
2025-yilning 17-iyun kunida BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti 9-1 MENS 23, 9-1 IRBS 23 guruh talabalari uchun Iqtisodiy tahlil va audit fanidan "Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobining tahlili" mavzusidagi hamda Strategik menejment fanidan amaliy mashg'ulot nafaqat viloyatda, balki, Respublikada brend darajasiga ko'tarilgan "Amir Group" MChJga qarashli "Laticco" sutni qayta ishlash korxonasida sayyor dars sifatida tashkil etildi. Ushbu tashrif talabalarga zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, marketing yondashuvlari hamda korxona boshqaruvi bilan bevosita tanishish imkoniyatini berdi. (O'qituvchilar: Z.T.Jo'rayeva, Sh.B.Malikova)

2025-yilning 24-may kunida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1 BUXSIM-23 guruh talabalarining "Buxgalteriya hisobi va audit" fanidan olayotgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, yangi tajribalarni ko'rib o'rganish maqsadida amaliy mashg'ulot soatlari "VARNET ISSIQXONA AKADEMIYASI"da tashkil qilindi.

Ishlab chiqarishda o'tgan dars talabalarga kelajak biznes uchun motivatsiya uyg'otdi.

2025-yilning 8-may kunida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1 MEN-23 va 3-4 IQTSIM-23 guruh talabalarining "Buxgalteriya hisobi" fanidan olayotgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, yangi tajribalarni ko'rib o'rganish maqsadida amaliy mashg'ulot soatlari "Kamalak Shabnam teks" MChJda tashkil qilindi.

2025-yilning 4-may kuni Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyat bosh boshqarmasi, Buxoro viloyati Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tijorat banklari, Sug‘urta kompaniyalari hamda Universitetning Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi hamkorligida “Bank, soliq va sug‘urta xizmatlaridan samarali foydalanishda moliyaviy savodxonlik madaniyatining roli” mavzusida trening tashkil etildi. Treningni “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi mudiri – i.f.f.d Y.U.Sunnatov ochib berdi, trening kun tartibi, tashrif buyurgan bank-moliya sohasi vakillari bilan talabalarni tanishtirdi.

2025-yilning 3-may kunida Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyat bosh boshqarmasi, Buxoro viloyati Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tijorat banklari, Sug‘urta kompaniyalari hamda Universitetning Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi hamkorligida “Bank, soliq va sug‘urta xizmatlaridan samarali foydalanishda moliyaviy savodxonlik madaniyatining roli” mavzusida trening tashkil etildi. Treningni “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi mudiri – i.f.f.d Y.U.Sunnatov ochib berdi, trening kun tartibi, tashrif buyurgan bank-moliya sohasi vakillari bilan talabalarni tanishtirdi. Treningda talabalarning Bank, soliq va sug‘urta sohasidagi bilimlari va bank-moliya to‘g‘risidagi ko‘nikmalarini...

Yevroittifoq bilan iqtisodiy hamkorlik – O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatli yo‘nalishi