March 30, 2019

SHUNDAY KUN KELADI (Patrisiya Xellet Yangi Zelandiya adibasi)

Shunday kun keladiki, o‘g‘lim sen dadang bilan juda-judafaxrlanib yurasan, - bu so‘zlarni aytar ekan, onam qarshimdaqo‘llarini qovushtirib, jilmayib turar edi.

U ko‘pincha mening aqlimni yetmaydigan narsalar to‘g‘risidagapirar, lekin men, qandaydir ichki tuyg‘u bilan, uning judamuhim gap aytayotganini his qilib, diqqat bilan tinglardim.

-Shunday kun keladiki, o‘g‘lim, o‘shanda sen quyoshga ham tikqaray olasan. Ko‘chalarda yuragingni hovuchlamay, bemalolyurasan. Otang va unga o‘xshagan juda ko‘p kishilar sening ajoyibkelajaging uchun kurashishyapti.

Bu gaplarni aytar ekan, u jilmayib qo‘yar, keyin mungli bir kuynixirgoyi qilganicha, torgina kulbamizning yumushlariga sho‘ng‘ib ketadi.

Onam ham, otam ham qora tanli yedilar. Men besh yashar bo‘lsam-da, o‘zimning ham qora ekanligimga atak-chechak qilaboshlagan kichkinagina singilcham bor edi, u ham qora, tishlarioppoq, qo‘y  ko‘zlarining oqi juda tiniq edi.

Men oq tanli bolalarni yoqtirmasdim. Chunki, ular aftlarinibujmaytirib, meni mayna qilishar, ba’zan esa, ikkita, uchtakattaroqlari bir bo‘lib olib, «habash» yoki «qora tappi!» debqochishardi.

Men osha paytlardayoq, biz qora tanli bo‘lganim uchun ko‘pnarsalarni qilishga haqsizligimizni bilib olgandim. Oq tanlibo‘lishni juda-juda istardim. Yolg‘iz qolganlarimda esa: «Parvardigori olam, mening tanimni oq qilib qo‘y», - deb Xudoganola qilardim.

Dadam gavdali kishi edi. Qo‘llari ham katta-katta edi. Ba’zan men uning qo‘lini olib, kaftidagi chiziqlar ustidan barmoqlarimniyurgizardim. Shunda bu chiziqlar yo‘l, mening barmoqlarim esabamisoli avtomobil bo‘lardi.

Dadamning ko‘zlari shunday ediki, qarshingizda siz bilangapirishayotganday bo‘lardi. Men bu oqi tiniq, jigarrang ko‘zlargaqarab turib, dadamning nima haqida o‘ylayotganini bilib olardim.

Derazadan qarab o‘tirganida, dadam xomush bo‘lib qolardi. Shunday paytlar butunlay unutib qo‘ygan paytlarim ham bo‘lardi.Lekin buni menga kimdir, nimadir eslatib turardi. Yana qoraligimdan o‘ksib, Xudodan meni oq tanli qilib qo‘yishinitilardim. Bir vaqt nazarimda qandaydir o‘zgarish bo‘layotgandaytuyuldi. Dadam ishdan kelib ovqatlangach, yana qayoqqadirketadigan bo‘lib qoldi. Oyim bizga: «Dadangning majlisi bor» debtushuntirardi. O‘zining esa nimadandir tashvishlanayotgani ko‘ribturardi. U ham xuddi dadamga o‘xshab derazadan xomush tikilibqolar, sovqotayotgan odamday hadeb bir qo‘li bilan ikkinchisiniishqalardi.

Men uning yoniga borib, ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lardim. Shunday paytlarda oyimning jilmayishini  juda-juda istardim. Oyimning ham, dadamning ham xomush bo‘lishini sira-sira yoqtirmasdim. Shunda oyim meni qattiq achomlab olardim.

-Shunday kun keladiki. Sen o‘z otang bilan faxrlanib yurasan.Boshqalar bilan birga u ajoyib ish qilyati. U buni sen va Syuziuchun, sizlar katta bo‘lganingizda baxtiyor yashashingiz uchunqilyapti.

Dadam uyga xorg‘in qaytadigan bo‘lib qoldi. Bir kuni ko‘zimga u oqaryotganday bo‘lib ko‘rindi. Uning shuncha ishlari uchun, judayaxshi dada bo‘lgani uchun Xudo yorlaqayapti, deb o‘yladim.

-Dada, siz oqaryapsiz, -dedim sochlarini ko‘rsatib. - Oyi, qarang-a!

- Rost, oqaryapsiz, - kulib qo‘ydi oyim. Dadam ham kulib yubordi.

- Qo‘y, o‘g‘lim, qora va oq degan gaplar bilan kichkinaginaboshingni aylantirma. Sen katta bo‘lganingda bu gaplarning sariqchaqaga arzimasligini bilib olasan. Faqat bir narsa muhim. U ham bo‘lsa - sen yaxshi odam bo‘lib yetishasanmi yo yomonmi? Hamma gap shunda.

O‘sha paytda otam bu bilan nima demoqchi ekanligigatushunmagandim. Bir kuni shag‘al yo‘lkadan dadamning oyoqtovushlarini eshitib, Syuzini ogohlantirdim. Ikkalamiz shosha-pisha eshik orqasiga berkindik. Oyim kastryulkadagi qandaydirmazali ovqatni kovlayotgandi.

-Jim, - shivirladim men Syuziga. U dadamnikiga o‘xshash qo‘yko‘zlari bilan menga qaradi. Menga taqlid qilib u ham «jim», dedi.

Kuta boshladik. Birdan qattiq qarsillash ovozi keldi. Dadamqichqirib yubordi. U shunday qattiq qichqirdiki, mening ham dodlab yuborgim keldi. Eshik oynasi chil-chil sinib, dahlizgato‘kildi. Oyim boshini qo‘llari bilan changallagach yugurib chiqibketdi. Uning ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketgandi. U bizni ham ko‘rmay, yo‘lkaga, dadamning yoniga yugurdi. Men qo‘rqibketganimdan Syuzining qo‘lini  mahkam ushlab oldim. Biz ham oyimning ketidan chopib ketdik. Dadam yo‘lkada yotardi. Men uning yuzini ko‘rolmadim. Oyim ovozining boricha o‘kirib yig‘labyubordi. Shu payt dadamning har doimgidek uyga kirib kelishini, oyimning ashula aytib o‘tirishini  juda-juda xohlab qoldim. Odamlar yugurib kelishdi. Men ularning gapidan qandaydir kishito‘pponcha bilan dadamni otganligini tushundim. Ammo negao‘sha oq tanli kishi bizning baxtli bo‘lishimizni  istamaganinitushunmadim. Bir kishi (uni men bir marta ko‘rgandim) Syuziniko‘tarib oldi, meni esa yetaklab o‘zi bilan olib ketdi.

-Dada, dada, yuring, ketamiz, - derdi Syuzi qo‘lchalarini cho‘zib, - dada, yuring!

Men yana yig‘lab yubordim. Endi dadamning hech qachono‘rnidan turmasligini bilardim. Mana, men katta bo‘lib qoldim. Ko‘p narsani tushunaman endi. Men dadam va unga o‘xshashkishilarning qilgan ishlari tufayli vaqti kelib, oq yoki qora tanlibo‘lishining ahamiyati qolmasligini bilaman. Shuning uchun, menioq tanli odam qilgin, deb Xudoga yalinmayman ham. Hamma gap - mening yaxshi yo yomon odam bo‘lib yetishishimda.

- Oyi, - dedim men bir kuni derazadan yo‘lkaga tikilib turganonamga,- biz otam bilan chindan faxrlanamiz.

U singlim ikkovimizga qaradi-da, qo‘llari bilan ko‘zini artib:

-Men bilaman... bilaman... Sizlarning hayotingiz albatta yaxshibo‘lishiga ishonaman, - dedi jilmayib. - Shunday kun keladi.

Ruschadan Nasiba Ergasheva tarjimasi.

www.kitob.uz