May 10, 2025

Nazariy bilimlar va amaliy faoliyat birligi

2025-yilning 8-may kunida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1 MEN-23 va 3-4 IQTSIM-23 guruh talabalarining "Buxgalteriya hisobi" fanidan olayotgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, yangi tajribalarni ko'rib o'rganish maqsadida  amaliy mashg'ulot soatlari "Kamalak Shabnam teks" MChJda tashkil qilindi. 

Amaliy darsda talabalar tashkilotning real ish jarayonlari bilan tanishtirildi, tashkilot tuzilmasi, bo‘limlar faoliyati va ularning o‘zaro aloqalari haqida malakaga ega bo'lishdi, hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar tayyorlash, dasturlarni (1C, Excel) qo‘llash, muloqot madaniyati, jamoada ishlash, vaqtni boshqarish jarayonlarini guvohi bo'lishdi.

Amaliy dars talabalarda Kelajak biznesi haqida motivatsiyani shakllantirdi.