VATANPARVAR YOSHLAR SARALAB OLINDI
Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular oʻrtasida harbiy sport musobaqalarini oʻtkazish orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni sogʻligini mustahkamlash, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash, huquqbuzarlik va salbiy illatlarga qarshi kurashish ruhiyatida tarbiyalash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Marhamat tuman boʻlimi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Marhamat tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, tuman Mudofaa boʻlimi hamkorligida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-oʻrinni tumandagi 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi, 2-oʻrinni 32-umumtaʼlim maktabi jamoasi, 3-oʻrinni esa 22-IDUM jamoasi qoʻlga kiritdilar.
Gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirildi.