
8-,,A“ sinf oʻquvchisi Qosimova Mexribonning Kimyodan loyiha ishi Tuproq va suvning ifloslanishida ion bog‘lanishli birikmalarni aniqlab ulardan tozalash g‘oyasini ishlab chiqish Loyiha ishining maqsadi Izlanishlar natijasida insoniyat tomonidan tuproq va oqava suvlarning ifloslantirilishini tushunish. Jamoaviy ish ko‘nikmalarini shakllantirish. Tuproq va chiqindi suvlardan qayta foydalanish mexanizmini yaratish. Chiqindi suvlari ta’sirida oqava suvning zaharlanishini oldini olish va sug‘oriladigan yerlarning eroziyasini kamaytirish. Chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish va ekologik muammolar yechimiga hissa qo‘shish. Fanlararo integratsiyalashuvi Matematika, fizika, kimyo, biologiya

Suv ifloslanishining sabablari Suvning ifloslanishiga turli manbalar sabab bo'ladi, bularga maishiy, sanoat va qishloq xo'jaligi oqova suvlari kiradi. Maishiy oqova suvlar: To'liq tozalanmagan kanalizatsiya suvlari va maishiy chiqindilarning suv havzalariga tushishi. Sanoat oqovalari: Zavod va fabrikalardan chiqqan zaharli moddalar, og'ir metallar va boshqa kimyoviy birikmalar (masalan, azot va fosfor). Qishloq xo'jaligi oqovalari: Dalalardan yuvilib keladigan pestitsidlar, gerbitsidlar va o'g'itlar (azot, fosfor) suvlarni ifloslantiradi.