𝐒𝐀𝐌𝐔𝐑𝐀𝐈
Eshik qars etib yopilib xona bo'ylab aks sado beradi. Eshik ortidan uzoqlashib ketayotgan qadam tovushlari asta pasayib borardi. Yn devorga suyangancha yerga yiqiladi. Nozik go'yo oqqush kabi nafis boynida Taehyungning qo'pol teginishlaridan qolgan izlar ko'karadi. Tanasidagi oq libos orzulari baxti toptalgan qiz yuragidek bazi joylari yirtilib etaglari kir va changa botgan edi. Ko’ylakni bu ahvolda korgan odam bir paytlar uni kelin koylak bo'lganiga ishonolmasligi aniq edi.
-hammang birga shu qora kovagingda chirib o'lib ket!!!
Yn qora deraza panjaralaridan changallagancha bor ovozida baqiradi.
-meni ushlab turolmaysan. Haqqing yo’q ! Sen kimsan? O'zingni kim deb o'ylayapsan la'nati pastkash. Otam seni yo'q qiladi. Yana panjara ortiga tiqadi quturgan hayvon.
Yn og'ziga kelgan har xil gaplar bilan tinmay uni haqoratlar qarg’ardi sal bolsa ham bu oziga ishongan oliftani yerga urish uchun. Taehyungning oziga bo'lgan ishonchi Ynni g'azablantirardi.
-seni ham bu makoningni ham yondirib kul qilaman. Vada beraman bu yerdan seni yuragingga pichoq sanchmasdan chiqmayman.
Ammo qora devorlarning aks sadosidan boshqa hech kim unga javob qaytarmasdi. Atrof qorong'i va xona qora zulmat kabi uni o'z domiga tortardi. Eshik devorlarni urishdan qo'llari qizarib ketgan Yn oxiri madori qolmay qora choyshab yoyilgan yotoqga yotib tizzalarini quchoqlagancha ko'z yoshlariga ko'milib yig'laydi. Quloqlarida hanuzgacha o'q ovozlari eshtilar ongini zaharlab qora bulutlar girdobiga solar edi. Tomog'ida esa baqiriqdan qotib qolgan achchiq tam bor edi. Ichidagi vaxshiyona sog'inch asl manbaiga qaytishni talab qilar edi. U faqat oilasi otasi va Jungkook haqida qayg'urar edi.
qurigan tomog'idan zorg'a pichirlagan sado chiqdi. Ich ichidan yig'lab yolvorishni uni oilasiga qaytarishni so'rab iltijo qilishni xohlardi. Koz yoshlari va alamli nolalari birdan eshik ochilganida jim bolib qoladi.
-Jim bo'l endi!
istehzo bilan yangaragan ovoz xonadagi sukunatni buzadi va Yn keskin yuzini buradi.
U kirib kelayotgan xizmatchi qizga nafrat bilan bo'yoqlari bulg'anib ketgan nam kipriklari ostidan qaraydi. Xizmatchi qolida bir patnis bilan kirgan va undan bug' taralardi.
-xo'jayin senga ovqat berishni buyurdi
shunday deya Yuri patnisni yotoq oldidagi qora tumbaga qoyib yuzida mag'rur ifoda bilan go'yo azoblanayotgan qizning bu ahvolidan zavq olayotgandek unga qaraydi.Yn o'rnidan turib patnisdagi taomga jirkanish bilan qaraydi va patnisni qop-qora marmarga irg‘itib yuboradi. U taom polga oqib ketishini, issiq taom bo‘laklari esa yaltiroq tozalangan polni jirkanch dog‘lar bilan bulg‘ayotganini zavq aralash nafrat bilan kuzatadi. Hozir aynan shu xonani oziga bino qoygan qiz qo‘llari bilan emas tili bilan tozalasa Yn faqatgina zavqlanardi
- o'sha xo‘jayining bilan birga jahannamda yon.
zaharli ohangda shivirlab aytadi Yn va Yuriga mensimasdan qarab yuzini buradi. Yuri bir lahzaga qotib qoladi, go‘yo Ynning oʻtkir tili uni tilimlab yuborgandek. Bu keskin nigoh tomirlariga kirib zahar tarqatadigan pichoqday edi.
-Sen qanday qilib uni ismini iflos tilingga olishga jur’at etasan?
