April 14, 2019

Buyuk prezident - buyuk etikdo’zning o’g’li. Real voqea.

Avraam Linkoln, oddiy bir etikdo’zning o’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining prezidenti bo’lib qoldi.

Tabiiyki, barcha zodagonlar juda xavotirga tushdi, g’azablandi, bezovta bo’ldi.

Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida qasamyod qilmoqchi bo’lib endi o’rnidan turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o’rnidan turib shunday dedi: - Janob Linkoln, to’satdan qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo’lib qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki, qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga, oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib yurgansiz. Bu yerda otangizning poyafzalini haligacha kiyib yurgan ko’plab senatorlar bor, shuning uchun o’z ildizlaringizni aslo unutmang.

Avraam Linkoln bir zum o’ylab, pinagini buzmay sekin javob berdi:

- Mening otamni menga aynan Senat vakillari oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib qo’yganingiz uchun sizdan g’oyat minnatdorman. Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy san’atkor edi –hali hech kim bunday go’zal poyafzal qilmagan.

Men bilaman, nima qilishimdan qat’iy nazar, men xech qachon otam buyuk etikdo’z - poyafzal yaratuvchisi bo’lganiday buyuk prezident bo’la olmayman. Darvoqe, bu yerda hozir bo’lganlarning hammasiga shuni eslatib qo’ymoqchimanki, otam tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg’aygan oila a’zolaringiz bo’lsa, men o’zim xam ushbu san’at tahsilini olganman. Men buyuk etikdo’z emasman, lekin xech bo’lmaganda poyafzalingizni tuzatib berish qo’limdan keladi. Menga xabar bersangiz bo’ldi, men sizning uyingizga kelaman.

Senat mutlaq sukunatga cho’mdi, senatorlar bu insonni kamsitib bo’lmasligini va u ijodkorlikka cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan edi.