November 9, 2025

𝐒𝐀𝐌𝐔𝐑𝐀𝐈

𝐒𝐚𝐦𝐮𝐫𝐚𝐢 𝟏-𝐪𝐢𝐬𝐦

Bizning qonunlarimiz qon bilan yoziladi

Tokioning osmoni asta qorayib borardi. Shaharni yoritayotgan minglab chiroqlar bugungi kechani yanada sehrli qilayotgandek edi. Shinam, keng xonada oq atirgul hidlari aralash havo og‘ir nafaslar bilan to‘lgan, deraza ortida esa yengil yomg‘ir shovqini eshitilardi xonaning markazida uzun, och sariq sochlari yelkasiga to‘kilib turgan, moviy ko‘zlarida hayajon va baxt aralash porlagan qiz o‘tirardi.

ustidagi oq kelin libosi xuddi bulutdek yumshoq, ammo yuragidagi hissiyotlar osmonday betinim edi. Yonida dugonasi Jennie jilmaygancha sochining bir tutamini to‘g‘rilab qo‘ydi.

-Bugun nihoyat orzuying ro‘yobga chiqyapti, Yn! dedi u quvnoq ohangda. -Bilaman dedi Yn past ovozda, oynadagi o‘z aksiga tikilgancha. - Faqat… hammasi shunchalik tez o‘tyapti… -Ey, shunaqa paytda ko‘p o‘ylash kerak emas Jennie kuldi. -Sen baxtlisan, Jungkook kabi yigit hammaning orzusi!

Yn jilmaydi, ammo ko‘zlari jim. O‘zini tinchlantirmoqchi bo‘lgandek chuqur nafas oldi.

Xonada musiqa uzoqdan eshitilib, shamlarning

titroq nuri devorlarda o‘ynardi. Shu payt eshik

taqilladi. Har ikkisi bir zum jimib qoldi. Jennie kulib

- Kim ekan? dedi, ammo javob kutmasdan eshikni ochdi. Eshik ortida qora kostyum shimda, jiddiy, ammo sovuq jilmayish bilan turgan Jungkook paydo bo‘ldi. Uning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yn tomonga tushdi xuddi dunyoda boshqa hech kim yo‘qdek. Jennie kulimsirab, hazil ohangida dedi -Balki ozgina sabr qilarsiz, kuyov bola? Qizimiz hali tayyor emas-ku! Yn darhol uning so‘zini bo‘ldi, jilmaygancha -Jennie, iltimos… bizni yolg‘iz qoldir. Jennie yelkasini qisib, o‘ziga xos tarzda ko‘zini suzib qo‘ydi va kulgancha xonadan chiqib ketdi. Eshik sekin yopildi.

Xonada faqat ikkita yurakning tez urishi eshitilardi.

Yn bir qadam yaqinlashdi. Jungkookning galstugidan ushlab, uni o‘ziga tortdi. Ularning

nigohlari to‘qnashgan lahza butun dunyo jim bo‘ldi.

Yengil sham derazadan kirib, sham chirog‘ini

tebratdi. Jungkook shivirladi -Juda maftunkorsan, azizam… Ularning lablari tutashdi. Barcha hayajon, qo‘rquv, muhabbat shu bir lahzada jam bo‘lgandek edi. Devor soyasi ostida, sham yorug‘ida ularning

siluetlari birlashdi nafas yetishmas, ammo yuraklar

bir ohangda urardi. Ynning qo‘llari Jungkookning

yelkasidan sirg‘alib tushdi, u esa qizning belini

mahkam quchdi xuddi uni qayta yo‘qotishdan qo‘rqayotgandek. Har bir nafasda yurak urishi, har bir teginishda ichki chaqnash bor edi. Bir zumda hamma narsa jim bo‘ldi. Faqat sham alangasi tebranib, ularning soyasini devorga chizardi. Ular o‘sha soyada, nafaslari aralashgan holda, butun dunyoni unutgancha bir-biriga singib ketayotgandek edi.

