September 24, 2025

𝐁𝐎𝐗𝐄𝐑 𝐅𝐈𝐍𝐀𝐋𝐋

Mehmonxona xonasidagi akvariumdagi oltin
baliqchalar ham endi Ynga tanishdek bo‘lib qolgan
edi. Ularning jim suzishi unga xotirjamlik baxsh
etardi. Jungkook esa har kuni tong saharda
uyg‘onib, yugurish zaliga tushar, keyin
mashg‘ulotlar, so‘ngra murabbiyi Namjoon bilan
rejalashtirilgan mashqlar bilan kunini to‘ldirardi.

Avvaliga Yn uchun bu odat g‘alati tuyulgandi. U
Koreyadagi oddiy hayotidan birdan New Yorkning
hashamatli mehmonxonasida uyg‘onib, kun bo‘yi
faqat sport zalida, qattiq tartib bilan yashayotganini
tushunolmasdi. Ammo asta-sekin ko‘nikib bordi.
Endi u ham Jungkookning tonggi yugurishlariga,
zalda mashqlariga, nonushtalariga o‘rganib ketgan
edi.

Deraza ortida quyosh nurlari shaharning baland
binolari orasidan qiyshayib tushar, Jungkook esa
allaqachon sport kiyimida yugurishga tayyor turardi.
U ko‘pincha Ynga qarab jilmayar

-Uxlayver, qizaloq…

derdi yarim hazil bilan.

Yn esa, garchi uxlamoqchi bo‘lsa ham, ko‘pincha
asta deraza yoniga borib, pastda yugurib
ketayotgan Jungkookni kuzatar, ko‘zlaridan mehr
to‘lib qarardi. Mashqdan qaytgan Jungkook bilan
nonushta qilish Yn uchun kunning eng yoqimli
paytiga aylangandi. Jungkook mashqdan terlab,
sochi nam holatda kelib o‘tirar, katta ishtaha bilan
ovqatlanar, orada Ynga hazil qilib kuldirar edi.

-nega bunchalar mazali tayyorlaysan meni jangdan
oldin semirtirmoqchimisan

derdi u, qoshlarini ko‘tarib.

-Nima qilibdi semiz bolsangiz ham menga yoqaverasiz

deb javob qaytarardi Yn, so‘ngra o‘zi ham gapidan
uyalib yuzlari qizarardi.

Yn uchun eng og‘iri Jungkookning tobora
jiddiylashib borishi edi. Oradan kunlar o‘tgan sari
Jungkook deyarli boshqa narsalarga vaqt ajratmay
qo‘ydi. U butun borlig‘i bilan jangga hozirlik
ko‘rayotgandi. Namjoon ham u bilan yonma-yon
bo‘lib, har bir zarbasini kuzatib, tinimsiz mashq
qildirardi.

Yn esa zalning chetida, jim kuzatardi. Jungkookning
peshonasidan ter oqib tusharkan, uning ko‘zlaridagi
g‘alabaga tashnalik, jahli, ishtiyoqi tobora
ortayotganini ko‘rardi. U ba’zida Jungkook unga bir
qarash tashlab qo‘yar, ammo darhol yana ringdagi
mashqiga berilib ketardi.

va shunday qilib… jangga atigi ikki kun qolgandi.
Jungkook endi butunlay sport zaliga berilib ketgan
edi. U kechasi ham deyarli gaplashmas, nonushta
payti ham faqat mashqlarni, jang taktikasini o‘ylab
o‘tirardi.
Yn esa uni sog‘inardi. Uning yonida turgani bilan
go‘yo uzoqdagidek his qilardi. Yn unga hech narsa
demasdi. Faqat jim jilmayib, sabr bilan yonida
turardi.

Yn esa zalning chetida, jim kuzatardi. Jungkookning
peshonasidan ter oqib tusharkan, uning ko‘zlaridagi
g‘alabaga tashnalik, jahli, ishtiyoqi tobora
ortayotganini ko‘rardi. U ba’zida Jungkook unga bir
qarash tashlab qo‘yar, ammo darhol yana ringdagi
mashqiga berilib ketardi.

va shunday qilib… jangga atigi ikki kun qolgandi.
Jungkook endi butunlay sport zaliga berilib ketgan
edi. U kechasi ham deyarli gaplashmas, nonushta
payti ham faqat mashqlarni, jang taktikasini o‘ylab
o‘tirardi.
Yn esa uni sog‘inardi. Uning yonida turgani bilan
go‘yo uzoqdagidek his qilardi. Yn unga hech narsa
demasdi. Faqat jim jilmayib, sabr bilan yonida
turardi.

New Yorkdagi eng yirik arenada bugun elektr toki
kabi hayajon sezilardi. Minglab odamlar stadionni
to‘ldirgan, hayqiriqlar, qo‘llaridagi plakatlar,
miltillagan kameralar hammasi havoda taranglik
yaratardi. Sahna ortida esa boshqa olam bu yerda
sokinlik, lekin shu bilan birga qattiq bosim hukm
surardi. Jungkook qora shortik va oq xalati bilan
ring oldida mashq qilayotgandi. Namjoon yonida,
qo‘llarida bintlarni mahkam o‘rayotgancha ohista
gapirar

-Hamma zarbalaringni esda tut. Yelkangni ehtiyot
qil. Faqat o‘z rejamiz bo‘yicha harakat qil.

Jungkook esa jim. Nafasi og‘ir, nigohlari qorong‘u.
Yuragi shu qadar tez urardiki, o‘zini ham eshitar
darajada. Kameralar sahna ortidan ham
kuzatayotgandi. Jurnalistlar qator-qator joylarda,
ularning ovozi gohida eshitilib qolardi. “Bugungi
jang tarixiy bo‘ladi”, “Jungkook kelajak chempioni!”
kabi gaplar quloqqa chalinardi.

O‘sha payt… Jungkookning telefoniga titroq bilan
qo‘ng‘iroq keldi. U dastlab e’tibor bermadi, ammo
keyin Jungkook telefonni qo‘liga oldi. Ekranda
notanish raqam. U shubha bilan “ochish” tugmasini
bosdi. Quloqqa yoqimsiz kulgi yangradi.

-Galabadan oldin senga kichkina sovg‘a. Sen uchun
maxsus tayyorladim

kimdir o‘sha tomonda. Ovozi past, sovuq, mazaxli
edi.

Shundan so‘ng ekranda video ochildi.

Ekranda ularning mehmonxonasi ko‘rindi. Yorug‘
chiroqlar ostida oq choyshablar ustida Yn yotar edi.
Lekin bu safar… uning ko‘zlari ochiq edi. Yaltillab
turgan nigohlari bevosita ustidagi odamga
qadalgan u esa Yoongi edi.

Yoongi pastga egilgan, Ynning lablarini qo‘pol
ehtiros bilan o‘par, bo‘ynidan pastga tushib, uni
o‘ziga bo‘ysundirardi. Ynning nafaslari tezlashgan,
lablari yarim ochilib, go‘yo uzoq kutgan tashnalikni
his qilayotgandek edi.

Kamera buni bevosita yaqin planda ko‘rsatardi
Yoongining lablari orasida ingrayotgan Yn, uning
qo‘llariga mahkam yopishgancha yon tomonga
ohista bosh egib, shiddatli lazzatdan hushidan
ketayotgandek. Ko‘zlari yarim ochiq, gohida
Yoongiga, gohida kamera tomon qarab, ichidagi ehtirosni yashira olmayotgandek.

Har safar Yoongi chuqurroq kirganida, Ynning
yuzida iztirob bilan aralash huzur aks etar, lablari
titrardi. Yn qarshilik qilmasdi. Aksincha
ko‘zlarida Yoongiga tashnalik bilan boqdi.

Kadr biroz uzoqlashdi. Yoongi ishini bitirib, o‘rnidan
turdi. Stol ustidagi qora jamadonni ochib, ichidan
pullarni olib Ynning ustiga sochdi. Yuzlab dollarlar
oq choyshab ustiga yog‘ilib tushar, Yn esa charchoq
va ehtirosdan qimirlamas, ko‘zlari yarim
yumilgancha yonboshlab yotardi.