Yurining tanasini birgina hurmatsiz ohangning o‘ziyoq nafrat va g'azab bilan qoplagandek bo‘ladi ayniqsa bu Taehyungga nisbatan bo‘lsa. Yn qoshini baland ko‘tarib, unga istehzoli ifoda bilan tikiladi. Birdan yana bir yosh xizmatchi qiz idishlar ovozidan xonaga kirib keladi va jimgina ikkalasining oyog‘i ostida cho‘kib, sinib ketgan chinni va sochilib ketgan taom qoldiqlarini yigʻishni boshlagan bir paytda Yuri uni qo‘l ishorasi bilan to‘xtatadi.
- Qoldir. Xo‘jayin ko‘rsin! u bizning uyga qanday rasvo bir axlatni boshlab kelganini
deya labining chetida jirkanch kulgi namoyon bo‘ladi.
- Men barchangizni shu xarobangiz bilan birga yondirib kul qilaman
deb so‘kib yuboradi Yn va Yurining silliq qilib orqaga taralgan sochlaridan ushlamoqchi bo‘ladi. Ammo ikkinchi qizning qichqirig‘i sabab xona ichiga ikki qo‘riqchi birdan kirib, ularni ajratadi.
baqiradi Yn bo‘g‘iz pardalarini yirtib yuboradigan ovoz bilan o‘zidan bir necha yosh kattaroq yigitdan qo‘lini yulib olarkan. U Yurining ko‘zlarini o‘yib tashlashni xohlaydi.
jiddiy ovoz hammani bir zum tinchlantirib qo‘yadi. Yn o‘lja izlayotgan yirtqichdek Yuriga qadalgan nigohini burib eshikdan kirgan odamga tikadi. Qorong‘u rangdagi sochlari orqaga yig‘ilgan. Muzdek kulrang ko‘zlari po‘latday va ular faqat bitta joyga qadalgan.
jirkanish bilan qiyshayadi Yuri, iyagini Yn tomonga qaratib. Lekin Seokjin u tarafga qaramaydi Yuriga qadalgan jiddiy nigohi Yurining ishonchini yer bilan bitta qiladi.
- Uni yertoʻlaga tashlash kerak edi, u yerda oʻziga oʻxshagan sassiq kalamushlar bilan birga bolardi
deb eshik buragichini tortadi Yuri, kiyimini to‘g‘rilab chiqib ketishga burilganda.
-Lekin itdan tarqagan xojayining seni menga xizmat qilishing qoldirib ketti
deb masxara qiladi Yn. Seokjin va Yuri xonadan chiqib ketishgach yosh xizmatchi qiz jimgina yana o'z ishini bajarishda davom etadi. Eshik oldidagi ikki qoriqchi toshdek o'rnidan jilmay turishardi. "Hozir yoki hech qachon" Yn shunday deya yuragi beshavfqat ritmda urgancha yerda yotgan siniq likopchaning o'tkir bo'lagidan olib eshik tomon otilib chiqadi. Nima bolayotganini anglashga ulgurolmay qolgan qo'riqchilarni yuzlariga siniq shishalar bilan urib ortiga qaramay qafasdan chiqqan kiyik kabi qochadi va bu butun saroyni oyoqqa turg‘izadi.
Tungi yo’l bo‘ylab uchayotgan qora mashina tuman ichidan sirg‘alib chiqayotganday ko‘rinardi. Mashinadan faqat motorning og‘ir xirillashi va Jungkookning notekis nafaslari eshitilardi. U Yaponiya bo‘ylab bir necha soat yo‘l bosib, nihoyat Yokohama shahrining hashamatli villalar hududiga yetib keldi. Ko‘chalar jim, dengiz shamoli sovuq, osmon esa bulutli edi. Mashina to‘xtagach, orqa eshik ochildi. Jungkook hech kimga qaramay, yuzidagi qon dog‘lari, yirtilgan kostyum, changga botgan qo‘llari bilan mashinadan chiqdi. Yonida Lisa ruldan tushdi yuzida hech bir ifoda yoq jiddiy qadamlar bilan Jungkookning ortidan ergashdi
Ular ulkan oq hashamatli villaga shoshilcha qadamlar bilan kirib borishdi. Ichkariga kirishlari bilanoq xizmatchilar birdan to‘xtab qolishdi. Ularning yuzlari titrab, nigohlari Jungkookning ahvoliga qadalgandi. Kostyumning yirtilgan yelkalari. Bo‘ynidagi mayin ko‘kimtir izlar. Qo‘llaridagi chang va qon. Qonayotgan kaft. Ularning yuzida qo‘rquv, hayrat va shubha birlashib ketdi. U faqat oldinga yurar, oyoqlari polni zarb bilan urardi har bir qadam jahldan to‘lgan edi.
