Musobaqa

MARHAMAT TUMANIDA YOSHLAR O‘RTASIDA BO‘SM BIRINCHILIGI

Marhamat tumanidagi Alitepa MFY hududida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha joriy yilning 3-mart kuni yoshlar o‘rtasida BOʻSM birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

VATANPARVAR YOSHLAR SARALAB OLINDI

Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular oʻrtasida harbiy sport musobaqalarini oʻtkazish orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni sogʻligini mustahkamlash, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash, huquqbuzarlik va salbiy illatlarga qarshi kurashish ruhiyatida tarbiyalash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Marhamat tuman boʻlimi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Marhamat tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, tuman Mudofaa boʻlimi hamkorligida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi.