Present Simple Tense qo'llanishining maxsus holatlari
1️⃣ Biror ishni qilish uchun koʻrsatma (yoʻriqnoma) berish uchun:
🔸You mix the soup with some cream at the end to make it tastier.
🔸You take Bus 93 to get to the Kuyluk Market.
💡Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin.
🔸Take Bus 93 to get to the Kuyluq Market.
2️⃣ Hozirgi zamonda oʻzlashtirma gapni ifodalash uchun:
🔸The book says that too much butter and milk is bad for your health.
🔸They say that the company is losing much of its market share.
3️⃣ Gazeta, jurnal va internet nashrlarida yangiliklar sarlavhalarini yozishda:
🔸President Obama meets his Russian colleague.
🔸Rebels occupy the centre of Damascus.
4️⃣ Sport musobaqalarida oʻyin jarayonini sharhlashda:
🔸Ozil takes the ball and passes it to Ronaldo. Ronaldo is with the ball and he makes a fantastic shot!!! GOOOAL!!!! Good job Cristiano!
Present Continuous va Present Simple Tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar
💡Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo'lib, ularda ba'zi fe'llarning qo'llanishiga bag'ishlanadi.
▪️ Mazkur ikkala zamonda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.
▪️ Harakat fe’llari, oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).
▪️ Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.
💡Harakat fe’llari ingliz tilida - 'dynamic verbs', holat fe’llari esa - 'stative verbs' deb yuritiladi.
▪️ Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.
🔸Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)
🔸Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)
▪️ Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.
🔸I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)
🔸He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)
Holat fe'llari haqida to'liq ma'lumot keyingi darsda berilgan. Darsga o'tish uchun bu yerga bosing.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim