October 31, 2019

Talabalar kengashi faoliyatida saylov oldi qizg'in jarayonlar.

2019-yilning 30-oktyabr kuni Toshkent moliya institutining faollar zalida Talabalar kengashi jamoasiga saylangan talabalar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Yig‘ilishni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.D.Karimova hamda Institut Yoshlar ittifoqi raisi K.S.Mahmudov olib bordilar. Uchrashuv davomida har bir fakultetning faol talabalari tomonidan saylangan 6 ta yo‘nalish bo‘yicha vitse-prezidentlar talabalarga tanishtirildi

Bu o‘tkazilgan yig‘ilishdan asosiy maqsad, Talabalar kengashi prezidenti hamda vitse-prezidentlariga faoliyat yo‘nalishlari haqida keng ma’lumot yetkazish edi. Bunga ko’ra vitsa-prezidentlar quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritadilar:

1. Vitse-prezident - Press service (Matbuot kotibi) – (Fakultet hamda institut doirasidagi tadbirlarni OAVlarida yoritish);

2. Vitse-prezident - Social life (Sport, tanlovlar, festivallar, bayram v.b ko‘ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish);

3. Vitse-prezident - Fundraising (Homiy va hamkorlar bilan ishlash, tashqi aloqalar o‘rnatish va tadbirkorlik masalalari);

4. Vitse-prezident - Academic life (Iqtidorli, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba - yoshlar bilan ishlash);

5. Vitse-prezident - Human Resources (HR) (Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash);

6. Vitse-prezident - Volunteerism (Volontyorlar bilan ishlash).

Shu o’rinda muhim masalaga e’tibor qaratsangiz. Har bir talaba Toshkent moliya instituti Talabalar kengashi Prezidenti hamda yuqoridagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha vitse-prezidentlik uchun o‘tkaziladigan saylovda o‘z nomzodlarini qo‘yishlari mumkin. Buning uchun 2-noyabr kuniga qadar Yoshlar ittifoqi yetakchisi K.Mahmudovga shaxs to’g’risidagi ma’lumotnoma va fuqarolik pasporti nusxasini topshirishlari kerak.

Barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz!