April 19, 2019

Maqsadni to’g’ri qo’yib ortiqcha barchasidan voz kechish kerak. Dzen rivoyati

Ustoz maqsadga erishish uchun uni to’g’ri tasavvur qilib, keyin zarur bo’lmagan barcha narsalardan voz kechish kerak, deb tez-tez aytib turardi. Shogird ustozining bu so’zlarini juda yaxshi eslab qolgan edi, ammo nima zarur, nima zarur emasligining farqiga qanday borish mumkinligini hech tushuna olmas edi.Ustozi buni hayotning o’zi o’rgatadi deb qo’ya qolardi-da, hech batafsil tushuntirmas edi. Bir kuni ustoz-u shogird tog’larda sayr qilib yurgan edilar.To’satdan ularning yo’lida g’azablangan yo’lbars paydo bo’lib qolibdi. Ustoz hotirjamlik bilan yo’ldan chetga o’tdi, yo’lbars esa shogirdning orqasida quvib ketibdi.Yirtqichdan qochayotib shogird o’z qilichini va muqaddas tumorlarini tashlab yuboribdi,tikanzorlar, butalar oralab o’tayotgan paytida kiyimlarini nimtalab tashlabdi, lekin pirovardida, baland daraxtga chiqib olib yirtqichdan qutilib qolibdi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng yo’lbars ketib qolibdi, ammo shogird pasta tushishga qo’rqibdi. Sal o’tib daraxtning oldiga ustoz kelibdi. U tirnalib va qo’rqib ketgan shogirdiga birpas tikilib qarab turibdi-da, keiyn shunday debdi:

- Mana, sen maqsadga erishish uchun zarur bo’lmagan narsalardan voz kechishni o’rganib ham olding va shu sening hayotingni saqlab qoldi!

- Ustoz, - e’tiroz bildirdi shogird, - ammo siz qilichni ham, kiyimni ham yo’qotmadingiz, xatto qochishga ham urinmadingiz, yo’lbars esa sizga tegmadi. Nima uchun bunday bo’ldi?

– Men o’zimdagi qo’rqinchdan voz kechdim. Yo’lbars meni ko’rmay ham qoldi, chunki shuning o’zi mening maqsadim edi, - deb javob berdi ustoz. – Agar maqsadni to’g’ri tanlay olsang, hamma narsa o’zingda qoladi. Unga erishish uchun deyarli hech narsadan voz kechish shart bo’lmaydi.