Qorong‘u qamoqxona devorlari namlik va hidga to‘la edi. Har bir nafas og‘ir, har bir tovush to‘la edi. Har bir nafas og‘ir, har bir tovush temir panjaralarda aks etardi. Bu devorlar asiri esa Tokioning eng xavfli yirtqichlaridan biri edi. Unga qaraganlar go‘yo haqiqiy yirtqichni ko‘rgandek bo‘lishardi. Zanjirlar sekin tebranar, qattiq temir ovozi xonani to‘ldirardi. Unga qaraganda, bu yerda eng xavfli hayvon ham sokinroq edi. Uning ko‘zlari working‘ulikda ham yonib turardi Bugun… bu zanjirlar so‘nggi marta shovullaydi. Bugun, Samurai ozodlikka chiqadi. Temir eshikning qulfi chiq-chiq ovoz bilan ochildi. Qattiq posbonlarning oyoq tovushlari uzoqdan eshitildi. Ikki politsiyachi kelib, og‘ir eshikni tortishdi.Nur tor oraliqdan ichkariga o‘qday kirib, chang bosgan havoda sirli chiziq chizdi. Bir lahza sukut. So‘ng… u paydo bo‘ldi. Taehyung sekin boshini ko‘tardi.Bo‘ynida o‘tgan yillar izi singib ketgan qora tatuirovkalar, yo‘lbarsning tishlari va tirnoqlari shaklida chizilgan naqshlar. Qo‘llaridagi chandiqlar bu inson qancha qon to‘kkanini so‘zsiz aytib turardi. U asta o‘rnidan turdi. Zanjirlar yerga og‘irlik bilan tushdi, temir ovozi xonani titratdi. Qadam tashladi og‘ir, lekin qat’iy. Har bir qadami ozodlik sari yo‘l, har bir nafas o‘tmishdagi jinoyatning eshigini yopayotgandek edi. Panjaralar ochildi. U tashqariga chiqdi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgan, sovuq shamol yuziga urilayotgan edi. Ko‘p yildan beri ilk bor ozodlik nafasi uning dimog‘iga urildi.Bu havo… qon hidi, asfalt namligi va erkinlikning achchiq ta’mini olib kelgandi. Darvoza ortida qora BMW sekin farasini yoqdi. Mashina yonida qora charm kurtkada turgan Hoseok jilmayib, sigaret tutib turardi. U Taehyungni ko‘rishi bilan kulimsiradi -Nihoyat, qirol qafasdan chiqdi dedi u past, ammo ishonchli ohangda. Taehyung jim yurib keldi, eshikni ochdi. Mashina ichiga o‘tirgach, u jim derazadan yomg‘ir tomchisiga qaradi. Ko‘zlarida sovuq alangalar yondi. BMW motorini ishga tushirdi, qorong‘ ko‘chalar bo‘ylab yo‘l oldi. Shaharga Samurai qaytgan edi.

Zalda mum chiroqlari, oltin rang gullar, havoda atirgul hidi.Sahnada esa ikkita odam bir biriga taqdir ipidek bog‘langan Yn oq libosda, sariq sochlari yelkasiga yumshoq to‘kilib tushgan, ko‘zlarida yoshdan ham, baxtdan ham yarqirash bor. U kulib Jungkookka qaraydi. Marosim boshlanadi. Ular bir-biriga taq takishayotganda zalda sokin musiqaning ohangi yangraydi. Mehmonlar jilmayadi, kimdir suratga oladi, kimdir duoga qo‘l ochadi.

To‘satdan birinchi o‘q ovozi.

Zalda mum chiroqlari tebranib ketadi. So‘ng ikkinchi o‘q, uchinchi…Qo‘rquv havoni teshib o‘tadi. Chiroqlar miltillaydi, odamlarning baqiriqlari zalni

to‘ldiradi. Qop-qora kiyimdagi, yuzlari niqobli odamlar eshikni sindirib kirishadi. Ularning harakatlari harbiycha, sovuq va aniq. Qo‘llarida qurollar, nigohlari o‘limning o‘zi. Hamma yerga yiqiladi, kimdir qichqiradi, kimdir yig‘laydi. Ovozlar bir zumda shovqinga aylanadi. Jungkook stolni ag‘daradi, Ynni o‘ziga tortib stol ortiga berkinadi

-Egil! deydi u keskin ovozda, uni stol ortiga berkitarkan. -Egil! deydi u keskin ovozda, uni stol ortiga berkitarkan. Ammo o‘q ovozlari to‘satdan to‘xtaydi. Zalda og‘ir sukut cho‘kadi. Faqat gullar orasidan tutun chiqadi, va havoda metall hidi paydo bo‘lgan. Shunda…ovoz eshitiladi. -Nahotki To‘yingni mensiz o‘tkazmoqchi bo‘lding, ukajon? Bu ovozda nafaqat istehzo, balki sovuq kulgu, va ich-ichidan kelgan alam bor edi. Barcha nigohlar kirish eshigiga qaratildi. Tutun orasida qorong‘u siluet paydo bo‘ldi.

