
Katta oynadan butun shahar ko‘rinardi. Oyna oldiga borib turdi. Shu payt xona eshigi ochilib odam kirib keldi. Hari ortiga g‘azab bilan burilib u kim ekanini ko‘rdiyu g‘azabi tarqab ketdi aniqrog‘i jahl qilmoqchi edi ammo bunga emas.

Namjoon shu hayollar bilan qanday uxlab qolganini ham bilmadi. Bu paytda Hari chuqur o‘yga tolib nimalarnidir o‘ylayotgan edi. Qoshlari chimirilgan, uzoq uzoqlarga qarab hayol o‘g‘ushida qolib ketgandi. Hayolidan nimalar o‘tayotgani bizga nomaʼlum... Shu holatda qancha turdi o‘zi ham bilmaydi ammo yuzida qandaydir kishini bir qarashda cho‘chitadigan tabassum paydo bo‘ldi va ortga burulib hizmatkorlar allaqachon tartibga keltirib qo‘ygan xonaga qaytti. Sharob quyilgan finjonni stol ustiga qo‘yib yotog‘iga yotdi

Yoqimli mutolaa 😊 * * Hari kechki darslari tugagach oxista uyi tomon yo‘l oldi. Tor va qorong‘i ko‘chaga kirib borar ekan hech narsani o‘ylamas va his qilmasdi. U hech narsadan qo‘rqmay odimlab borar edi. Ko‘cha shunchalar qorong‘i ediki bu ko‘chaga kirishga uncha muncha odamni yuragi betlamaydi. Asosan hamma qotilliklar ham shu ko‘chada ro‘y berardi. Turli daydilar, qotillar, o‘g‘rilar va nashavandlar qo‘nim topgan ko‘cha bu... Oddiy odamlar bu yerga kelmaydi. Ammo Hari unday odamlardan emas.(U his tuyg‘ularga berilmaydi. His tuyg‘ulari borligini ham bilmaydi yoki his qilmaydi desa ham bo‘ladi. Oxirgi marta qachon kulganini ham eslolmaydi. Taxminan otasini vafotidan avval kulgan bo‘lsa kerak.) Bu ko‘cha uyiga eng yaqin ko‘cha...

Muallif: Luna 08.10.2025 Yoqimli mutolaa 😊 * * Tun. Qorong‘u binoning yer to‘lasida og‘riqdan ingrayotgan erkakning ovozidan boshqa ayol kishining o‘ziga ishonch bilan yo‘lak bo‘ylab yurayotgan poshnasining ovozi ham yangramoqda. Xonaga kirgan qizni ko‘rgan erkakning ahvoli yanada og‘irlashdi. Uning yurak urishini hech qanday qiyinchiliksiz eshitsa bo‘lar edi. Hari: Laʼnati! Sen kimsanki, menga qarshi chiqmoqchi bo‘lding A-a-a? - deya erkak tomon sekin yura boshladi.Erkak ortga chekinmoqchi bo‘ldi, ammo madori yetmay harakat qila olmadi. Hari esa qo‘lidagi hanjarni uning oyog‘iga mohirlik bilan sanchdi. Erkak kuchli og‘riqdan dodlab yubordi. Keyin esa Haridan iltimo qilib yolvorishini so‘radi. Erkak: i. iltimos. s. Men. Meni...