dedi u nafasini zo‘rg‘a ushlab. Hech kim javob bera olmasdan bir-biriga qaradi. Jungkook davom etmadi shunchaki zinalarni uch qadamda bosib chiqdi va ikkinchi qavatdagi katta qop-qora eshikni ochib yubordi. Namjoonning xonasi. Eshik keng ochilib, ichkariga sovuq shamol kirdi. Xonaning ichida keskinlik bor edi. Kitoblar, xaritalar, katta yog‘och stol hammasi tartib bilan joylashtirilgan. Namjoon, oq sochlarida kumush yaltirashi bilan, kresloda o‘tirardi. U tun yarimida o‘qiyotgan kitobini stolga qo‘ydi va sekin boshini ko‘tardi. Jungkookning ahvolini ko‘rib, uning yuzidagi osoyishtalik bir zumda toshday muzlab qoldi.
Ovozi sokin, ammo ichidan xavotir o‘tib ketgandek.
Jungkook nafas olishni unutgandek turib qoldi. Uning qo‘llari yonida musht bo‘lib tugildi. Ko‘zlarida vahima, g‘azab va umidsizlik sharillab o‘tdi. U asta, ammo past ovozda javob berdi
yutinib, ko‘zlari qorong‘ilashdi.
Xona birdan muzlab ketdi. Namjoon kreslodan asta turdi nigohi quyuqlashdi.
dedi u asta-sekin yaqinlashar ekan. Jungkookning lablari titradi. U zo‘rg‘a gapira oldi
-Uning qo'lida. Men… uni himoya qila olmadim…
Xona jim edi. Faqat Jungkookning qaltirab chiqqan nafaslari eshitilardi. Namjoon asta bir-ikki qadam tashladi… va birdan yonib ketdi. Uning ko‘zlari bir lahzada g‘azabga to‘ldi. Yillar mobaynida sovuqqonlik bilan qaror qabul qiladigan inson bir zumda portladi. Namjoon bir qo‘li bilan stolga suyandi. So‘ng keskin holatini yo‘qotib, Jungkook tomon bor kuchi bilan qarab qichqirdi
-MEN SENGA QIZIMNI ISHONIB TOPSHIRGANDIM!
Jungkook boshini ko‘tarmadi. Ammo bu javob emas bu iqror edi. Namjoon bir zumda oldiga bordi. Jungkookni yoqasidan shunday tepaga tortdiki yigit bir lahza oyoqlarini yo‘qotib yiqilib ketay dedi.
-QANDAY QILIB UNI ULARGA TASHLAB KELDING?!
Ovozida alam bor edi. Qo‘rquv ham bor edi. Ota yuragi qichqirdi.
-QAYSI YUZ BILAN MENING OLDIMGA KELYAPSAN?!
Aqlini yo‘qotgan odam kabi Jungkookni silkitdi.
-SEN UNING ERISAN! HIMOYACHISISAN!
Jungkook labini qattiq tishladi, ammo ayta olgani bitta jumla
Bu so‘z Namjoonning ichini muzdek qildi. U og‘ir nafas oldi, qo‘llari hamon titrayotgandi. G‘azab uning tanasida portlashni davom ettirdi.
dedi u nafasini rostlab, ammo tovushi hali ham qaltirardi.
-Men uch soat oldin Amerikadan qaytdim. Qizimning to‘yiga ulgura olmadim…
- Va endi eshtyapmanki qizim o‘g‘irlangan?..
Shu payt koridor bo‘ylab yugurib kelayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Eshik shartta ochildi. Wonyoung kirib keladi
- Dada!? Jungkook ?! Nima bo‘lyapti?
Wonyoung xonaga otilib kirgancha, birinchi ko‘rgan narsa otasining Jungkookni yoqasidan ushlab turgani. Yigitning kiyimi yirtilgan, yuzi chang, bo‘yni ko‘kimtir izlarga to‘la… Namjoon esa baqirishdan rangi qizarib ketgan. Wonyoung bir lahzada oqardi.
U yugurib Namjoon bilan Jungkook orasiga o‘zini tashladi. Kichkina, nozik qomatiga qaramay ikkala erkakni ham ikki qo‘li bilan orqaga surmoqchi bo‘ldi.
Uning ovozi titradi. Ko‘zlari kattalashdi, lablari qaltiradi.
- Nega janjallashyapsizlar?! Yn qayerda?! U nimaga kelmadi? Nima bo‘ldi unga?!
Namjoon qotib qoldi. Uning ko‘zlarida bir zumda yana boshqatdan og‘riq ko‘tarildi. Jungkook esa Wonyoungning savollariga javob berolmadi. U nafasini rostlab, ko‘zlarini yumdi…