Korxonada amaliy mashg'ulot – bo‘lajak tadbirkorlar uchun real biznes muhiti saboqlari
2025-yilning 17-iyun kunida BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti 9-1 MENS 22, 9-1 IRBS 22 guruh talabalari uchun Iqtisodiy tahlil va audit fanidan "Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobining tahlili" mavzusidagi hamda Strategik menejment fanidan amaliy mashg'ulot nafaqat viloyatda, balki, Respublikada brend darajasiga ko'tarilgan "Amir Group" MChJga qarashli "Laticco" sutni qayta ishlash korxonasida sayyor dars sifatida tashkil etildi. Ushbu tashrif talabalarga zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, marketing yondashuvlari hamda korxona boshqaruvi bilan bevosita tanishish imkoniyatini berdi. (O'qituvchilar: Z.T.Jo'rayeva, Sh.B.Malikova)
“Laticco” korxonasi — Buxoro viloyatida zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxona hisoblanadi. Korxona asosan quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:
- yangi sog‘ilgan sut mahsulotlari;
- yogurt va kefir turlari;
- sariyog‘, tvorog va pishloq mahsulotlari;
- bolalar parhez mahsulotlari kabi 50 dan ziyod mahsulotlar
Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar quyidagi jarayonlar bilan tanishdilar:
▪️ sutni qabul qilish va qayta ishlash texnologiyasi;
▪️ mahsulotlarni pasterizatsiya va gigiyenik qadoqlash jarayonlari;
▪️ sifat nazorati laboratoriyasi faoliyati;
▪️ logistika va tayyor mahsulotlarni yetkazib berish zanjiri;
▪️ korxona ichki boshqaruv tizimi va marketing strategiyasi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olishdi
Talabalar korxona Smart laboratoriyasida
Ushbu amaliy mashg‘ulot bo‘lajak tadbirkorlar uchun katta tajriba va motivatsiya manbai bo‘ldi. Talabalar sut sanoatining real ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.