Bilimli yoshlar – barqaror iqtisodiy taraqqiyot asosi
2025-yilning 4-may kuni Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyat bosh boshqarmasi, Buxoro viloyati Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tijorat banklari, Sug‘urta kompaniyalari hamda Universitetning Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi hamkorligida “Bank, soliq va sug‘urta xizmatlaridan samarali foydalanishda moliyaviy savodxonlik madaniyatining roli” mavzusida trening tashkil etildi.
Treningni “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi mudiri – i.f.f.d Y.U.Sunnatov ochib berdi, trening kun tartibi, tashrif buyurgan bank-moliya sohasi vakillari bilan talabalarni tanishtirdi.
Treningda kafedra dotsenti B.S.Isomov talabalarga bugungi kunda bank-moliya sohasidagi o'zgarishlar, yangiliklar, yutuqlar va bu sohaning istiqbollari haqida o'z fikrlarini bayon etdi.
Treningda talabalarning Bank, soliq va sug‘urta sohasidagi bilimlari va bank-moliya to‘g‘risidagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida moliya-bank sohasi xodimlari kerakli axborot va ma’lumotlarni ularga taqdim qildi, talabalar hamda mutaxassislar o‘rtasida moliyaviy savodxonlik madaniyatini rivojlantirish, bank, soliq va sug‘urta xizmatlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha savol-javoblar tashkil qilindi. Trening davomida talabalar:
🔹 Moliyaviy savodxonlikning bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati
🔹 Bank xizmatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish yo‘llari
🔹 Soliq va moliyaviy tizimda dolzarb yangiliklar
🔹 Tijorat banklari tajribasidan amaliy misollar
🔹 Moliyaviy xatolar va ularning oldini olish strategiyalari haqida bilimlarga ega bo‘ldilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyat bosh boshqarmasi pul-kredit departamenti bosh mutaxassisi - Nodir Adizov, "OʻZBEKINVEST" EISK AJ Buxoro viloyat filiali menejeri-Karimov Timur, Menejer katta assistenti-Xudayarova Mohimbonu, Buxoro viloyati Ipotekabank otp group BXM boshlig'i-Roziqova Sayyora, Agrobank ATB Buxoro viloyat Hududiy filiali bo‘lim boshlig‘i - Hamidov Subxonlar tashrif buyurdi.
Trening qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi, talabalar o'zlarining bank-moliya sohasidagi savollariga mutaxassislardan javob olishdi.