October 7, 2025

Moonlight

Muallif: Luna
08.10.2025
Yoqimli mutolaa 😊
*
*
Tun. Qorong‘u binoning yer to‘lasida og‘riqdan ingrayotgan erkakning ovozidan boshqa ayol kishining o‘ziga ishonch bilan yo‘lak bo‘ylab yurayotgan poshnasining ovozi ham yangramoqda. Xonaga kirgan qizni ko‘rgan erkakning ahvoli yanada og‘irlashdi. Uning yurak urishini hech qanday qiyinchiliksiz eshitsa bo‘lar edi.
Hari: Laʼnati! Sen kimsanki, menga qarshi chiqmoqchi bo‘lding A-a-a? - deya erkak tomon sekin yura boshladi.Erkak ortga chekinmoqchi bo‘ldi, ammo madori yetmay harakat qila olmadi. Hari esa qo‘lidagi hanjarni uning oyog‘iga mohirlik bilan sanchdi. Erkak kuchli og‘riqdan dodlab yubordi. Keyin esa Haridan iltimo qilib yolvorishini so‘radi.
Erkak: i. iltimos. s. Men. Meni kechiring. g. g. Men meni i o‘ldirmang!.
Shu so‘zlarni o‘g‘riq aralash qiynalib aytdi. Harining yuzida esa hali ham salgina bo‘lsa-da achinish xissi yo‘q. Unimg yuzida qanday ifoda borligini bilish juda mushkul ish. Erkakning dod voylaridan huddi rohatlanayotganday hanjarni joyidan sug‘irib olib yana qayta sanchdi, va ortga burilib eshik yoniga keldi. Ortga o‘girilmay
Hari: Menga qarshi chiqqanlarni va hatto hayolida shunday qilishga botinganlarni holi shu.
Deya qo‘lidagi ikkinchi pichog‘ni yelkasi osha ortga uloqtirdi, va xonani tark etdi. O‘sha hanjar esa ortda qolgan erkakning qoq yuragiga sanchilgan edi. Erkak ayanchli holda qiynalib qisqa-qisqa nafas olgancha oxiri nafas ham ololmay qoldi. Og‘zidan tim qora qon oqqancha ko‘zlari eshikdan chiqib ketgan qiz tomon qaragancha qotib qolgandi.

Hari 18 yoshda . Otasi ham butun dunyo tanigan taniqli mafiya boʻlgan. Hari 15 yoshida otasini oʻlimiga sababchi boʻlganlarni topib itday qiynab oʻldirish haqidagi hayol bilan yashagan . U 2 yil avval ularni topdi va vaʼdasini bajardi yaʼni ular ayanchli oʻlim topdi. Ammo Hari shuncha yil orasida oddiy qotil boʻlib qolmadi.Hozirda undan kuchli va undan qoʻrqmaydigan mafia yoʻq. Faqat odamlar uni yoshi va kim ekanligini bilishmaydi. Uni taniganlar esa tirik qolmaydi.

Koreaning nufuzli universiteti-Yonsei. Yuqori sinf xonasi. Orqa partada bir yigitni sinfdagi barcha qizlar o‘rab olishgan, hamma qizlar unga mahliyo bo‘lib qarashar, eʼtiborini tortishga harakat qilishmoqda. Nafaqat butun sinf balki, butun universitetda uni tanimaydigan va sevmaydigan qiz yo‘q. Hatto yigitlar ham uni hurmat qilishadi qaysidir maʼnoda qo‘rqishadi. Eng havfli bezorilar ham undan qo‘rqadi. Uning ismi Kim Namjoon

Kim Namjoon. 20 yoshda. Bu yili universitetini tamomlaydi. Oilasi Koreadagi eng nufuzli oilalardan biri.(Qolgan maʼlumotlarni asar davomida bilib olasiz).
Hari ham huddi shu universitetda o‘qiydi. Ammo taqdirni hazilimi ular bir birini biror marta ko‘rishmagan, balki ko‘rgan bo‘lsa ham eʼtibor bermagan.

*
*
Eʼtiboringiz uchun rahmat. Xato va kamchiliklar uchun uzur