Qadam tovushi ohista, lekin butun zalni jim qilgulik

darajada qat’iy. Havoda tutun, yonib turgan shamlarning yorug‘i esa har lahza so‘nib-so‘nib turardi. Taehyung sahnaga qarab sekin qadam bosdi. Uning har bir qadami taqdirning og‘ir zarbi edi. Nigohi bevosita Jungkookda, lablarida esa o‘tkir kulgi soyasi.

— Meni xafa qilding, ukajon…

dedi u past ammo yurakni muz qiladigan ohangda.

Jungkook stolga suyangancha, qo‘lida topponchani

mahkam siqib olgan edi. Qanchalik urinmasin

qo‘llari titrardi. Peshonasidan sovuq ter oqar,

nafaslari qattiq chiqar edi bu g‘azabmi yoki qo‘rquv

ajratib bo‘lmasdi. Yn uning yonida tiz cho‘kkancha nima bo‘layotganini tushunmasdi. U Jungkookning bilagini ushlab, past ovozda pichirladi -Kim bu, Jungkook?.. Nimalar bo‘lyapti?.. Jungkook jag‘ini qattiq qisdi. Qo‘lidagi qurolni mahkam siqildi.

-Akam… dedi u titrab. -Lanati qachon ozodlikka chiqdi… Zal bo‘ylab yuqumli sukut yoyildi. Faqat yerda yotgan odamlarning titragan nafaslari, ayollarning bo‘g‘iq yig‘isi va qo‘rquvdan chiqayotgan past ovozlar eshitilardi. Shu payt sahna ortidagi qora eshik asta ochildi. Niqobli, qora kiyimda, qo‘lida avtomat ko‘targan qiz paydo bo‘ldi. U hech narsa demasdan, qo‘li bilan ishora qildi Jungkookga chiqish yo‘lini ochdi.Jungkook Ynni qo‘lidan mahkam tutdi. -Yur! Ular stol, stullar va yiqilgan bezaklar orasidan egilgancha orqa eshik tomon harakatlana

boshlashdi. Ammo Samurai buni darrov sezdi.

Uning ko‘zlari keskin o‘zgardi. I to‘xtab, boshini yon tomonga egdi. So‘ng qurolini ko‘tardi. -Qayerga ukajon meni sog’inmadingmi? dedi u sokin lekin sovuq tabassum bilan. Bang! O‘q Jungkook bilan Ynning yonidan o‘tdi shunchalik yaqin ediki Ynning soch tolalari titrab ketdi. Jungkook shu ondayoq yerga egildi va bosini qo‘llari bilan berkitdi.— Eg-il!

qichqirdi u. Taehyung bir zum to‘xtadi. U jilmayib, yonida turgan qora niqobli odamlarga mayda imo qildi qo‘lning eng kichik harakati, ammo butun zalning hukmini belgilardi. Shundan so‘ng fojia boshlandi. Niqobli odamlar qurollarni ko‘tarib, erkaklarni nishonga oldi.Otishma boshlandi qichqiriqlar, yiqilishlar, stollarning vayron bo‘lishi, shisha parchalarining chil-chil ovozi. Ayollar esa vahimada.Niqobli odamlar ularni qo‘llaridan tortib, sudrab, birin-ketin tashqariga olib chiqa boshlashdi

mashinalar tomonga. Zal vayron bo‘lib borardi. Chiroqlar miltillaydi, tutun havoda suzardi, odamlarning qichqiriqlari esa uzoqdan kelayotgan shamolday titrar edi. Jungkook stol ortida nafasini rostlab, qurolini ko‘z darajasiga ko‘tardi. Ko‘zlarida g‘azab ham, qo‘rquv ham, ko‘p yillik chandiqlar ham hammasi birlashgan edi.Taehyung esa unga qadam baqadam yaqinlashar, har bir qadami yerga urilgan bolg‘adek og‘ir yangrardi. Jungkook tishlarini g‘ijirlatdi va òq uzdi. O‘q Taehyung tomonga uchdi. Ammo Taehyung o‘qdan bir chetga chap berdi. O‘q devorni teshib ketdi. Taehyung asta boshini qiyshaytirib, lablarini yaladi.Bu tabassum emas edi bu haqiqiy yirtqichning reaksiyasi. Ko‘zlarida olov chaqnadi. — Hali ham o‘sha o‘yinlarni o‘ynayapsanmi, ukajon? dedi u ovozidagi istehzo bilan. Jungkook fursatdan foydalanib, Ynni qo‘liga tortdi. Ikki sevgilining oyoqlari shoshqaloqlik bilan orqa eshik tomon chopdi. Ammo Ynning oq libosi yerga ilinib, oyoqlarini chalkashtirdi yupqa mato qadalib qoldi u balansni yo‘qotdi. -Jungkook…

Yn qattiq yiqildi. Nafasi kesildi, kafti sovuq polga

tegdi. Jungkook chiqib ketayotganida uni ko‘rmadi.

Yn boshini ko‘targanda. Oldida qora oyoq kiyim

to‘xtadi. Uning yuragi urishni unutgandek bo‘ldi.

U sekin boshini ko‘tardi. Tutun orasidan Taehyungning sovuq jilmayishi qorong‘ulikni yordi.

Ynning tanasi muzlab qoldi. U na qochishi, na qichqirishi mumkin edi. Faqat jim, ko‘zlari bilan

kurashardi. Taehyung asta engashdi. Uning qo‘li sirg‘alib kelib, Ynning uzun sariq sochlariga tegdi. Va bir zumda sochidan qattiq changalladi. Yn yuzidagi og‘riqni yutdi, hech qanday ojizlik ko‘rsatmaslik uchun labini tishladi. Taehyung past ovozda, masxara bilan pichirladi -Kuyov seni tashlab qochib kettimi, bechoraginam… Uning kulgusi o’qdek yurakni teshardi Yn qo‘lini ko‘tardi, sochlarini Taehyung qo‘lidan tortib olishga urindi. Uning nigohida na qo‘rquv na iltijo faqat nafrat bor edi. -Q—oyib yubor, hayvon! deb tish orasidan g‘azab bilan gapirdi Yn Taehyungning barmog‘idagi changal yanada qattiqlashdi. Tomirlari g’azab bilan oqayotgan qondan bo’rtib chiqdi. Ynni iyagidan qattiq ushlab yuzini oziga qaratdi -jirkanch og’zingni yum la’nati aks xolda tilingni sugu’rib itlarimga yem qilaman Achchiq tam tomog’iga tiqilgan Yn yana nimadir deyishga urunarkan Taehyung oldinroq harakat qilib ularga yaqinlashib kelayotgan qo’lida qurol kotargan Hoseokga qarab qizni sochidan tortgancha itarib yuboradi -qolganlar bilan qóshib makonga et. Taehyung shunday deya Jungkook chiqib ketgan

eshikdan bir necha odami bilan chiqib ketadi. Uzun

zinalar boylab tushib tashqariga chiqqanda esa

hechkim yoqligini ko’radi. G’azab bilan tishlarini siqib qo’llarini mushtlaydi. Yonidagi odamlari esa xuddi aybdordek boshini egib jimgina uning buyrug’ini kutishadi. -keyingi rejaga o’tamiz

Taehyung shunday deya qurolni kamariga tiqib

deya ortiga qaytdi. Taehyung shunday deya qurolni kamariga tiqib deya ortiga qarab ketti Orzular bilan birga vayron bolgan toyxonadan chiqqan Taehyung darvoza oldida turgan qator mashinalar tomon yuradi.

Haydovchilardan biri unga qora BMW avtomabili eshigini ochadi. Taehyung chontagidan sigarani chiqarib lablariga orasiga qisib vayrona tomon yana bir qarab so’ng mashinaga minadi qolgan mashinalar ham uning ortidan birin ketin yolga tushadi. Yn qoli kishanlangan holda qora Gelikda ketardi uning sochlari to’zib ketgan tizzalari esa Taehyung uni yerga sudraganda shilinib qonab ketgan edi. Yn qollari kishanlangan bolsada tipirchilab Gelikning qora oynalarini urardi

Rulda Hoseok yuzida bir tomchi hissiz yo’ldan nigohini uzmay ketardi -Jungkook! ovozi boricha baqirardi u go’yo Jungkook uni ortidan kelib bu hayvonlar qo’lidan qutqarib oladigandek Qator-qator qora mashinalar uzun yo‘ldan ko‘tarilgan chang orasida sekinlik bilan ulkan, saroyga o‘xshash uy oldiga kelib to‘xtadi.Hamma tomoni baland devorlar bilan o‘ralgan, derazalari qorong‘i, ichkaridan hech qanday tovush chiqmaydigan bu uy tashqaridan ham vahima solardi. Oldinda kelgan qora Gelik to‘xtadi. Eshik ochilishi bilan Hoseok yo‘lga tushdi. Orqa eshikni ochib, tinmay tipirchilab, baqirib, urishib o‘tirgan Ynni bilagidan qattiq tortib oldi. Yn uning qo‘lidan qochishga urinardi, ammo Hoseok bir zarb bilan uni yo‘lak tomon yetaklay boshladi. Orqadan qolgan mashinalarning eshiklari ochildi. Niqobli odamlar mehmon qizlarni tortib-tortib mashinalardan chiqarishar, kimdir yerga yiqilib tushar, kimdir qichqirar, kimdir iltijo qilardi. “Iltimos, qo‘yib yuboring! Nega? Nima qilyapsizlar? iltimos!!!” Ammo hech kim ularni tinglamasdi.Hech bir nigoh, hech bir yuzda rahm yo‘q edi. Yn bir lahza harakatdan to‘xtadi.

U atrofga qaradi ko‘rdi. Bu… Bu qizlar uning to‘yiga kelgan mehmonlari edi. Yonma-yon, tartibsiz, qo‘rqinchdan titrab turgan qizlar. Hammasining kiyimi yirtilgan, ba’zisining yuzi tirnalgan, lablari titrar, ko‘zlari yoshga to‘la Nega ular bu yerda?

Samuraiga ular nima uchun kerak? Hoseok uni yana tortdi, ammo Yn qotib qolgan edi. Ko‘zlari bir qizga tushdi. Jennie. U titrar, lablari yorilgan, ko‘zlari qizarib ketgan, o‘pkasi yetmay yig‘lardi. Qo‘llari orqasidan qayrilgan, yonida uni sudrab ketayotgan niqobli odam. Jennie Ynni ko‘rib qichqirishga urindi, ammo ovozi chiqmadi faqat bo‘g‘iq xirillash. U apil-tapil boshi bilan “qoch” degandek ishora qilmoqchi bo‘ldi, ammo kuchi yetmadi. Ynning yuragi bo‘g‘ziga tiqildi. U lablarini tishlab, ko‘zlarini olaytirib, bir lahza to‘xtadi. Ammo Hoseok uni yana qo‘li bilan siltab, keskin tortdi. Yn o‘zini majburan oldinga sudrab borayotganini his qilar, ammo ko‘zlari hanuz Jennieda qotib qolgandi. Saroy eshiklari ochildi. Qizlarning yig‘isi devorlarga urilib aks sado berdi va hammasi ichkariga kirib yo‘qoldi. Taehyung qora paltosi cho’ntagiga qo’lini tiqib mashinadan tushadi. Qolgan tish tirnog’igacha

qurollangan uning soddiq itdek odamlari ham birin

ketin yangi buyruqni bajarishga shay ruhda mashinalardan chiqishadi. Ular qamoqxona boshlig’i Daigoning uyiga yillar davomida nafrat va

qasos bilan paydo bo’lgan ochlikni qondirish uchun

kelishgan edi. -Bugun bizda qonli ziyofat dedi u sokin sukunatda jaranglaydigan tovush bilan.

