November 10, 2025

Moonlight

Katta oynadan butun shahar ko‘rinardi. Oyna oldiga borib turdi. Shu payt xona eshigi ochilib odam kirib keldi. Hari ortiga g‘azab bilan burilib u kim ekanini ko‘rdiyu g‘azabi tarqab ketdi aniqrog‘i jahl qilmoqchi edi ammo bunga emas.

O‘rnida boshqa biror kishi bo‘lganida tavbasiga tayantirardi. Ruxsat so‘ramay kirgani uchun va shuningdek boshqalar ham bunga jurʼat qilolmaydi.

Suho—Harining eng yaqin va ishonchli odami. Faqat va faqat unga ishonadi boshqa hech kim...

Harini yagona do‘sti desa ham bo‘ladi. Harini qachon jahli chiqishi, qachon mehribon bo‘lishi(ancha yillardan beri bu holat yuz bermagan bo‘lsa ham), unga nima yoqishi va shunga o‘xshash narsalarni ipidan ignasigacha juda yaxshi biladigan yagona inson edi u.

Bunga asosiy sabab esa ular yoshlikdan tanish edilar. Ikkovining otalari yaqin do‘st bo‘lishgan.Shu sababli ham ular tanish bo‘lishgan. Keyinchalik ular ham huddi otalari kabi yaqin do‘stlar bo‘lishdi. Bir birini ulardanda yaxshi tushinadigan odam yo‘q edi.

Suho Hariga shunchalar yaxshi do‘st bo‘ldiki boshiga shuncha musibatlar tushganda ham uni yolg‘izlatib qo‘ymadi. Doimo yonida bo‘ldi. Uni har qanday qarorini maqullab, unga suyanchig‘ bo‘ldi.
Shu sababli ham Harini undan boshqa yaqini yo‘q. Suho Harini yagona oila aʼzosi...

‌🇹‌🇮‌🇲‌🇪 ‌🇸‌🇰‌🇮‌🇵

Hari ortiga o‘girilib

Hari: Salom Suho. Yaxshimisan?

Suho: Yaxshi. Anchadan beri ofisga kelmayotganding nimadir bo‘ldimi?
Havotir olib so‘radi.

Hari:Meni Jea-min chaqirgandi. Qandaydir muammo bor emish. Seni habaring yo‘qmi.

Suho: yo‘q. Menga aytmadi.

Hari: Hm. Qani o‘zidan so‘raychi.

Hari qo‘ng‘iroq qila boshladi. Biroz chaqiruvdan keyin narigi tomondan ovoz keldi

📞Jea-min: Eshitaman honim.

Hari: Jea-min qayerdasan?
meni bu yerga chaqirib o‘zing qayerlarda yuribsan?

Hari biroz asabiylashayotgandi. Bu gaplaridan ham bilinayotgandi.

📞Jea-min: uzur honim. Bu yerda biroz muammo bor edi shunga chalg‘ib qolibman.

Hari: Yaxshi. Men xonamdaman. Tez yetib kel.

📞Jea-min: xo‘p bo‘ladi. Hozir boraman.

Hari telefonda suxbatlashar ekan Suho unga tikilib turganini sezgani ham yo‘q. Suho unga tikilib nimalarnidir o‘ylayotgan edi. Hayoli bu yerda emasligi shunday bilinib turibdi. Ko‘zlari qotib qolganday bir nuqtaga yani Harini yuziga qarab turardi.

Suho 𝒑𝒐𝒗: 𝒔𝒆𝒏𝒊 𝒌𝒐‘𝒓𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏𝒊𝒎𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒂𝒏𝒄𝒉𝒂 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊. 𝑻𝒐‘𝒈‘𝒓𝒊𝒔𝒊, 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒊𝒓𝒎𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 𝒔𝒆𝒏𝒊 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒔𝒐𝒈‘𝒊𝒏𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎. 𝒀𝒐𝒏𝒊𝒏𝒈𝒂 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊 𝒔𝒆𝒏 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒔𝒖𝒉𝒃𝒂𝒕𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊 𝒉𝒐𝒉𝒍𝒂𝒓𝒅𝒊𝒎 𝒂𝒎𝒎𝒐 𝒃𝒖𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒃𝒂𝒉𝒐𝒏𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒐𝒍𝒎𝒂𝒅𝒊𝒎.
𝑨𝒈𝒂𝒓𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒂𝒗𝒗𝒂𝒍𝒈𝒊𝒅𝒂𝒚 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏𝒊𝒅𝒂 𝒎𝒆𝒏𝒈𝒂 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒒𝒂𝒏𝒅𝒂𝒚 𝒃𝒂𝒉𝒐𝒏𝒂 𝒌𝒆𝒓𝒂𝒌 𝒃𝒐‘𝒍𝒎𝒂𝒔 𝒆𝒅𝒊.
𝒍𝒆𝒌𝒊𝒏 𝒆𝒏𝒅𝒊 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒂𝒗𝒗𝒂𝒍𝒈𝒊𝒅𝒂𝒚 𝒆𝒎𝒂𝒔. 𝑺𝒆𝒏𝒊 𝒚𝒂𝒏𝒂 𝒌𝒖𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈𝒏𝒊 𝒌𝒐‘𝒓𝒂 𝒐𝒍𝒂𝒓𝒎𝒊𝒌𝒂𝒏𝒎𝒂𝒏? 𝑩𝒊𝒍𝒎𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏. 𝑨𝒎𝒎𝒐 𝒃𝒊𝒓 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂𝒏𝒊 𝒂𝒏𝒊𝒒 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒎𝒂𝒏 𝒔𝒆𝒏...

Suhoni hayolini Harining ovozi buzib yubordi.

Hari: Hey Suho senga gapiryapman. Meni eshityapsanmi- qo‘lini uyoq buyoqqa siltib- hooy Suuhooo -cho‘zib gapirdi-senga aytyapman hayoling qayerda?

Suho: h. ha. nima deyotganding. Eshitmay qoldim.

Hari biroz jahl qilganday gapirdi
Hari: men senga gapirsamu sen meni eshitmading ham. Nimani yoki kimnidir o‘ylayotganmiding?
Qoshini biroz ko‘tarib.

Suho: ha seni o‘ylayotgandim
Hazil qilib biroz kulib gapirdi aslida bu haqiqat bo‘lsa ham.

Hari: ha rosa ishondim. Axir yoningda o‘tiribmanu. Senda biror muammo bormi? Menga aytmayapsana? To‘g‘risini ayt.

Suho: sendan yashiryapman. O‘zing bilib olsang bo‘lmaydimi?
Kulib gapirdi

Hari: jinni bo‘ldingmi sen aytmasang qayerdan bilaman?

Suho: nima sen hayolni o‘qishni bilmaysanmi?-o‘zini hayratlanganday tutub-axir o‘zing aytgandingu ʼʼmen hayolingni o‘qiy olaman,, degandingu

Hari:e hali ham hazilkashliging qolmagan. Unda ikkimiz ham yosh edik. Vaziyat ham boshqacha edi. Agar o‘shanday demaganimda menga haqiqatni aytmasding. Shunga aldagandim.

Deb yuzida biroz tabassum paydo bo‘ldi.

Suho-Harining o‘ng qo‘li. Ancha yillardan buyon ishlaydi. Biznes olamidan ham, jinoyat olamidan ham habari bor.

*
*
*
Shu payt eshik taqilladi.

Suho: kir-deya qatʼiy buyurdi.
Eshik ochilib Jea-min kirib keldi.

Jea-min: Chaqirgandiz.-deya qo‘lini qovushtirgancha Suho va Harini qarshisida turdi.

Hari: aslida sen meni bu yerga chaqirganding.-bir qoshini ko‘tarib gapirdi
Jea-min ko‘zi bilan Suhoga bir qarab oldi va so‘ng yana Hariga qarab

Jea-min: ha umi? meni kechiring sizni bezovta qilganim ushun. u ishni o‘zim hal qildim.

Hari: nima ish edi. Oddiy masala bo‘lganida meni chaqirmagan bo‘larding.-shubjalanayotganini yashirmay so‘radi

Jea-min: unchalik ham muhim emas edi. Oddiy hujjatlardan biri yo‘qolgan ekan. Biroz sarosimaga tushib qolgandim. Shunga shoshib sizga qo‘ng‘iroq qilgan edim, ammo siz kelgunizcha boshqa bir hujjatlar orasidan topgandim. Ertangi hamkorlar bilan uchrashuv uchun tayyorlanga hujjat edi.
Harini shubhasi biroz kamaygan bo‘lsa ham u bari bir oz bo‘lsa ham shubhalanayotgan edi. Chunki hech ham hujjat sabab uni zudlik bilan chaqirmasligi aniq edi. ʼʼbu yerda bir gap bor. O‘zim aniqlab olaman,, deb o‘ylagancha Jea-minni chiqib ketishiga ruxsat berdi.

*
*
*
Tim qora moshinadan o‘ziga yarashib turgan kastyum shim kiygan, kelishgan yigit tushdi. Yuzidagi jiddiylikni saqlagan holda ko‘p qavatli bino ichiga kirib ketdi. Ichkari kirishi bilan hamma unga tazim qilib o‘tib ketishmoqda, ammo yigit bunga eʼtibor bergani ham yo‘q. O‘ziga kerakli xonaga kiribdi. Xona to‘la odamlar edi, yigit kirishi bilan hamma o‘rnidan turib unga hurmat ko‘rsatishdi. Yigit o‘zi uchun tayyorlangan yani boshliqlar uchun atalgan stulga o‘tirdi va qolgalarga ham o‘tirishi uchun ko‘r qirida bir qarab qo‘ydi.

RM: ho‘sh! Bugungi hisobotlar kimda?

?: Mana janob
Unga uzatdi
Namjoonga hisobotni bergach, ekran oldiga borib bir nimalarni tushuntira boshladi. Hamma uni diqqat bilan eshitardi.

*
*
*
Mana bu qism ham o‘z nihoyasiga yetdi. Yoqimli mutolaa 🥰