April 16, 2019

Dunyo tashvishlari: go’zallikni ko’rishga ulgurish. Real voqea asosida

Aprel oyining kunlaridan biridagi sovuqqina tongda Vashington Metro stansiyalaridan birida skripka uchun futlyar ko’targan bir odam paydo bo’ldi. U shoshilmay devor oldida joylashdi, cholg’u asbobini chiqardi, oyog’iga oldiga ochiq futlyarni qo’ydi va kuy chalishni boshladi.

U rosa 45 daqiqa tinmay jonu dilidan, bor kuch-g’ayrati bilan skripkada kuy ijro etdi. Shu vaqt mobaynida mingdan ortiq kishi o’tib ketdi. Birinchi uch daqiqadan so’ng, o’rta yoshli kishi musiqachiga e’tiborini qaratdi, sekinlashdi, bir necha daqiqaga to’htadi va ... yana shoshilib ketib qoldi.

Yana bir daqiqadan so’ng skripkachi o’zining birinchi daromadini oldi: bir ayol futlyarga pul tashladi, ammo to’xtamadi. Yana bir oz vaqt o’tgach, bir odam musiqa tinglash uchun to’xtatdi, lekin tez orada u soatiga qarab qo’ydi-da va yo’lini davom ettirdi. Keyin uch yoshli bola skripkachini tomosha qilish uchun to’htadi, lekin uning onasi qo’lidan tortdi va bolakay orqasiga qaray-qaray beihtiyor onasiga ergashib ketdi. Huddi shu narsa boshqa bir necha bolalar bilan ham sodir bo’ldi. Istisnosiz ota-onalarning hammasi bolalariga bir daqiqaga ham qolishlariga ruxsat bermadi. Kuy ijro etilgan 45 daqiqa davomida, faqat 7 kishi bir muddat to’htab, biroz tingladi, yana 20 kishi to’htamay skripkaning futlyariga pul tashlab ketdi. Musiqachining ish haqi 32 AQSH dollarini tashkil etdi.

Yo’lovchilardan birortasi ham dunyoning eng yaxshi musiqachilardan biri Djoshua Bell kuylarni ijro etayotganini bilmas edi, buni his etmadi va tushunmadi ham. U Antonio Stradivari o’z qo’llari bilan yasagan va qiymati 3,5 million AQSH dollariga teng bo’lgan skripkada kuy ijro etgan edi. Metrodagi ushbu chiqishdan ikki kun oldin Djoshua Bellning Bostonda bo’lib o’tgan konserti uchun sotilgan biletlar 100 dollardan past emas edi, zalga esa odam sig’may ketgandi. Bu ijtimoiy tajriba Vashington Post gazetasi tomonidan o’tkazildi.