Oxirgi kadr esa yo‘q qilish mumkin bo‘lmagan zarba edi. Ynning lablari hanuz ham ozgina ochiq, yuzida
esa qoniqish alomati. Go‘yo u hozirgina Jungkookning o‘rnini boshqa birov egallaganini
qabul qilgandek edi.

Jungkookning nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, tomirlari qattiq
tortildi. Lekin kadrlarni ko‘zlari bilan ko‘rdi.
Ushbu nigohni, bu ehtirosni u faqat o‘ziga tegishli
deb bilardi. Endi esa… u boshqa birovning qo‘lida,
boshqa birovning ostida.

Jungkookning yuragi qonga belangan kabi
og‘irlashdi. Ringga chiqishga atigi bir necha daqiqa
qolgandi.

Telefon ekrani o‘chishi bilan Jungkookning tomirlari
bo‘rtib chiqdi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, qorniga o‘t
tushgandek qizib ketdi. U qo‘lida qaltirab turgan telefonni birdan baqirib devorga otib yubordi.
Qurilma chil chil bo‘lib, mayda bo‘laklarga aylandi.

Zalda hamma jim bo‘lib qoldi.

Namjoon yugurib keldi

-Jungkook! Nima bo‘ldi? o‘zingni bos!

Ammo Jungkookning qulog‘ida bu so‘zlar
eshitilmadi. Uning qulog‘i butunlay bitib qolgandek
edi faqat shang‘illagan, quloq pardasini yirtib
yuboray deb turgan vahshiy tovush yangrardi.

Ko‘zlari qonga to‘lgandek qizarib, tomirlari
yuzida urinar, mushaklari titrardi. Namjoon uning
yelkasidan ushlab, chayqay boshladi

-Hey, men bilan gaplash! Nima ko‘rding? Nimaga
bunaqa bo‘lib qolding?!

Jungkookning ko‘zi bir nuqtaga qadalgandek, qotib
qoldi. U butunlay o‘zini yo‘qotgandi.

Ichkarida yuragi to‘xtovsiz urardi. Har zarba uning
qulog‘iga kuchli do‘pposday urilar, qon bosimi
boshiga chiqib xuddi portlab ketayotgandek edi.
Nafas olishi tezlashib, ko‘kragini kengaytirishga joy
qolmagandek, butun vujudi o‘zi bilan olishardi.

-Jungkook! O‘zingni qo‘lga ol, bu jang! Agar sen
chiqmasang hammasi tugaydi!

Namjoon qattiq gapirdi, ammo baribir Jungkook
eshitmasdi.

Uning qarshisida turgan odam endi bokschi emasdi.
Bu ichidan yirtilib ketayotgan, sevgan odamining
xiyonatini ko‘rgan, shafqatsiz alam bilan
yonayotgan hayvoniy bir qudrat edi.

Jungkookning qo‘llari mushtga yig‘ilib, suyaklari
oqarguncha qisilib qoldi. Nafasida na mehr, na
mantiq bor edi. Faqat alam, xiyonat, va qon
tashnaligi…

New Yorkning eng yirik sport majmuasi. Yorug‘liklar
miltillaydi, minglab odamlarning hayqirig‘i havoni
larzaga soladi. Ovoz shunday balandki, go‘yo butun
shahar bir zumda shu joyga yig‘ilgandek.

Ring o‘rtasida hakamlar tayyorlanmoqda.
Jurnalistlar chaqmoqday kamera chaqillatib mikrafonlarda hayqiriqlar

-Jeon Jungkook! Va uning raqibi Min Yoongi!!!

Jungkook ringga chiqqanda, odamlarning qarsaklari
osmonga ko‘tarildi. Ammo uning qulog‘ida baribir
faqat shang‘illash bor edi. U hech narsani
eshitmasdi.

Ko‘zlari Yoongiga qadalgandi. Yoongi unga qarab
masxara aralash kuldi. Bu kulgu Jungkookning
tomirlarini kesib tashlagandek bo‘ldi. Nigohlari
orqali gaplashishayotgandek edi

Jungkookning yuragi telbalarcha ura boshladi.
U o‘zini ushlab tura olmayotgandi.

Hakam qo‘ng‘irog‘i Jang boshlandi.

Jungkook birinchi bo‘lib oldinga tashlandi zarbalar
vahshiy mushtlar. Uning kuchi odatdagidan ham
oshgandi, ammo bu tartibsiz, g‘azabga to‘la
zarbalar edi. U aqlli jang qilayotgani yo‘q, faqat o‘z
g‘azabini to‘kardi.
Yoongi esa xuddi hammasini kutgandek sokin
sovuq edi. Har bir zarbani osonlikcha to‘sib, bo‘sh
joy topgan zahoti Jungkookning boshiga og‘ir musht
tushirardi.

Jungkookning ko‘zlari bir zum qorong‘ilashib, qonga
to‘ldi. Ammo u baribir to‘xtamadi. Har safar musht
yeganida ko‘z oldida Ynning kulgisi gavdalanardi. U
go‘yo Yoongi bag‘rida baxtli kulib turganday…
Jungkook es hushini yo‘qotib, qattiqroq zarbalar
bera boshladi, ammo har bir urinishida Yoongi
undan oldinroq zarba qaytarar, ayniqsa uni
jarohatlangan yelkasiga urib azob berardi.

Tomoshabinlarning qichqirig‘i osmonga otilar, ammo
Jungkook ularni eshitmasdi. Uning qulog‘i go‘yo
butunlay yopilgandek, faqat o‘zining titroq nafasini
va o‘limga teng shang‘illashni sezardi.

-“NEGA?! NEGA NEGA ?!”
uning yuragi dod solayotgandek edi.

Yoongi ustma ust zarbalar berdi. Jungkookning
lablari yorilib, qon og‘zidan oqdi. Burunidan
tomchilar yerga sachrardi. Uning oyoqlari tobora
kuchsizlashdi. So‘ng Yoongi oxirgi bor uning
chakkasiga og‘ir zarba berdi. BOSHIDAN
PORTLAGANDEK ovoz yangradi.

Jungkook ring o‘rtasiga qattiq yiqildi.

Uning ko‘zlari ochiq qoldi. Yorqin chiroqlar,
odamlarning hayqirig‘i, hakamning ovozi… lekin u
hech narsani eshitmadi. Qulog‘idan asta qon oqib
yonoqlarini bo‘yay boshladi. Nafasi qisqarib
ko‘kragi arang ko‘tarilib tushardi.

Atrofida shovqin, Yoongi g‘olib deb e’lon qilinmoqda.
Uning qo‘lini baland ko‘tarishmoqda. Ammo
Jungkookning nigohi xira tortib, faqat Ynning
xiyonati ko‘z oldidan ketmasdi. So‘ng u asta yon tomonga qarab, lablari titradi. Ko‘zidan achchiq,
alamli bir tomchi yosh oqdi. U asta-sekin ko‘zlarini
yumdi.

Ring o‘rtasida yotgan Jungkook endi harakatsiz edi.

Ring ortasida yiqilgan Jungkookni tez yordam
xodimlari zudlik bilan maxsus to‘shakka yotqizib olib

chiqib ketishdi. Arenadagi shovqin sekin asta
vahimali pichirlashlarga almashdi.
Tomoshabinlarning ko‘pchiligi “U tirikmi? Ahvoli
qanday?” degan savollardan titray boshladi.
Namjoon yugurib orqasidan chiqdi. Uning rangi
oqarib ketgan, qo‘llari titrayotgan edi. Mashina
sirenasi jaranglab, kasalxona eshiklari ochildi.

Jungkookga darhol kislorod niqobi taqildi, qon
oqayotgan joylariga bog‘lamalar qo‘yildi. Shifokorlar
atrofida yugurib, buyruqlar berar

-Tezroq tomir ichiga suyuqlik yuboring!

-Bosh miya jarohati bor, tekshiruvga olib chiqing!

Namjoon tashqarida kutar, ichkaridan
eshitilayotgan “tezroq, yurak ritmini kuzating!”
degan so‘zlardan ko‘zlari to‘lib ketdi.

-Iltimos, o‘zingni yo‘qotma, bolam… sen hali tugamaganingni bilaman.

deb pichirladi u deraza ortidan qarab.

