Toshkent moliya instituti
@matbuot_kotibi
15 posts

Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif

2019-yilning 2-noyabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 1-bosqich BHA-51 akademguruh talabalari hamda guruh murabbiyi “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o’qituvchisi F.Ochilov rahbarligida Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar.

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif.

"Iqtisodiyot" kafedrasi o‘qituvchilari B.Tursunov va N.Xudayberganovalar raxbarligida “Iqtisodiyot” fakulteti I-50,51-akademguruh talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

“Innoweek – texnik taraqqiyot ko’rgazmasi”

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 29-31 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko'rgazma majmuasida “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftaligini o’tkazdi.

Talabalar kengashi faoliyatida saylov oldi qizg'in jarayonlar.

2019-yilning 30-oktyabr kuni Toshkent moliya institutining faollar zalida Talabalar kengashi jamoasiga saylangan talabalar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Yig‘ilishni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.D.Karimova hamda Institut Yoshlar ittifoqi raisi K.S.Mahmudov olib bordilar. Uchrashuv davomida har bir fakultetning faol talabalari tomonidan saylangan 6 ta yo‘nalish bo‘yicha vitse-prezidentlar talabalarga tanishtirildi

"Raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar"

29-oktyabr kuni Respublika Oliy biznes va menejment maktabida "Raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi.

“Tijorat banklari ish faoliyati, nazariya va amaliyotdagi tafovutlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

2019-yilning 28-oktyabr kuni TMIning Magistratura bo'limi 122-o’quv auditoriyasida "Baholash va investitsiyalar" kafedrasi pedagoglari tashabbusi bilan “Tijorat banklari ish faoliyati, nazariya va amaliyotdagi tafovutlar” mavzusida amaliyotchi mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman kengashining “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu targ‘ibot dasturida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yunusobod tumani kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent moliya instituti Bank ishi, Soliqlar va sug‘urta, Byudjet hisobi va g'aznachilik fakultetlaridan 200 nafardan ortiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdilar.

Toshkent moliya instituti talabalari “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti uchun o’tkazilgan tanlovning Yunusobod tuman bosqichi g’oliblari bo’ldilar.

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlar o’rtasida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini qo’lga kiritish uchun o’tkaziladigan tanlovning saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tanlovning Toshkent moliya instituti miqyosida o’tkazilgan saralash bosqichi g’oliblari bo’lgan iqtidorli talaba-qizlardan Moliya fakulteti talabasi Zuxurova Moxira (“Jamoatchilik” yo’nalishi bo’yicha), Bank ishi fakulteti talabasi Fayziboyeva Asolat (“Fan”) va Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Mirvaliyeva Mohinur (“Jamoatchilik”) ishtirok etdilar.

TDIU “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n. L.Sultanovadan seminar-trening

TMIning Magistratura bo'limi 122-auditoriyasida "Baholash va investitsiyalar" kafedrasi hodimlari tomonidan "Iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayonida yirik ma'lumotlar bazalarini vizuallashtirishning zamonaviy usullaridan foydalanish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningga TDIU “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Sultanova L.Sh. taklif qilindi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, TDIU o'qituvchilari va TMI magistrantlari ishtirok etdilar.

Forex va undagi operatsiyalar.

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi va “Alpari” kompanyasining O’zbekistondagi bo’limi bilan hamkorlikda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar uchun “Forex va undagi operatsiyalar” mavzusida seminar treyning tashkil etildi.