qo‘lida qora qadah, ko‘zlarida esa boshlangan qonli o‘yin yaltirardi. Taehyung qadahni ko‘tarib, zalni muzlatib yuboradigan ohangda so‘zlay boshladi

-Samurai imperiyasi yana bir bor bosh ko‘tarmoqda

dedi u, ovozi zalni toraytirib, har bir mehmonning tomog‘ini qisib qo‘ygandek.

-Bizning yo‘lga g‘ov bo‘layotgan har bir tanani tiriklayin ko‘maman. Har bir xoin har bir dushman o‘z qoniga choʻkadi.

Zal jim bo‘lib qoldi. Hech kim qarshi gapira olmasdi.
Taehyung sekin davom etdi

-Bugun sizlar mening mehmonimsiz va men sizlar uchun alohida sovg‘a tayyorladim birodarlar…

Taehyungning ovozi tugashi bilan zalning keng eshiklari sekin birin-ketin ochila boshladi. Tashqaridan ipakning sirg‘algan ovozi, jingalak munchoqlarning mayin qo‘ng‘irog‘i eshitila boshladi.

Ichkariga birin ketin kirardi
yapon milliy libosidagi qizlar ustidagi oppoq ko‘ylaklar sochlaridagi gullari
Belida oltin mayin kamarlar
Har bir qiz xuddi qo‘g‘irchoqdek, beg‘ubor, nafis, bosh egib kirardi.
Ularni qoriqchi erkaklar yumshoq, ammo qat’iy qadamlar bilan zalning markaziga olib kirardi.

Zaldagi erkaklar bir zum hushini yig‘olmay qoldi.
Bu qizlar oddiy sovg‘a emas.
Bu Taehyungning kuchi. Uning hukmi. Uning qarshisida turgan har bir insonning taqdirini belgilovchi ishora. Taehyung esa stulda orqaga suyandi, labining bir burchida qiyshaygan, sovuq kulgi bilan

Qizlar zalga kirgan zahoti havo birdan yengillashgandek bo‘ldi. Ularning ipak yenglari orasidan toshayotgan atirlar, mayin qadam tovushlari, yuzlariga tushgan oq yorug‘ning sirli o‘ynashi mafiyalarning ko‘zlarini bir zumda band qildi. Har bir mehmon bir muddat sukutga cho‘mdi. So‘ng asta sekin yuzlarida yirtqichlarcha tabassumlar paydo bo‘la boshladi. Mafiyalar kuladi zavq bilan, ochiq, hech narsani yashirmay. Stol atrofidagi erkaklar kulishdi baland, erkin, shodon…
Ammo bu shodonlik muloyim emas. Bu qudratli erkaklarning “bu dunyo menga tegishli” degan kulgisi edi.

-Taehyung, doim o‘ziga yarasha sovg‘a tayyorlaydi!

dedi Katayama Ryo quvonchdan qadahni kotarib.

-Qara, qara… bunday xazinani yashirib qo‘yganmiding?

deya o‘rnida orqaga suyanib kuldi Mori Ieyasu. Ularning nigohlari qizlardan uzilmasdi ochiq, shafqatsiz, yashirmaydigan darajada mehrsiz va istak bilan yongan ko‘zlar edi. Qizlar esa o‘z rollarini aniq bilar, har birining qadamida san’at, jilvasida esa o‘rganilgan itoat bor edi. Ularning ipak kimonolaridagi ranglar fonar yorug‘ida tovus patidek jilvalanardi biri moviy va oltin rangli furisodeda boshqasi qizil lola rang yukatada, yana biri oq hakamada, sochlarida esa gullar, billur tasmalarning jarangi… Qizlarning ko‘zlari ma’yus emas ular o‘ynardi.
Jilmayishlarida sir bor, bosh egishlarida san’at bor, qarashlarida esa yirtqichni jilovlaydigan nafis sehr.
Qoriqchilar qizlarni bo‘sh qo‘ygach, ular asta erkaklarga yaqinlashishni boshlashdi o‘ta mayin, suzilib, xuddi oy yorug‘ida suzayotgan koʻl baliqlari kabi. Qizlardan biri sateng moviy kimono kiygancha Sato Ren yoniga bordi. U boshini egdi, so‘ng muloyimlik bilan uning tizzasiga o‘tirdi. Ren esa uning belidan ushlab

