November 3, 2025

Moonlight

Namjoon shu hayollar bilan qanday uxlab qolganini ham bilmadi. Bu paytda Hari chuqur o‘yga tolib nimalarnidir o‘ylayotgan edi.
Qoshlari chimirilgan, uzoq uzoqlarga qarab hayol o‘g‘ushida qolib ketgandi. Hayolidan nimalar o‘tayotgani bizga nomaʼlum...
Shu holatda qancha turdi o‘zi ham bilmaydi ammo yuzida qandaydir kishini bir qarashda cho‘chitadigan tabassum paydo bo‘ldi va ortga burulib hizmatkorlar allaqachon tartibga keltirib qo‘ygan xonaga qaytti. Sharob quyilgan finjonni stol ustiga qo‘yib yotog‘iga yotdi

-Hari: meni kimligimni bilmabsan. Shunchaki bo‘sa olsam indamay ketadi deb o‘yladingmi? Senga shunday qilayki meni aslo unutolmaysan. Ismimni eshitiboq qaltiraydigan qilib qo‘yaman seni. Mana ko‘rasan!-kinoyali tabassum qilgancha shiftga tikilib yotdi.

Tong. Hamma uchun yaxshi kayfiyat bilan boshlangan, doimgiday barcha o‘z ishi tomon oshiqmoqda. Har kungi ishlarini bajarish bilan ovvora.
Ammo Hari uchun bu oddiy tong emasdi. U bugun nafrat bilan uyg‘ondi. Kecha tunda ancha narsani rejalashtirib qo‘ygan. Asta sekin bu rejani amalga oshiradi. Uni hayolida faqat qasos olish.

«Buni shirin bo‘lib uxlashinichi🫠»

Kim Namjoon uyi. Namjoon keng yotoq ustida hotirjam nafas olgancha uxlayapti. Yuziga tushgan quyoshning iliq nuri sababli asta ko‘zlarini ochdi. Uyg‘onib atrofga qaradi. Huddi nimanidir yoki kimnidir izlagandek. Biroz yotog‘ida o‘tirib nim tabassum qildi. So‘ng o‘rnidan turib hammomga kirib ketdi

*

Namjoon oshxonada nonushta qilib o‘tirganida uni bosh yordamchisi Lee Namjooni yoniga kelib biroz tazim qildi.

Lee--Hayirli tong janob- boshini egancha

RM--Xo‘sh-uni gapirishga undagan bo‘ldi.

Lee--Janob bugun muhim uchrashuvingiz bor edi. Shuni aytgani kelgandim.

RM-- Yaxshi. Nechida?-hotirjam ovqatlangancha so‘radi

Lee-- 9da janob-qisqagina javob berdi

RM pov- bugun uni ko‘rmoqchi edim. Mayli bir tarafdan shunisi ham yaxshi. Kechagi ishdan keyin ko‘ziga ko‘rinmay turganim maqul

RM-- moshinani tayyorlab tur bozir chiqaman.

Lee-- ho‘p bo‘ladi janob-yana tazim qilgancha chiqib ketdi.

Lee-- Namjoonning eng sodiq odamlaridan biri. Ko‘p yillardan beri unga hizmat qiladi. Namjoonning ishonchini qozongani sababli uni o‘ng qo‘li va ishongan odami. Eng nozik ishlarni faqat unga ishonadi.

*

Hari ovqatlanib bo‘lib, endi moshinasini kalitini qo‘liga olib uydan chiqayotganida unga telefon bo‘ldi

Hari-eshitaman

📞-Honim muammo bor

Hari- Qanday muammo?

📞-Telefonda gaplashadigan gap emas. Iltimos ofisga kela olasizmi?

Hari-Ho‘p 5 minutda boraman.

«aloqa tugadi»

Moshinasiga o‘tirib, tezlik bilan uni haydab ketdi.

Hari ofisga kirishi bilan hamma unga tazim qiladi. U esa qaddini tik tutgancha hech kimga eʼtibor bermay lift tomon harakatlandi. Liftga chiqib eng yuqori qavat tugmachasini bosdi. Lift belgilangan qavatga chiqqach kerakli xona tomon qadam tashladi. Bu yo‘laklar, bu xonalar va butun boshli kompaniya Hari uchun yod bo‘lib ketgandi. Bolaligi shu yerlarda o‘tgandida.

«time skip»

Hari deyarli har kuni otasi bilan birga ofisga kelardi. Bugun ham huddi shunday qildi. Erta turib olib otasiga ergashdi

Hari-otajon meni ham o‘zingiz bilan kompaniyaga olib boring- chiroyli ko‘zlarini pirpiratgancha otasiga qaradi

Hari dad- albatta qizalog‘im. Ammo sen u yerda nima qilasan? Zerikib qolmaysanmi? Undan ko‘ra hizmatchiga aytaman seni bog‘ga olib boradi. Mazza qilib o‘ynab kelasan- u tengi egilib

Hari- yo‘q otajon men zerikmayman. Aqilli qiz bo‘laman, aytganingizni qilaman. Iltimoos. Meni ham o‘zingiz bilan olib boring- yoshlangan ko‘rlari bilan otasiga qarab

Hari dad- ho‘p bo‘ladi qizalog‘im. Nima desang shu... Qani o‘zimga kelchi-deya harini ko‘tarib oldi. Tashqariga chiqib qizini moshinaga o‘tqizdi va yoniga o‘zi ham o‘tirib ofis tomon ketishdi.

Kompaniya. Hari otasidan avvat moshinadan tushib yugurgilab kirib ketdi.

«time skip»

Hari kerakli xonaga kelganida eshik oldida o‘tirgan sekratar qiz tezda salom berib

Sekratar-honim choy yoki qahva olib kiraymi?

Hari-yo‘q hech narsa kerak emas.Meni hech kim bezovta qilmasin-deya eshik tutqichidan ushlab eshikni ochdi.
Xona juda yorug‘ va shinam edi. Katta oynadan butun shahar ko‘rinardi. Oyna oldiga borib turdi. Shu payt xona eshigi ochilib odam kirib keldi. Hari ortiga g‘azab bilan burilib u kim ekanini ko‘rdiyu g‘azabi tarqab ketdi.

*
*
*
Mana azizlar bu qism ham o‘z nihoyasiga yetdi. Sizlarga yoqdi degan umitdaman. Reaksiya bosib ketishni unitmang