Uning odamlari eshikni tepib ochdi. Ichlaridagi

barcha narsa bir deganda parcha parcha bolib

chang zarrasiga aylana boshladi. Uydagi xizmatkor

xizmatchilarning qichqirig’i otilib chiqishga

ulgurmasdan oppoq koylagi qip qizil qon bilan bulg’anib yerga yiqildi. Bosqinchilar nafis qimmat buyumlaru devorlarda turgan eng qimmat san’at asarlarini osilib turgan oltindek qandillarni o’qlar bilan chilparchin qilishardi. Hashamatga to’lgan bu uy bir zumda zulmatga va odamlarning alamli qichqirig’iga to’ldi. Taehyung oyoqlari ostida chil parchin bolayotgan qimmatbaho buyumlarga qarar ekan sigarasini tortib uzun ayalana tutunni puflaydi odamlari ko’zlari qo’rquv va vahimadan qotib qolgan Daigoni qollarini qayirgancha olib kelishadi va Taehyungning oyoqlari ostiga uloqtirishadi.

Erkak qo’rquv va qaltirash bilan uning oyoqlariga

yopishadi. Bo’g’iq qaltirashdan zo’rg’a aylanayotgan tili bilan iltijo qilib gapirishga urinadi

-yolvoraman… iltimos meni o’ldirma! Taehyung keskin oyoqlarini uning changalidan tortib

olib yuzida jirkanish bilan unga qaraydi -bu iflos qo’llaringni menga tekkizishga qanday jur’at etting?! -men…men shunchaki buyruqni bajarganman Taehyung!!! Yolvoraman rahm qil

Qo’rquvdan es hushini ayirgan erkak tiz cho’kkib

yig’lashda davom etadi. Ammo bu Taehyungda

shavqat emas aksincha zavq hissini olib keladi.

Taehyung telbalardek kulib Hoseokga imo qilib

qo’lini cho’zadi. Hoseok kamaridan o’tkir pichoqni

chiqarib unga uzatadi. Taehyung qollarida

yaltirayotgan pichoqga tikilib jilmayadida Daigoni

oldiga yaqinlashadi. Daigo qoruvdan yerda

sirpangancha orqaga qochishga harakat qilib

emaklaydi ammo orqadagi ikta toshdek odam uni

yelkalaridan ushlab qimirlagani qoyishmaydi. -seni ortiqcha a’zolaringdan xalos qilmoqchiman

masalan tiling… Taehyung masxaratomus gapirib kuladi -Taehyung… shavfqat qil meni oilam bor ular

mensiz… -shularmi? Daigoni gapini Hoseok shartta bo’ladi. Daigo Taehyungning odamlari oyoqlari ostida yotgan xotini va ikki o’g’lini ko’rib daxshatdan qotib qoladi. -albatta… labini yalab davom etadi Taehyung -albatta senga rahm qilaman. Oilang sensiz azob chekmaydi ular ham sen bilan birga jon beradi. Qo’lida qurol kotargan odam Taening ishorasi bilan yerda yotgan ayol va ikki bolani peshonasidan otib tashlaydi. Ayolning qichqirig’i uyning devorlarida aks sado berib so’nadi. Ularning qoni Daigoning yuziga sacharaydi.

-IBLIS HAYVON!!!! Daigo alam bilan faryod solarkan Taehyung uning sochidan changallab boshini kotaradi va bir soniya ham o’ylab o’tirmay bo’ynini pichoq bilan kesib tashlaydi.

-OTA!!! Birdan qayerdandir qichqiriq eshtiladi. Taehyung va

Hoseok ikkinchi qavatda ota onasining o’limidan

shok holatga tushib o’lib qoladigan darajada

qo’rquvdan qotib qolgan holatda turgan qizni

ko’rishadi. Qiz hali o’n olti yoshlar atrofidaligi bilinib

turardi. U unga qarab turgan bir to’da kalla

kesarlarga qararkan oyo’g’i qaltiragancha orqasiga

qarab yuguradi.

