November 2, 2019

Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif

2019-yilning 2-noyabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 1-bosqich BHA-51 akademguruh talabalari hamda guruh murabbiyi “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o’qituvchisi F.Ochilov rahbarligida Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar transportning rivojlanish tarixi, fan va texnika, buyuk olimlar ixtirolari, jahon avtomobilsozlik tarixi, O‘zbekistonda avtomobil sohasining rivoji kabi turli bo’limlarda bo‘ldilar. Shu bilan birgalikda bir necha asrlar muqaddam yaratilgan ilk mashinalar, traktorlarning ko‘rinishi va ularning harakatga keltirilishi bo’yicha tushuncha hosil qildilar.

O’zbekiston mashinasozlik salohiyatini namoyon qilib beruvchi qiziqarli eksponatlar bilan yaqindan tanishgan talabalarimiz juda katta taassurot bilan mezeyni tark etdilar.

Sizni muzeyga tashrif yoki uning faoliyati yuzasidan qandaydir savol qiziqtirsa quyidagi telefon raqamlariga murojaat etgan holda aniqlik kiritishingiz mumkin.

(998) 71-232-34-30, 71-232-34-08