Musobaqa
March 3, 2022

MARHAMAT TUMANIDA YOSHLAR O‘RTASIDA BO‘SM BIRINCHILIGI

Marhamat tumanidagi Alitepa MFY hududida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha joriy yilning 3-mart kuni yoshlar o‘rtasida BOʻSM birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada Marhamat tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilari hamda umumta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Musobaqada sportning voleybol turi bo‘yicha 6 ta jamoadan tashkil topgan oʻgʻil bolalar jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Sportning shaxmat turi bo‘yicha 48 nafar sportchi yoshlar bahs olib bordilar. Musobaqalarda jami 100 nafardan ziyod sportchi yoshlar ishtirok etdilar.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoalar va sportchi yoshlar tuman Turizm va sport bo‘limi hamda tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan 1-2-3-darajali diplomlar bilan munosib taqdirlandilar.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.