Taehyung qolidagi pichoqni yerga tashlab Hoseokga ayyorona jilmayib sekin qizning ortidan zinalardan kotarila boshlaydi. Qiz uzun yo’lak oxiridagi xonaga qorong’i xonaga kirib bir

burchakka tizzalarini quchoqlagancha aqldan

ozgandek qaltirab yig’lay boshlaydi. Ko’z oldida oilasining ayanchli o’limi aylanadi. Birdan eshik ochilib Taehyung xonaga qadam bosadi. Uning yuzidagi chandiqlar labidagi yoriqlar qoshidagi shilingan iz bularning barchasi qorong’i xonaga tushib turgan oy nurida uni haqiqiy yirtqichdek korsatib qizni vahimaga soladi. Qiz qochishga urunib orqasiga siljiydi ammo devor bunga yo’l qo’ymaydi. Taehyung jilmayib nozik tanasi qaltirab turgan bu kichkina qizga xuddi o’ljasiga qarab kelayotgan yo’lbars kabi yaqinlashadi. Qiz joyidan jilolmay shunchaki qotib qoladi. Uning faqatgina yurak urishi va nafas olishi eshtilardi. Taehyung sekin uning bo’yniga yaqinlashib bo’ynidan hidlaydi.

Qiz hatto nafas ololmay qotib qolib pichirlaydi

-Iltimos meni meni qo’yib yuboring… Taehyungni kozlarida bo’shliq va zulmatdan boshqa hech narsa korinmasdi. Uning ko’zlari hayot yo’q edi. Faqatgina o’limdan xabar beruvchi qora tuman Taehyung uning iyagidan ushlab boshini o’ziga qaratadi va nafasi deyarli qizning yuziga uriladi.

-qo’rqma men sendek kichik farishtalarni xafa qilmayman… U shunday deya qizni sochidan silaydi. Ammo undan muloyim aksincha agressiv energiya taralardi.

Hoseok va boshqa odamlar pastda turisharkan

Taehyung tepadan yosh qizning biladigan tortib

chiqib pastga tushdi va uni Haseokga uloqtirdi. Qiz

Hoesokning katta keng tanasiga urildi. Hoseok

xuddi u hozir qayergadir qochib ketadigandek

darhol belidan bir qoli bilan chanallab ushladi. Ular

xuddi o’ljani bir biriga otib ko’ngil xushlik qilayotgan

yirtqichlarga o’xshashar edi. -bu senga Hoseok sen yoqtirgandek bokira. Bugungi ishlarimiz uchun kichik sovg’a Taehyung shunday deya paltosini to’g’rilab uydan chiqib ketadi ortidan esa qolganlar.

Bugun Tokio osmonini faqat alam qon qora tutun va

yig’i ovozi bilan qoplangandi. Bu tun Tokioning eng

shavfqatsiz yirtiqchi qaytgan edi va uni qarshi

olgandek hatto osmon ham qora bulutlar bilan bilan

to’la edi. Taehyung tun yarmida shaharni qon qaqshatib uyiga kirib kelar ekan qora paltosini yelkasidan tushirishidan oldin xizmatchilar uni olib ehtiyotkorlik bilan ilib qo’yishadi. Taehyung uchinchi qavatga chiqarkan oq xalat kiygan xizmatchi qizga buyuradi. -Hoseokga ayt Yuri meni mehmonimni olib kelsin.

Taehyung qorong’u har xil fonuslar bilan yoritilgan pardalari qora xonaga kirib qimmatbaho sigarasini tutatadi shu ondayoq xonani tutun egallaydi. Bir ikki soniyadan so’ng Hoseok qichqirib qarshilik qilayotgan Ynni bilagidan mahkam ushlab xonaga olib kirib Taehyungning oyoqlari ostiga otadi. Yn uning oldida tiz cho'kkan eng xo'rlangan holatda turardi. Uning dimog’ini tutun va tamaki hidi egallaydi. Yn darhol órnidan turib, nafas olishga

urinar va mushukdek òtkir tirnoqlari bilan qòlini

musht qilib nafrat bilan qarshisidagi dushmanga

qalin uzun kipriklari ostidan dadil va zarracha

qòrquvsiz qarardi Xuddi Taehyungni kerak bòlsa

qurolsiz òldirib qòyadigandek. -Jirkanch hayvon!