Oradan 3 kun o‘tdi.

Kasalxona palatasi. Jungkook oq choyshab ostida qo‘liga igna ulangan holda jim yotar edi. Xona ichida faqat apparatning “bip-bip” ovozi eshitilardi.

Nihoyat, uchinchi kuni Jungkookning qovoqlari asta
ochildi. Yorqin nur ko‘zlariga qattiq urildi, u sekin
ko‘zlarini qisib, nafas oldi. Birinchi qilgan ishi yon
tomonga qarash va

-…Yn qayerda?

degan pichir bo‘ldi. Ovozi
charchoqdan xirillab chiqqan, ammo ko‘zlarida
faqat uni izlash bor edi. Namjoon yonida o‘tirgancha
boshini ko‘tardi. U sevinch aralash bo‘lib,
Jungkookning qo‘lini asta ushladi

-ozingga kelding, shukur…

Ammo Jungkook qo‘lini tortib, yana so‘radi

-Yn qayerda?

Namjoonning nigohi xira tortdi. U bir zum jim qoldi
keyin boshini egib asta ko‘zlarini yumib, chuqur
nafas oldi

-Ynning buvisi…ogir ahvolda. Shuni eshitishi
bilanoq chipta olib Koreaga uchib ketgan.

Jungkookning ko‘zlari kattalashdi. Bir zumga u
nafas ham ola olmay qolgandek bo‘ldi. Quloqlarida
yana o‘sha shang‘illash paydo bo‘ldi.

-…Meni tashlab ketdimi?

deb xirilladi u.
Ko‘zlarida alam va iztirob alangasi paydo bo‘ldi.

Namjoon uning qo‘lini yana ushladi

-Yo‘q Jungkook. U seni tashlab ketmadi. U…
shunchaki buvisini yoniga qaytishi kerak edi.
Sen buni tushunishing kerak.

Ammo Jungkook bunday gaplarga quloq solmasdi.
Uning ko‘z oldida faqat uch kunlik zulmat, ringdagi
mag‘lubiyat va endi Ynsiz qolgan bo‘shliq chayqalib
turardi.

Musoboqadan 3 kun oldin
Yn ertalabki tongni mehmonxona derazasidan
qarab qarshi oldi. Havo tiniq, shahar allaqachon
uyg‘ongan, ammo uning yuragi allaqachon
Jungkookning jang kuni haqida o‘ylab, bezovta
urar edi. Shu payt telefon titradi. Yonida hech kim
yo‘qligi uchun darhol oldi. Uning yuragi birdan qattiq
ura boshladi: ekranda “Buvijon ” degan yozuv
paydo bo‘lgandi.

-Allo?

dedi u titroq ovozda.

Uzoqdan qariyaning ovozi emas, boshqa bir ayolning ovozi eshitildi

-Yn tez bo‘ling zudlik bilan Koreaga qaytishingiz
kerak… buvingizni ahvoli juda og‘ir. U sizni ko‘rishni
xohlayapti. Vaqt yo‘q, tez yetib keling!

So‘zlar bolta singari Ynning yuragini chopib
tashladi. U bir lahzaga qo‘lidan telefonni tushirib
yuboray dedi. Nafasi qisildi. Oyoqlari bo‘shashib,
devorga suyandi.

-Yo‘q… bu… bu mumkin emas…

deya pichirladi ko‘zlari yoshga to‘lib.

U qanday qilib xonadan yugurib chiqqanini ham
bilmay qoldi. Yo‘lak bo‘ylab chopib borarkan,
ko‘zlari ko‘r bo‘lgandek, nafas ololmay Namjoonning
xonasiga kirib bordi.

-Namjoon!

dedi u ovozi bo‘g‘ilib.

-Iltimos, menga yordam bering… chipta! Eng birinchi
reys… Koreaga qaytishim kerak! Buvingizning ahvoli
og‘ir deyishdi… u meni so‘rayapti…

U yig‘lab yubordi, qo‘llari qaltirab Namjoonning
kaftini ushlab tortardi. Namjoon bunday holatini
birinchi marta ko‘rib, darhol telefoniga qo‘l uzatdi.

-Yn, tinchlan. Men hoziroq reysni qidiraman. Sen o‘zingni bosib ol

Yn boshini chayqadi

-Vaqt yo‘q … vaqt yo‘q!

Bu paytda Jungkook boshqa dunyoda edi. Arena
ortida, sportchilar xonasida qizib mashq qilayotgan,
atrofida jurnalistlar, kameralar, murabbiylar va
tomoshabinlarning shovqini qaynab yotardi. Uning
yonida telefon bo‘lsa da, u bu lahzalarda qo‘lini
unga tekkiza olmasdi. Yonidagi hamma unga
“Bugun sening kuniing, Jungkook!” deb qichqirardi.

Yn esa uni bir marta bo‘lsa ham ko‘rib, xayrlashib

olishga harakat qilardi, ammo imkon yo‘q edi.
Muhlislar qoriqchilar, shovqin barchasi orasida
Jungkookka yo‘l topish mumkin emas edi.

Yn titrab, chipta ma’lumotini qo‘lida ushlab,
Namjoonga qaradi.

-Iltimos, unga aytib qo‘ying…

Yn reys davomida bir daqiqa ham ko‘zini
yumolmadi. Samolyotning har bir lahzasi uning
uchun azob edi. Ko‘z oldida faqatgina buvisining
charchagan, ammo mehribon chehrasi, bolaligida
unga aytgan allalari aylanardi.

Nihoyat samolyot qo‘ndi U chamadonini ham unutib
taxiga o‘tirdi

-Iltimos, tezroq! Shahar kasalxonasiga, iloji boricha
tez!

dedi u titrab, haydovchiga deyarli qichqirib.

Mashina tezlikda uchib borarkan, Ynning qo‘llari
qaltirardi, telefonni qayta qayta ochib, yana
yopardi. Har bir soniya yuragini ezardi. Kasalxona
eshigidan yugurib kirganida, uning oyoqlari hali ham
qaltirardi.

-Buvi! Buvim qayerda?!”

deya hamshiralardan so‘rab yugurdi.

-Palata 306…

deya ko‘rsatishdi.

Yn liftni kutmay, zinadan yuqoriga chopdi. Nafasi
bo‘g‘ilib, ko‘zlari yoshga to‘lib ketgandi. U palataga
kirib bordi va yuragi o‘sha zahoti chilparchin bo‘ldi.
Doktorlar sokin ovozda nimanidir pichirlashar,
yonida turgan hamshira esa oq choyshabni asta
sekin kampirning yuziga yopayotgan edi.

-Yo‘q…
Ynning ovozi bo‘g‘ildi. Nafasi to‘sildi.

Yo‘q, men ulgurmadim… yo‘q!

U oyoqlari bilan turib turolmadi, tizzalari bo‘shashib
ketdi. Polga yiqilib, o‘zini yo‘qotgancha
choyshab yopilgan tanaga intildi

-Yo‘q, buvim! Yo‘q! Men keldimku! Nega
kutmadingiz?! Men sizni sog‘ingandim… iltimos,
ketmang!

Uning ovozi palata devorlarini titratardi. Ko‘z
yoshlari yuzini kuydirardi. U barmoqlari bilan
choyshabni tortib, buvisining sovuq qo‘lini ushlab
oldi.

Hamshira tiz cho‘kib uni bag‘riga olishga harakat
qildi

-Qizim, o‘zingizni qo‘lga oling…u endi og‘riq chekmaydi u tinchlikda…

Ammo Yn ularning ovozini eshitmasdi. U telbaday
boshini chayqardi, sochlarini changallab, to‘satdan
ovozi bo‘g‘ilib, ko‘zlari xira tortdi. Yuragi urayotgan
bo‘lsada, tanasi unga bo‘ysunmadi.

Hamshiralar yoniga yugurib kelishdi

-Yo xudoyim u hushini yo‘qotdi! tez yordam bering!!!

