October 28, 2019

Forex va undagi operatsiyalar.

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi va “Alpari” kompanyasining O’zbekistondagi bo’limi bilan hamkorlikda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar uchun “Forex va undagi operatsiyalar” mavzusida seminar treyning tashkil etildi.

“Alpari” kompaniyasining O’zbekistondagi bo’limi yetakchi mutaxassisi Abdusalomov Aziz Ilxomovich tomonidan olib borilgan mazkur seminar treyningda kafedra professor-o’qituvchilari va “Moliya” fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

Seminar treyningda xalqaro valyuta bozoriga oid eng so’ngi ma’lumotlar keltirilib,o’z navbatida “Forex”da ishlash bo’yicha egallangan nazariy bilimlarni amalyotda qo’llanilishi keng yoritib berildi va bu ishtirokchilarda mazkur sohaga bo’lgan qiziqishni yanada orttirdi, shuningdek seminar treyningda O’zbekistonda valyuta bozori va kapital bozorini rivojlantishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham berildi.

Qayd etish lozimki, “Alpari” kompaniyasining O’zbekistondagi bo’limi va “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi hamkorlikka oid kelishuvlarga ega bo’lganligi sababli kelajakda ham shunday seminar treyninglar doimiy tashkil etilishi kutulmoqda.