November 1, 2019

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif.

"Iqtisodiyot" kafedrasi o‘qituvchilari B.Tursunov va N.Xudayberganovalar raxbarligida “Iqtisodiyot” fakulteti I-50,51-akademguruh talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida muzeyning sovg‘alar bo‘limida bo‘lgan talabalar fransiyaliklar tomonidan taqdim etilgan Amir Temur byusti, Berlin Islom muzeyidan kelgan “Boysung‘ur Mirzoning 28 miniatyurasi” kitobi, Qozog‘istonning avvalgi Prezidenti Nursulton Nazarboyev sovg‘a qilgan “Alma-Arasan darasi” surati, Ozarbayjondan keltirilgan islomiy naqshli duxoba gilamlar kabi noyob tuhfalar bilan tanishdilar. Ular orasida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar: Sohibqironning ot ustida va taxtda o‘tirgan chinni haykallari, ko‘k billur vaza, Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek tasviri tushirilgan chinni lagan, XIX asrga oid mis ko‘za talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif talabalarda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan boshlab, Sohibqiron davrigacha bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyatini berdi va bu borada katta taassurotlar uyg‘otdi.

Siz ham boy tariximizdan xabar beruvchi obidalarni muzeyga tashrif buyurgan holda ko’zdan kechirishingiz mumkin. Ahir bejiz aytishmagan: “Ming marotaba eshitgandan bir bor ko’rgan afzal”.