May 24, 2025
Nazariya va amaliyot uyg'unligi
2025-yilning 21-may kuni "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti professor-o'qituvchilari - N.M.Ziyaviddinova va Sh.B.Malikovalar tomonidan "Komforttekstil" MChJda ishlab chiqarish darsi tashkil qilindi. Universitetning sirtqi ta'lim shakli - 9- I IRBS-23 va 9-1 MENS -23 guruhi talabalari o'zlarining "Mehnat bozori iqtisodiyoti" va "Buxgalteriya hisobi" fanlaridan olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda ko'rdilar.
Ishlab chiqarishda o'tgan dars talabalarga kelajak biznes uchun motivatsiya uyg'otdi.