Oxirgi ko‘rgan narsa oq choyshab ostida yotgan
sevimli buvisi, hamshiralarning umidsiz
nigohlari va shifoxona lampalari edi. So‘ng butun
dunyo qorong‘ilashdi

Yn sekin ko‘zlarini ochdi. Birinchi ko‘rgan narsa oq
shift, uning qattiq yoritilgan lampalari edi.
Lampalarning sovuq, qattiq nuri ko‘zlarini
qamashtirdi. Qiz bir muddat qayerda ekanini anglay
olmay, shiftga qarab yotaverdi. Nafas olishi og‘ir,
ko‘kragi bosilib, bo‘g‘zida qandaydir bo‘shliq bor edi.

Atrofda hech kim yo‘q edi. Faqat yon tarafdagi stol
ustida past ovozda ishlayotgan kichik televizor
shovqini eshitilardi. Yn yuzini burib unga qaradi.
Ekranda jiddiy ohangda gapirayotgan boshlovchilar
yonida esa yozuvlar titrab turardi

“Mashhur bokschi Jeon Jungkook hal qiluvchi
jangda nakautga uchradi. Og‘ir ahvolda
kasalxonaga yetkazildi.”

Ynning yuragi shu zahoti muzlab ketgandek bo‘ldi.
Ko‘zlari kattalashib, u xuddi tanasidan chiqib
ketgandek his qildi. Televizor ekranida qayta qayta
ko‘rsatilayotgan lavhalarda ringda yiqilib tushgan,
qonga belangan, hushsiz Jungkookning holatini
ko‘rib, yuragi tilka pora bo‘ldi.

-Yo‘q… yo‘q…

shivirladi u lablari qaltirab.

Qizning qo‘llari qaltirardi, lablari titraydi, ichida
qandaydir vahshiy hayqiriq uyg‘ondi. Labini qattiq
tishlab, qon chiqarguncha tishladi. Ammo baribir
ko‘zlaridan seldek yosh oqib chiqaverdi. Uning qalbi
chidolmasdi.

“Men yonida bo‘lishim kerak edi… men uni yolg‘iz qoldirmasligim kerak edi… Jungkook… meni kechiring… meni kechiring…”

Ichki ovozi tinimsiz aks sado berar, butun vujudini
larzaga solardi. Qiz to‘satdan o‘rnidan turishga
harakat qildi, oyoqlari titrab, ammo ichida faqat
bitta kuch bor edi unga yetib borish, uni
quchoqlash.

Eshik g‘iyqillab ochildi. Oppoq xalatdagi shifokorkirib keldi va qo‘llarini ko‘tarib uni to‘xtatdi

-Yo‘q! Sizga turish mumkin emas!

Yn alamdan qiyqirib yubordi, ovozi butun palatani
larzaga soldi

-Menga farqi yo‘q! Men hozir ketishim kerak!

Jungkookni yonida bo‘lishim kerak!

ammo shifokor uni mahkam ushlab joyiga o‘tqazdi.
Qattiq, jiddiy ohangda dedi

-Siz hozir bunday qilolmaysiz. Siz… homiladorsiz.
O‘zingizni bosib oling, iltimos.

Bu so‘zlar Ynning qulog‘iga chaqmoqdek urildi.

-N… nima?..

Qizning nafaslari to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ko‘zlari
kattalashib, butun tanasi qotib qoldi. Xuddi vaqt bir
lahzaga to‘xtagandek edi.

Shifokor yuziga jiddiy boqib, sekin takrorladi

-Ha, siz homiladorsiz. Endi o‘zingizni asramasangiz… bu faqat sizga emas ichingizdagi
hayotga ham zarar.

Ynning yuragi gup-gup urdi. Ko‘zlaridan yosh hali
ham to‘xtamasdi, ammo endi bu yosh boshqa bir
tuyg‘u bilan aralashgan edi. Qo‘llarini qorniga
qo‘yib, asta qaltirab pichirladi

-Men… homiladorman?.. Jungkook…

Ko‘zlaridan yana selday yosh oqdi. Ichida
o‘rtanayotgan iztirobga endi kichik bir uchqun
yangi hayot ishtiyoqi qo‘shildi. Kasalxona palatasi
sokin edi. Yengil yomg‘ir deraza oynasidan asta
sirg‘alar, tashqarida shovqin bo‘lishiga qaramay, bu
yerda faqat yurak urishining og‘ir ovozi hukmron edi.

[FLASHBACK ]
Zalda temirlarning jarang jurungi, og‘ir nafaslar va
bokschilarning ovozlari yangrar edi. Jungkook terga
botgan holda halqasiz ring markazida raqsdek
qadam tashlab zarba mashq qilardi. Uning diqqat
e’tibori shu qadar keskin ediki, atrofida kim nima
qilayotganiga ko‘zi tushmasdi.

Orqa tomonda qora kepka, yuzini ko‘rsatmaydigan
ko‘zoynak taqqan yollangan hacker boshqa
sportchilar orasiga qo‘shilib kirib keldi. Hech kim
sezmasdi. U sekin Jungkookning charm sumkasini
ochib, ichidan telefonni oldi. Bir necha soniyada
barmoqlari tezlik bilan yozdi

“Seni juda sog‘indim… hozir senga bir surpriz boradi. Ularni olib, meni kut. Tez orada yoningda bo‘laman.”

So‘ng telefonni joyiga qo‘yib, xuddi hech narsa
bo‘lmagandek zalni tark etdi.

Yn yuvinish xonasidan chiqqanda, telefoni jiringladi.
Ekranda Jungkookning ismi porlab turardi. U
xabarni o‘qidiyu, yuragi beixtiyor tez ura boshladi.

-U meni sog‘inibdi … surpriz tayyorlabdi!

Ko‘zlari chaqnadi. Bir necha haftadan beri
Jungkook mashqlardan bosh ko‘tarmay, unga
deyarli vaqt ajratmagan edi. Har kuni zal,
mashg‘ulot, tonggi yugurish… shu lahzalarni chiroyli
bir “kutilmagan uchrashuv” bilan yuvib
tashlamoqchi bo‘lganday edi u. Yn hayajondan
o‘zini oynaga qarab tayyorlay boshladi. Sochini
tartibga soldi, lablariga eng sevimli lab bo‘yog‘ini
surtib, yengil ko‘ylak kiyib oldi.

Eshik jiringladi. U sekin eshikni ochdi. Qarshisida
ofitsiant turardi. Qo‘lida sharob, chiroyli tarelkalar
atirgul yaproqlari bilan bezatilgan taomlar… xonaga
sekin qo‘yildi.

-Bu Jungkookning surprizi bo‘lsa kerak…

dedi u pichirlab jilmayib. Xona birdan romantik
kayfiyatga to‘ldi chiroqlar mayin yondi, stol ustida
shamlar yondi.

ancha vaqt o‘tdi. lekin Jungkook kelmasdi. Yn stulda
o‘tirib, uxlab qolmaslik uchun sharobdan bir qultum
ichdi. So‘ng yana bir… Sharob tanglayidan o‘tarkan
g‘alati issiqlik butun tanasiga yoyila boshladi. Bir
necha daqiqada uning boshi aylanib, ko‘zlari
xiralashdi. Ammo hushini yo‘qotmadi aksincha
ichida qandaydir g‘alati istak, o‘ziga
bo‘ysunmaydigan xirsiy tuygu uyg‘ondi.
Yurak urishi qulog‘ida jaranglab eshitilardi. Nafasi
tezlashib, qo‘llari qaltirardi. Sochlariga, yuziga tegar
ekan, teri ostidan issiqlik yugurardi.

-Bu… bu nimasi?…

deb o‘yladi u larzaga tushgancha.

tomirlarida esa narkotik aralash sharob oqayotgandi.

Ynning qo‘llari stolda turgan sharob bokaliga sekin tegdi. Ko‘zlari xiralashgan, yuzlari qizarib ketgan,
yurak urishi esa go‘yo butun xonani
to‘ldirayotgandek edi. Nafasi notekis, og‘ir… ichidan
o‘ziga bo‘ysunmaydigan bir istak uyg‘onayotganini
sezardi.

-Nega kelmayapti?.. meni sog‘inganini aytgandi…

Boshi aylanib tanasi o‘ziga tobe bo‘lmay o‘tirgan
stuldan sirg‘alib tushay derkan, shu payt eshik qirs
etib ochildi. Qora poyafzal gilam ustida asta qadam
tashladi. Yorug‘ chiroqlardan soyasi uzun cho‘zilib,
xonani to‘ldirdi. Yn ko‘zlarini yarim ochdi. Sharpaga
tikilarkan, hushini jamlashga harakat qildi, lekin
qarshisidagi odamni aniq ko‘ra olmadi.

