October 28, 2019

TDIU “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n. L.Sultanovadan seminar-trening

TMIning Magistratura bo'limi 122-auditoriyasida "Baholash va investitsiyalar" kafedrasi hodimlari tomonidan "Iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayonida yirik ma'lumotlar bazalarini vizuallashtirishning zamonaviy usullaridan foydalanish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningga TDIU “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Sultanova L.Sh. taklif qilindi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, TDIU o'qituvchilari va TMI magistrantlari ishtirok etdilar.

Seminar-trening davomida o'qituvchilarga ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni tayyorlashlarida raqamli ma’lumotlardan foydalanish ko'nikmalarini takomillashtirish borasida, talabalarga esa yangi ma'lumotni ko'proq yodlab olishlari uchun vizual materiallarni ishlab chiqish, shuningdek talabalarni o'quv dasturi bo'yicha mustaqil ishlarni tayyorlashlarida ulardan foydalanishning yangi imkoniyatlari haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi.