October 28, 2019

Toshkent moliya instituti talabalari “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti uchun o’tkazilgan tanlovning Yunusobod tuman bosqichi g’oliblari bo’ldilar.

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlar o’rtasida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini qo’lga kiritish uchun o’tkaziladigan tanlovning saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tanlovning Toshkent moliya instituti miqyosida o’tkazilgan saralash bosqichi g’oliblari bo’lgan iqtidorli talaba-qizlardan Moliya fakulteti talabasi Zuxurova Moxira (“Jamoatchilik” yo’nalishi bo’yicha), Bank ishi fakulteti talabasi Fayziboyeva Asolat (“Fan”) va Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Mirvaliyeva Mohinur (“Jamoatchilik”) ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko’ra, barcha ishtirokchilarimiz Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligi va tuman Xotin-qizlar Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Bank ishi fakulteti 4-kurs talabasi Fayziboyeva Asolat tanlovning “Fan” yo’nalishi bo’yicha, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti 3-kurs talabasi Mirvaliyeva Mohinur “Jamoatchilik” yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovning Toshkent shahar bosqichiga yo’llanma oldilar.

Zulfiyaxonim qizlarining 7 soat davom etgan baxsida talaba-qizlarimizni institut Xotin-qizlar kengashi raisi B.Nurmuxamedova, Bank ishi va Moliya fakultetlari Xotin-qizlar boshlang’ich tashkilotlari raislari Z.Xudoyberganova va A.Umarova hamda bir guruh talabalar qo’llab-quvvatlab turdilar.

G’oliblarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ushbu nufuzli tanlovning keyingi bosqichlarida ham ularga omadlar tilab qolamiz.

Tadbir jarayonidan foto lavhalar.