-Kelaqol

deb jilmaydi.
Qiz yuzini yuqoriga ko‘tardi, labining uchi bilan erkakning bo‘yniga tegib o‘tdi. Boshqa bir qiz Katayama Ryoga yaqinlashdi. Ryo o‘zining o‘tkir ko‘zlarini qizning yuziga tikib

-Bugun Taehyung rostdan ham saxiy

dedi. Qiz esa uning tizzasiga cho‘karkan, oq ipak yenglarini erkakning soniga tekizib maftunkor jilmaydi.
Ikki qiz qo‘llarida sake to‘la qora idishlarni ko‘tarib yurdi.
Ular mehmonlarning qadahlarini asta-egilib to‘ldirishar, har bir egilishida belidagi tasma ohista siljib, nozik bellari yaltirab ko‘rinardi. Erkaklar esa sharobdan ko‘ra ularning o‘sha egilishlariga maftun bo‘lib qolgan edi.

-Bugun sen menikisan.

dedi Takeda Haru qizning bilagidan ushlab.
Qiz esa jilmayib yana sharobni to‘ldirdi. Zalning bir chetida mayin ohanglar yangray boshladi.
Gullar soyasi fonarlarda tebranardi. Uch toʻrt qiz markazga chiqib, yenglarini havoda chizgandek, nozik harakatlar bilan raqs tusha boshladi. Ularning har bir aylanishida kimono etaklari havoda uchib, harakatlari shu qadar sokin va nafis ediki, ularni tomosha qilgan erkaklar bir zum dunyodagi hamma xavotirni unutdi.
Yapon raqsi og‘riq ham, go‘zallik ham, itoat ham, vasvasa ham. Mehmonlar endi ovqatga emas siyosatga emas, hatto bir-biriga ham emas faqat raqsga, qizlarga, ularning qora ko‘zlaridagi jim o‘yinlarga mahliyo bo‘lishgan edi.
Ularning kulgisi yana baland eshitildi.Qadahlar to‘qnashdi.
Raqs sokin, lekin havoda energiyasi keskin edi. Bu haqiqiy qora imperiyaning ziyofati edi.

Zaldagi kulgi va qadahlarning jarangi orasida birdan Jimjit sukunat cho‘kdi.
Mafialardan biri yoshi kattaroq, yuzida kesilgan izlari bor, ko‘zlari doimo o‘ljaga tikilgan yirtqichga o‘xshash erkak Taehyungga yaqinroq egilib, qoshini ko‘tardi

-Taehyung… bizga yangi o‘yinchog‘ingni ko‘rsatmaysanmi?
Suhbatni atay bir necha soniyaga cho‘zib, og‘zida sigaret burab turdi.

-Eshitishimga qaraganda… Yakudzaning qizi senda ekan.

Uning ovozi zalga yoyilib, boshqa mehmonlarning quloqlariga asaldek quyildi. Ular sezdirmaslikka harakat qilsalar ham, o‘tirgan joylarida oldinga engashib, lablaridagi shaytonona tabassumni yashira olmadilar. Yana biri qo‘shildi yosh, lekin ko‘zlari qoraygan

-Ha, Taehyung. Bizga ham ko‘rsat…

-Bunday qimmatli o‘lja hammaga nasib qilavermaydi.
Kulgi ichida yovuz shivirlar taraldi. Zal nafs bilan to‘lgan havoga cho‘mdi. Taehyung esa ularga qarab sukutda o‘tirdi. Bir lahza… uning ko‘zlarida zulmat qimirladi.
Navbatdagi lahzada esa bu zulmat zavqqa aylandi.
Siyrak chiroqlar yorug‘ida uning qorong’u ko‘zlarida aks etgan o‘sha zavq mehmonlarning ichini junbushga keltirdi. U labining bir chetini sekin ko‘tardi ayyorona, yirtqichona jilmayib. So‘ng oldidagi qadahni ohistagina stolga qo‘ydi. U joyidan turdi.
Zalda qizlar raqsi ham, sharob shovqini ham bir lahzaga unutilib ketdi.
Taehyung biror so‘z demadi.
Uning jimligi tahdid edi.
Jilmayishi hukm. U zinaning boshlanishiga kelib to‘xtadi, yelkasidan ortiga bir bor qaradi…Ko‘zlaridagi qorong’u chaqnash mehmonlarning qonini qizdirdi va hech qanday izohsiz, hech kimga bir og‘iz qarab ham o‘tirmay, uchinchi qavatga Ynning yoniga ko‘tarila boshladi.
Uning har bir qadami zalga g‘ayritabiiy og‘irlik bilan urilayotgandek eshitildi.