October 31, 2019

“Innoweek – texnik taraqqiyot ko’rgazmasi”

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 29-31 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko'rgazma majmuasida “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftaligini o’tkazdi.

Ushbu tadbirning asosiy ishtirokchilari hisoblangan mahalliy va xorijiy tadqiqot va innovatsion markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar vakillari bilan bir qatorda “Moliya” fakultetining 2-bosqich MM-64 i guruh talabalari hamda “Iqtisodiyot” fakultetining IX-50,51 guruh talabalari ham ishtirok etdilar.

O’ylaymizki ushbu ko’rgazma real iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish natijalari bilan amaliy tanishish orqali mahalliy innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish maydonchasiga to’laqonli aylana oldi.

“Iqtisodiyot” fakulteti murabbiylari D.Bababekova va N.Xasanxonova.