Yn birdan baqiradi u asabdan tizzalaridagi titroqni

yashira olmaydi. Taehyung buni his qiladi va bu

nimjon suyaklarni sindirib tashlashni telbalarcha

xohlaydi -gapirishga hali senga hechkim ruhsat bermadi U Ynni iyagidan qópollik bilan ushlab katta va qattiq barmoqlari bilan olchadek qizil lablariga teginadi. Barmoqlarini shunchalik qattiq bosadiki xuddi bu qizil lablardan qon otilib chiqishini kutayotgandek -tarbiyasiz lanati Tokioning jirkanch foxishasi! Yn qotib qoladi so'zlari uning tomog'iga tiqilib nafasi bug’iladi. Taehyung uni itarib yuborib qo’lini burchakda turgan marmar rakvinada yuvishni

boshlaydi. Xuddi bu dunyodagi eng jirkanch

narsaga tegib endi uni yuvib tashlashga

urinayotgandek Ynni bunday xo’rlikdan yuragi nafrat bilan urishni boshlaydi. U umrida hech qachon bunchalik oyoq osti qilinganini his qilmagan edi. -men seni o’ldiraman!!! Yn qo’lini ko’tarib unga shapaloq tushirishga harakat qiladi ammo Taehyung darhol uning qo’lidan ushlab bukadi. Yn og‘riqdan ovoz chiqaradi labini tishlab o‘ziga “zaiflikni ko‘rsatma” deya buyurdi. Ayniqsa uning oldida emas. Tutunga aralash nafas Ynning sochlariga issiq shamolday tegdi. Taehyung uni keskin orqasiga o‘girib, qo‘llarini mahkam ushlab, qimirlamaslikka majburladi. Oq nafis kòylak Ynning yelkasidan sirg‘alib tushib oppoq terisi ko‘rinadi.

-Menga jirkanch qo‘llaringni tekkizishni óylama aka holda ularni kesib tashlayman deya Taehyung uning qulog‘iga sovuq shivirladi. Taehyung uni tirsagidan qattiq ushlab oldinga itarib, o‘zi bilan birga sudrab ketdi. Ular tor yo‘laklardan o‘tishardi devorlari zumrad rangda ustidan ko‘mirday qora chiziqlar o‘tgan zinapoyalar oy shaklidagi arkalar va qora yog‘ochdan yasalgan baland eshiklar bo‘ylab.

Yn bor ovozi bilan qichqirardi, Taehyungning kuchli

yelkasiga musht tushirardi, tirnoqlari bilan uning

bo‘ynini tirnar, hech qachon og‘zidan chiqarmagan

haqoratlar bilan qarg‘ardi. Uchinchi qavat oxiridagi o‘yilgan eshikni ochib, boshqa xonalardan ajratilgan bu joyga kirganlarida, Taehyung uni hech qanday e’tiborsiz qora pol ustiga otib yubordi. Yn yonboshi bilan qattiq urilib tushdi, bu esa g‘azabini yanada alangalatdi uni ikkinchi marta yerga qilib uloqtirishayotgani uchun. U yerda yotgancha Taehyungga qarab haqoratlar yog‘dirdi, hatto uning organlari yulib tashlangan holda qassob stolida jon berishini tiladi va o‘rnidan turdi. -Men senga mendan foydalanishga qo‘ymayman, hayvon.

-men seni bu tilingni kesib bo’yningni sindirib

haligacha o’ldirmayotganimni sababi la’nati otang

va ering!!! Ular mendan olgan barcha narsani

qaytarmagunicha sen har kun o’lishingni iltijo qilib azoblanishingni taminlayman. Ynning yuragiga tig’dek botayotgan gaplaridan lazzat olib Taehyung gapirarkan Ota onasi haqida eshtgan Ynni tanasini qo’rquvga tóladi. Ko’zlaridan yosh oqishga shay turadi ammo Yn òzini tilini tishlagancha tiyishga harakat qiladi. U bu iblis oldida o’zini kuchsiz va bechora ko’rsatishni xohlamaydi va bóynini tik kòtargancha nigohini uzmay unga qaraydi. -Sen menga azob bera olmaysan! Oilamga yetib borishingdan oldin seni o’zim òldiraman. -men oilangni va jonajon eringni òz qòllarim bilan kòz oldingda òldiraman vada beraman! tishlarini g’ijirlatib ichida cheksiz nafrat bilan baqiradi u. -menga xudodan sabr tila Eringni topishdan oldin seni òldirib qóymasligim uchun.

1-qism tugadi