“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman kengashining “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu targ‘ibot dasturida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yunusobod tumani kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent moliya instituti Bank ishi, Soliqlar va sug‘urta, Byudjet hisobi va g'aznachilik fakultetlaridan 200 nafardan ortiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdilar.

Ushbu saylovoldi tadbir partiyaning g‘oya va maqsadini aholiga yetkazish maqsadida tashkil etildi. Targ‘ibot aktsiyasida yig‘ilganlarga partiyaning bu yilgi saylovoldi dasturidagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Yetkazilgan ma’lumotga ko’ra, partiya tomonidan 2020-2025-yillarda O‘zbekistonda servis iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va mamlakatni dunyoning sayyohlik markazlaridan bo‘lgan 10 ta davlat qatoriga kiritishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostidagi targ‘ibot aktsiyasi san’at nomoyondalarining chiqishlari bilan davom etdi.