Biroq… tanish bo‘lib tuyuldi.

Birdan yonboshi qaltirab, yiqilay dedi. Lekin kuchli
qo‘llar uni mahkam quchib oldi. Quyoshda erigan
qor kabi Yn bag‘rida bo‘shashdi. Shu payt qulog‘iga
past, ammo ishonchli, biroz kulimsiragan ovoz
eshitildi

-Demak, surprizim senga yoqibdi…

Ynning butun vujudi titrab ketdi. Ko‘zlari chaqnab
qalbi beixtiyor hayajonga to‘ldi. Bu ovoz… bu qo‘l…
bu kuchli bag‘r…Jungkook! Yarim hush bilan
jilmayib, bo‘g‘iq ovozda shivirladi

-Jungkook… sizni juda sog‘indim… nihoyat keldingizmi?..

Ko‘zlari sekin yumildi ammo yuzida orzulardek
yengil jilmayish qoldi. Yn hushsiz holatda ham
qo‘llarini uning bo‘ynidan o‘tkazib, butun mehrini
berib quchoqladi. Lablaridan chiqqan so‘nggi so‘zlar
titrab yangradi

-Iltimos… ketmang…

Yoongi esa uning boshini sekin ko‘ksiga bosarkan ko‘zlarida sovuq zavq porlardi. U qizning beg‘ubor
ishonchini sezib, o‘zini tutolmay qoni qaynab kuldi.
Past, bo‘g‘iq kulgu xonani to‘ldirdi.

-Keldim, azizam… keldim.

Yn uning ko‘ksida yengil nafas olayotganicha
hushsiz yotardi. U butun vujudi bilan shuni his
qilardik Jungkook keldi. Ammo aslida… uni bag‘riga
bosayotgan odam Jungkook emas edi. Ynning
hushsizdek bo‘shashgan badani hali ham
Yoongining qo‘lida edi. Qizning yuragi tez urar,
lablari esa quruq, ammo beixtiyor jilmayib, mehr
izlagandek qaltirardi.

Yoongi qizning yuzidan sekin sochini surib, uning
xushbo‘y hidini chuqur tortdi. Ovozini esa ataylab
past, muloyim, lekin ichida yovuz kulgu bilan
chiqardi

-Seni sog‘indim…

Yn ko‘zlarini yarim ochib, unga boqdi. Ko‘zlari
xiralashgan, ammo unda faqat birgina ishonch
mehr va intizorlik bor edi. O‘sha ko‘zlar
Yoongining yuragini ham qitiqladi. Yn past ovozda
o‘zini qo‘llarida butunlay topshirgancha shivirladi

-Men ham… juda sog‘indim Jungkook…

Yoongi ichidan g‘alaba kulgisini sezdi. Demak, u
mutlaqo hech narsadan bexabar… U asta qizning
yuziga lablarini yaqinlashtirdi. Ynning tanasi
beixtiyor titradi, ammo u qarshilik ko‘rsatmadi.
Aksincha, yonib turgan yuragi bilan uning
quchog‘iga yanada yaqinroq intildi.

-Oh… nihoyat…

dedi u, ko‘zlarini yumib.

Yoongi lablarini qizning bo‘yiniga tekkizib, asta
pastga siljirdi. Qizning nafaslari tobora tezlashdi.
Har bir teginishida u hushini yo‘qotib borar, ammo
ichida yongan istak uni butunlay egallab olgan edi.
Yn qaltirab, qattiq nafas oldi. U hali ham uni Jungkook deb his qilardi. Uning ovozi titrab
yangradi

-Meni hech qachon yolg‘iz qoldirmang… iltimos…

Yoongi bu so‘zlarni eshitib, g‘ururdan kulib yubordi.
Qizning lablarini asta o‘ziga tortarkan, shivirladi

-Hech qachon… seni yolg‘iz qoldirmayman…

Ynning qo‘llari uning bo‘ynidan mahkam quchoqladi.
Hamma narsa unga xuddi orzudek tuyulardi. U
hatto bir zumga bo‘lsada haqiqatan ham bu
Jungkook ekaniga shubha qilmadi. Yoongi esa qizni
asta karavotga yotqizib, ustidan egildi. Yorug‘likda
uning ko‘zlari yaltirab turardi. Ammo Yn o‘sha
ko‘zlarni ham adashtirdi… chunki mehr izlagan
yurak ko‘r bo‘ladi.

-Bugun meniki bo‘lasan azizam…dedi Yoongi, asta
pichirlab.

Yn esa ko‘zlarini butunlay yumdi. Va o‘zini to‘liq
unga topshirdi.

Jungkook hamon kasalxonada edi
oq shift, tomirlardan o‘tib ketayotgan suyuqlik,
yonidagi apparatlarning sust jarangi… xotirada esa
qaytdi. Ring. Yoongi. Yn… video.
Qon boshi tomirlariga urildi. Nafasi keskin bo‘lib
o‘rnidan turishga urindi. Ammo yonida o‘tirgan
Namjoon zudlik bilan uni qo‘liga bosib to‘xtatdi.

-To‘xta, Jungkook! Sen hali… hali tuzalmading
dedi u qat’iy, ammo dard aralash ohangda.

Jungkookning bo‘g‘zidan xirillagan tovush chiqdi

-Men… ketishim kerak.

Namjoonning ko‘zlari kattalashdi.

- Qayoqqa ketasan? Sen hali uch qadam ham yura olmaysan!

Jungkookning tomirlari qizarib, peshonasi tomchilab
terladi. U qo‘lini apparatlardan tortib oldi.

-Koreaga. Men… uni topaman.

-Yn haqida gapiryapsanmi?

Jungkookning mushtlari qaltiradi, u ko‘zlarini
qonga to‘lgandek qaradi

Namjoon dahshat bilan unga tikildi.

-Sen o‘zingni yo‘qotib qo‘yganingni
ko‘rmayapsanmi?! Hali to‘liq tuzalmagan tanang
bilan Koreaga qaytsang, bu o‘zingni o‘ldirish degani!

- shunday bo‘lsin!

deb baqirdi Jungkook, ovozi palatani larzaga soldi.

-Lekin men jim o‘tirmayman. Men ko‘zim bilan ko‘rdim! U… u menga xiyonat qildi!

Namjoon uning yoniga egilib, yelkasidan mahkam
ushladi.

-Kook, sen hozir o‘zingni yo‘qotib qo‘yyapsan. Bu
telbalik. Sen hech narsani aniq bilmayapsan! Balki
bu ham tuzoqdir!

Jungkookning ko‘zlari sovuq, yovvoyi edi. U sekin
Namjoonning qo‘lini itarib tashladi.

-Menga farqi yo‘q. Agar bu tuzoq bo‘lsa ham, men
ularni qo‘llarim bilan yer bilan bitta qilaman.

Namjoon bir zum jim qoldi. U bunday Jungkookni
oldin bunday ko‘rmagan edi. Bu endi o‘sha
Jungkook emas edi. Bu ko‘zlari qon bilan to‘lib, g‘azabdan yonayotgan telba edi.

-Sen… endi odam emas, hayvonga o‘xshab qolyapsan!

Jungkook jilmayib qo‘ydi, ammo bu kulgi dahshatli edi.

-o’zingiz shuni xohlagan edingiz! Hammangiz!
Demak endI sizlarga ko‘rsataman.
Hayvon qanday bo‘lishini ko‘rsataman.

Palatada sovuq sukunat cho‘kdi. Namjoon uning
qarshisida turib, ichida qattiq kurashardi uni
to‘xtatish kerakmi yoki bu g‘azab bilan kurashishdan
foyda yo‘qmi? Lekin Jungkook qarorini qabul qilib bo‘lgan edi. Uning yuragi bir xil urar edi qasos,
qasos, qasos.

Yn palatada yolgʻiz edi. Tashqaridan kasalxona ovozlari biroq uning olamida bir osoyishtalik bor edi
koʻnglida yangi, mayin bir urinish. Qoʻllari beparvo
emas, balki ehtiyotkor edi u ichki kiyimini biroz
tortib, qorining ustiga qoʻl qoʻydi va oʻsha joyda
kichkina, halqaroq yumshoqlikni izlab turdi hali
biror narsani his qilib boʻlmas ammo u oʻsha joyni
oʻziga yaqin his qildi.

U koʻzlarini yumdi va boshlangan oʻylarni birma-bir
tartibga soldi. Buviga boʻlgan sevgi, uning mehribon
qoʻllari, bolaligida aytgan nasihatlari hammasi
bir birga tiklanib, ona va ona boʻlish haqidagi
tasavvurlarni koʻproq yaqinlashtirdi. “Men endi
faqat oʻzim uchun yashamayman” deb oʻyladi u. Bu
fikr yuragiga iliqlik, boshiga esa yangi bir maʼno
berdi. Yn endi xotiralar va talqinlar orasida oʻzining
yangi hayotini asrab avaylashga qaror qildi. U endi
nafaqat oʻziga, balki u yoqda yotgan, ogʻir yaralar
bilan kurashayotgan jasur bir odamga va kichkina
umrga ham masʻul edi. Bu qaror uni yangi bir kuch
va umiddan ilhomlantirdi.

Telefon qulog‘ida uzoq turdi undan chiqayotgan
signal tovushlari Ynning yuragini qattiqroq urdirar
ko‘kragi qisilib borardi. Nihoyat, go‘shakdan
Namjoonning charchoq aralash ovozi eshitildi

-Alo.

-Namjoon … Jungkook… uning ahvoli qanday?

dedi Ynning ovozi titrab.

Bir lahza jimlik cho‘kdi. Namjoon chuqur xo‘rsindi.

-Hali ham zaif, lekin… yaqinda o’zini korasan
Chunki biz birga Koreaga qaytyapmiz.

Ynning ko‘zlari keng ochilib, yuziga tabassum
yugurdi.

- Rostdanmi?!

-Ha

dedi Namjoon qisqa

Go‘shak o‘chdi. Yn esa beixtiyor lablarini qo‘llari
bilan berkitib kulib yubordi. Ko‘zlaridan yosh sizib
chiqayotgan bo‘lsa ham, bu safar ular quvonch
yoshlar edi.

-Tezroq qayting Jungkook

deb pichirladi u.

-Men sizni shunchalik sog‘indimki… endi kichkinamiz bilan kutaman...

O‘sha kuni kechqurun, qabristonda havo sokin edi.
Qorong‘ilik asta cho‘kib, faqat shamollarda
shamshod yaproqlari shitirlardi. Oq kafan ichidagi
tobut asta yerga tushirilarkan, Ynning oyoqlari
bo‘shashib ketdi. Buvijonining so‘nggi manzilini
ko‘zlari bilan kuzatar ekan, butun vujudi larzaga
kelardi. Duo ovozlari havoda taralar, odamlar birin-
ketin tarqala boshladi. Ammo Yn qabr yonidan jilolmadi.
U tiz cho‘kib, titrayotgan qo‘llarini toshga qo‘ydi
peshonasini sovuq tuproqqa bosdi.

-Qanidi yonimda bo‘lganingizda…

dedi u ovozi bo‘g‘ilib.

- Siz menga ham ona, ham ota, ham oila bo‘ldingiz.
Endi men o‘zimning kichkina oilamni yarataman
deganimda, siz… siz meni tashlab ketdingiz,
buvijon.

Ko‘zlaridan shiddatli yosh oqdi. U bag‘rini
changallab yig‘ladi. Tuproq uning tizzalariga
yopishib, kiyimlarini nam qildi, ammo bu dardning
yonida hech narsaning ahamiyati qolmagandi.

-Qarang

dedi u sekin, qorniga qo‘lini qo‘yib.

-endi sizning kichkina nabirangiz ham bor. Men uni sizga ko‘rsatishga ulgurmabman… kechiring…

Shamol esdi.

Go‘yo buvisi ruhi unga javob
qaytarayotgandek. Yn boshini ko‘tardi, ko‘zlari
qizarib, yonog‘idan yosh izlari oqib tushgan bo‘lsa
da, yuzida bir oz quvvat paydo bo‘ldi. U bilardi endi
yolg‘iz emas. Endi yonida uni yashashga majbur
qiladigan, hatto eng og‘ir kunlarda ham kuch
beradigan kichkina jon bor edi. U uzoq vaqt qabr
yonida qoldi…

Kechasi soat birlar edi. Shaharning yarim uyqudagi
chiroqlari ostida Jungkook sekin qadam tashlab,
uyiga tomon yurardi. Og‘ir sport sumkasi yelkasidan
pastga tortar, ammo undan ham og‘irroq yuk
yuragida o‘tirardi. Uning yuzida hech qanday ifoda
yo‘q, go‘yo butun his tuyg‘ularini kimdir tortib
olgandek. Har bir nafasidan sovuqlik taralardi.

Lift eshiklari yopildi, yuqoriga qarab qimir etmasdan
turgan Jungkookning ko‘zlari o‘likdek bo‘sh edi. U
faqat o‘zining yurak urishini eshitar, har zarbasi
alam va g‘azabni eslatardi. Lift to‘xtadi. U qadam
tashlab koridorga chiqdi. Kalitni asta eshik teshigiga
yaqinlashtirayotganida, ichkaridan eshik
kutilmaganda shoshqaloqlik bilan ochildi.

-Jungkook!

dedi Yn ko‘zlari porlab, yuzida chin quvonch bilan.

Uning ovozi xuddi qorong‘ulikda chaqnagan yashin
kabi edi. Ko‘zlari baxtdan yonardi, go‘yo nihoyat
uzoq kutilgan quyoshni ko‘rgandek. Yn ikkilanmay
unga otilib bordi, butun kuchi bilan bag‘riga bosdi.

-Nihoyat qaytdingiz men sizni sog‘indim…

dedi u pichirlab, bo‘yniga yuzini yashirib hidini chuqur yutib olishga harakat qilib. U shunday
quchdiki, xuddi uni hozir yo‘qotib qo‘yishdan
qo‘rqayotgandek. Bo‘ynini siladi, orqasidan qo‘llarini
qattiq o‘rab, yuragidagi bo‘shliqni to‘ldirishga
urinayotgandek unga yopishib oldi.

Ammo Jungkook… qimir etmasdi.

U haykaldek qotib turar, ko‘zlari esa bir nuqtaga
qadalgandi. Qo‘llari ko‘tarilmadi, quchog‘ini
qaytarolmadi. Uning ichida na iliqlik, na sog‘inch
faqat sovuq nafrat, jirkanish va g‘azab aralashgan
qorong‘u hissiyotlar mavjud edi. Yn bag‘rida erib,
titrab, nafasini to‘xtovsiz tortar ekan, Jungkook
faqat uning qo‘llaridan, issiq nafasidan, hatto
hididan ham jirkanib borardi. Unga qarashning o‘zi
qiyin edi.

Ko‘zlarida biror iliqlik qolmagan Jungkook, faqat
zulmatga botgan nigoh bilan Ynning umid bilan
yonib turgan ko‘zlariga qaradi. Va bu nigoh hech
qanday so‘zsiz, o‘sha daqiqaning o‘zida butun
baxtni chilparchin qilardi.Jungkook qizning titrab,
o‘zini yo‘qotib, butun mehrini to‘kib quchib olganini
his qilarkan, ko‘zlaridagi qon tomirlariga g‘azab
qonga singgandek tarqaldi. Nafasi og‘ir edi.
Qaltirayotgan qo‘llarini asta sekin Ynning sochlariga
olib bordi, avvaliga muloyim silagandek tuyuldi.

Yn bu harakatni sog‘inchli mehr deb o‘ylab,
ko‘zlarini yumib, yanada kuchliroq yopishib oldi.
Ammo keyingi lahzada Jungkookning panjalari soch
tolalarini qattiq changalladi.

-Aah…!

Yn og‘riqdan ko‘zlarini katta katta ochdi, bo‘yni orqaga tortilib ketdi. Uning yuragi gupillab,
telbalarcha ura boshladi. Qarshisida turgan odam…
Jungkook emas, go‘yo yuzini nafrat qoplagan
begona bir maxluq edi.

-Lanati foxisha!

Jungkookning ovozi xuddi chaqmoqdek yashin bo‘lib, xona bo‘ylab yangradi. Ynning nafasi bo‘g‘ilib
qoldi. Lablaridan faqatgina qaltiragan pichir chiqdi

-Jungkook…

-Ismimni tilingga olma, lanati!

deya qahr bilan qichqirdi u.

Shu zahoti qattiq, chaqmoqdek tarsaki Ynning
yuziga tushdi. Shovqin bilan havoda taralgan ovoz
qizning yuragini ham, yuzini ham tilka poraga qildi.
Yn og‘ir zarbadan boshi yon tomonga ketdi, lab
burchagi yorilib, issiq qon tilidan oqib chiqdi. U
yuzini ushladi, qo‘llari qaltirab, ko‘zlaridan yosh
daryo bo‘lib oqardi.

-Nima… nima qilyapsiz?

uning ovozi xira, bo‘g‘ilib chiqdi.

Ammo Jungkookning nigohi sovuq edi. U o‘zini
yo‘qotgan, qalbi g‘azabdan qora bo‘lib ketgan
odamga aylangandi. Bir lahzalik sukut. Faqat
Ynning titrab yig‘lagan ovozi va Jungkookning og‘ir
nafaslari xonani to‘ldirardi. So‘ng Jungkook bir
qadam oldinga tashladi… qo‘llari yana musht bo‘lib
tugildi. Bu safar u to‘xtamasdi. Yn hali ham yuzini
changallagancha turganida Jungkookning oyoq
tovushlari qattiq qattiq eshitildi. U bir qadam, yana

bir qadam oldinga tashladi. Uning har bir nafasida
g‘azab, og‘riq va telbalik aralashib ketgan edi.

-Sen meni masxara qilding… butun dunyo oldida meni kulgiga qoldirding! Meni sotding!

Jungkookning ovozi xonani larzaga keltirardi.

Yn titrab, boshini chayqadi

-Yo‘q… yo‘q, men… hech qachon bunday qilmaganman…

Lekin Jungkook uni eshitmasdi. Qulog‘i shang‘illab,
faqat videodagi manzara ko‘z oldida aylanardi.
Ynning boshqa erkakka tashnalik bilan qarab, unga
tegayotgani… bu tasvirlar uning qonini qaynatar,
aqlini tortib olardi. U bir zumda qo‘lini ko‘tarib, yana
qattiq tarsaki tushirdi. Ynning boshi devorga urildi,
jaranglab ovoz chiqdi. Qizning nafasi qisilib,
lablaridan og‘riqli nola chiqdi.

-sendan jirkanaman

Jungkookning gapi havoni kesib o‘tdi.
Yn devorga suyanib, asta pastga cho‘kib borardi.
Ko‘zlari yoshga to‘lib, titrab chiqayotgan ovozi
umidsiz edi

-Men… sizni… sevaman… Jungkook…

Bu so‘zlar Jungkookning yuragiga xanjar bo‘lib
sanchilgandek bo‘ldi, ammo g‘azab uni ko‘r qilgan
edi. U Ynning yelkalaridan qo‘pol ushlab, qizni
ko‘targancha devorga qattiq urdi. Devordan
chiqgan qattiq zarba butun tanasini larzaga soldi.
Ynning boshidan qonga o‘xshash ingichka chiziq
oqib tushdi. Nafasi qisilib, lablari titrab, ko‘zlari
bo‘shashib qoldi song asta qo‘llarini ko‘tardi,
titrab Jungkookning yuziga tekkizdi. Yig‘idan qizarib
ketgan ko‘zlari bilan unga qarab pichirladi

-Men… sizni sotmaganman…

-O’chir ovozingni

Jungkook kafti bilan Ynni og’zini berkitib devorga
yopishtirdi. Shu daraja qattiq bosib bilan
ushlaganidan Yn nafas ololmay qizarib ketgandi
Xona ichida faqat Jungkookning og‘ir nafaslari va
qizning qaltirab turgan tanasi ovozi eshitilardi.

-bir og’iz so’zingni eshtishni xohlamayman

Jungkook shunday deya Ynni sochidan changallab
yerga itaradi Yn butun tanasidan titradi uning qoʻli
shoshilinch, qorindagi kichkina jonni himoya qiluvchi
refleks tarzida darhol oʻsha joyga yetib bordi u
qoʻlini qorining ustiga qoʻydi va uni mahkam
quchoqladi.

-berganlarim kam edimi lanati foxisha meni
sotding?

Yn koʻzlaridan qoʻrquv va koz yosh aralashib chiqdi.
U lablarini titratib javob berdi, ovozi eng zaif boʻlib
qiynaldi

-Men… men hech qachon…

deya boshladi u, lekin Jungkook toʻxtatmadi. U bor
kuchi bilan qarshisida kuchsiz qiz emas jangchi
raqib turgandek Ynni ayovsiz dopposlardi
Ynning yuzida oq rang tarqaldi teri rangi oqarib,
lablari siniqday qurib, koʻzlari qizarib ketdi. Qoʻllari
oʻz oʻzidan qorinning ustiga yopishar xuddi himoya
instinkti kabi edi U panikaga tushdi qalbi
telbalarcha urdi, nafas olish uchun joy topolmadi.

Jungkook esa davom etdi. Uning soʻzlari achchiq va
keskin edi…

-seni òz qòlim bilan òldiraman jirkanch foxisha!!!


Yn devorga suyanib sirg‘alib yerga cho‘kdi. Nafasi
qisilib, lablari titradi. Ko‘zlaridan oqayotgan yosh
tomchilari qizib ketgan yuzidan oqib, yerga tushar
edi. U tizzalarini mahkam quchoqladi, qo‘llarida
qaltirash to‘xtamasdi. Ammo birdan qornidan o‘tkir
og‘riq chandiqdek yirtilib o‘tdi.

U titrab, qo‘lini pastga tushirdi barmoqlari qonga
belandi.

-Yo‘q… yo‘q…

dedi u ovozi bo‘g‘ilib.

Haqiqat ongiga o‘qday urildi. Ichidagi kichkina
hayot uning yagona umidi undan asta chiqib
ketayotgandi. Butun vujudi larzaga tushdi. Yerni
tirnab, alam bilan qattiq baqirdi

-YO‘Q!!!

Ovoz shunchalik kuchli ediki, xonadagi devorlarni
titratdi. Go‘yo ovoz pardalari ham bu og‘riqni ko‘tara
olmay uzilib ketgandek edi. Lekin eshik allaqachon
yopilgan, Jungkook chiqib ketgandi.

U shoshilinch, alamli qadamlar bilan qorong‘i
ko‘chani kesib o‘tdi. Ko‘zlarida vahshiy g‘azab,
yuragida esa o‘chmas alam yonardi. Og‘ir sport
sumkasi yelkasida silkindi, lekin u buni sezmasdi
ham. Nafasi tezlashgan, mushtlari qaltirardi.
Jungkok oxir oqibat eng yaqin mashg‘ulot zaliga
yetib bordi. Qorong‘u, ammo gavjum zal ichiga
qadam qo‘yishi bilan hammaning nigohi unga
qaratildi. Shovqin to‘xtadi. Keyin sekin kinoya
aralash kulgular eshitila boshladi.

-Ou, bizni chempion-ku…

dedi kimdir masxara bilan.

-Ketvorgan qiz bilan kongil xushlik qilib yurib, jangni
unutib qo‘ydi-da…

boshqasi kuldi.

Bu so‘zlar Jungkookning yuragiga xanjar kabi urildi.
Qoni miyasiga urilgandek bo‘ldi. Ko‘z oldi qizil tusga
kirdi. Shovqin jim bo‘ldi faqat uning og‘ir nafaslari
eshitilardi. Birdan u qora futbolkali, kinoyali
tabassum bilan unga qarab turgan yigit tomonga
oqday yurdi. Atrofdagilar hushyor tortdi, ammo
to‘xtatishga ulgurishmadi.

-Gapingni qaytar

dedi Jungkook sovuq ovozda.

Yigit kulimsirab

-Ha nima ? to‘g‘ri eshitding…

Gapini tugatishga ulgurmay, Jungkookning mushti
uning yuziga zarb bilan kelib tushdi. Qon sachradi.

-Hozir senga jangni qanday bo‘lishini ko‘rsataman!

deya Jungkook bo‘kirib, yana yana musht tushira boshladi.

Uning zarbalari ketma ket, to‘xtovsiz edi. Hamma
tomondan shovqin ko‘tarildi. Sportchilar yugurib
kelib, uni ajratishga urinishdi, ammo Jungkookni
ushlash imkonsiz edi. U telbaga o‘xshab, hushini
yo‘qotgandek zarb berishda davom etdi. Mushtlar
qarsillab yuzga urildi, qonga belandi. Yigitning boshi
yon tomonga chayqaldi, ko‘zlari yumuldi. U
hushidan ketdi va yerga qattiq quladi. Zalda vahima
ko‘tarildi. Kimdir yordam chaqirish uchun yugurdi.
Kimdir Jungkookni orqadan mahkam ushlab
qolishga urindi. Uning ko‘zlari qon rangida yonardi,
yuzidan ter va g‘azab aralash oqardi.

Birdan “POLITSIYA! “deb baqirishdi. Eshikdan uch
to‘rt nafar politsiyachi yugurib kirib keldi. Ular
qo‘llarida qattiq rezina tayoqlar, beliga qadalgan
qurollar bilan sahnani zudlik bilan nazoratga olishga
tushishdi. Jungkook esa hamon nafasini qiyin
olarkan, qo‘llarida qonga belangan mushtlarini
ko‘tarib, hammani qo‘rquvda qoldirardi. Uning
ko‘zlari telbalarnikidek yonib turardi.

-Orqaga chekin, Jungkook!

dedi bir politsiyachi qat’iy ovozda.

Ammo u eshitmasdi. Qulog‘ida yana o‘sha
g‘uvullagan shang‘illash. Nigohida esa faqat bitta
manzara Yoongi va Ynning videodagi suratlari,
xiyonat, kulgi, masxara.

-U meni kulgiga qoldirdi…

dedi Jungkook bo‘g‘iq ovozda.

— Ular hammasi… Meni masxara qilishdi!

Politsiyachilar uni qamal qilib, qo‘llarini burashga
harakat qilishdi. Jungkook qarshilik ko‘rsatdi,
mushtlarini silkib, qattiq tipirchilab qarshi chiqdi.
Shu payt zalning bir chetida yoshlar telefonlarini
ko‘tarib, bo‘layotgan voqeani videoga olishardi.

-Ou, bu bomba!

dedi kimdir.

-Chempion odamni o‘ldirib qo‘yay dedi!

Kulgi va vahimali shovqin aralashib ketdi. Ijtimoiy
tarmoqlarda allaqachon jonli efir paydo bo‘lgan edi

“Boks afsonasi Jungkook janjal qilib bir odamni do‘pposladi!”

Nihoyat politsiyachilar uni polga bosib yiqitishdi.
Uning qo‘llarini temir kishan bilan bog‘lab
tashlashdi. U esa bo‘g‘iq ovozda g‘azabini ichidan
sochardi

-Qo‘yib yuboring meni! Men… men ularga hammasini ko‘rsataman!

Uning so‘zlari zal bo‘ylab aks-sado berdi.
Barchaning yuzida vahima va afsus va kinoya.
Shu payt hushsiz yotgan yigitni ham tez yordam
xodimlari olib chiqishdi. Yuzida qon og‘ir jarohat.
“Tirikmi o‘zi?..” degan vahimali pichirlar tarqaldi.
Politsiya Jungkookni qo‘llarini orqaga qayirib, zal
tashqarisiga olib chiqdi. U qadam tashlar ekan,
hamma telefonlari bilan suratga oldi, videoga oldi,
ba’zilar esa uni la’natlab baqirdi

-SHARMANDA!
-SEN ENDI CHEMPION EMASSAN!
-TUGADING JUNGKOOK!

Ularning qichqiriqlari va kulgusi go‘yo Jungkookning
miyasini teshib o‘tdi. U boshini ko‘tardi, ammo
yuzida na g‘urur, na kuch faqat yovvoyi, telbalarcha
g‘azab va… chuqur bo‘shliq bor edi. hushsiz yotgan
yigit qutqarilmadi. Shifokorlarning “hamma
imkoniyatni ishlatdik”
degan so‘zlari bo‘m-bo‘sh zal bo‘ylab yangradi. U
hayotdan koz yumdi. Bu xabar tarqalishi bilan
hamma nigohlar bitta odamga qadaldi. Jungkook.
Uning ismi endi chempionlik, shon-shuhrat yoki
orzular bilan emas qotillik bilan birga tilga
olinardi.

Sud zalida hamma qahr bilan uning yuziga qarardi.
Advokatning so‘zlari ham, Namjoonning yalinishlari
ham natija bermadi. Hakam qat’iy ohangda hukmni
e’lon qildi

-Jeon Jungkook, jinoyatchi deb topildi. Siz
ozodlikdan mahrum etilasiz.

Hakamning bolg‘asi yog‘och ustiga qattiq urildi.

Zal
ichida shivir-shivir, kameralar chaqnashi, kimningdir
qoniqishli kulgisi. Jungkook esa toshday qotib
turardi. Hech narsa his qilmasdi.

Sud tugashi bilan, qo‘llari kishanlangan Jungkook
qora mashinaga mindirildi. Temir panjarali oynalar
ortidan u endi ozodlikka emas, qafas sari
ketayotganini bilardi. Mashina asta harakatlana
boshladi. Ichkaridagi kichkina televizor jim turardi.
Birdan yangiliklar dasturi yoqildi. Ekrandan ayanchli
xabar yangradi

Mashhur bokschi Jungkookning sevgilisi, Y/N…
o‘z joniga qasd qildi. Uning jasadi uyida topilgan.
Tergovchilar uni o’zini osgan holda topishdi…”

Ekranda xira surat oq choyshab bilan yopilgan
jasad, tashqarida yig‘layotgan qo‘shnilar,
jurnalistlarning mikrofonlari. Jungkookning yuragi
ham, miyasi ham to‘xtagandek bo‘ldi. Nafas olmay
qolgandek. Qulog‘idagi tovushlar o‘chdi. Uning
ichida hech qanday g‘azab yo‘q edi, na qayg‘u, na
dard. Faqat bo‘m bo‘sh, sovuq sukunat. Go‘yo
tanasi ishlardi, lekin ruhi allaqachon o‘lib bo‘lgandi.

Oradan uch kun o‘tdi.

Qamoqxonadagi kamerada Jungkookni ko‘rgan
Namjoon uni tanimay qoldi. Uch kun ichida u xuddi
o‘n yil qarigandek edi. Yelkalari bukilgan, ko‘zlari
nursiz, lablari quruq, qo‘llari esa qaltirab qolgan.
Namjoon unga asta yaqinlashdi. Unga qarshi
chiqadigan, gap qaytaradigan Jungkook yo‘q edi.
Endi faqat so‘lib qolgan, hayotsiz bir odam bor edi.

Namjoon sekin cho‘ntagidan kichkina qog‘ozni olib,
uning qo‘liga tutqazdi.

-Menimcha, Y/N seni bilishingni xohlardi. Buni
xonangdan toptim

Jungkook qog‘ozni titroq qo‘llari bilan ochdi.

Qog‘oz ichida kichkina, qoramtir surat.
Homila ultratovushidan olingan tasvir.

Jungkook qotib qoldi. Uzoq tikildi. Nafasi bo‘g‘ziga
tiqilib qoldi. Birinchi marta nursiz ko‘zidan sekin
yosh qalqib chiqdi. U tushundi.
U yo‘qotgan narsa faqat sevgisi emas edi. U
yo‘qotgan narsa kelajagi, oilasi, hali dunyo yuzini
ko‘rishga ulgirmagan kichkina hayot edi. Namjoon
unga tikilib, titrab ketgan ovozda pichirladi

-Men sizlarning hikoyangiz bunday tugashini xohlamagandim…