April 28, 2020
Olmosh
Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir.
Kishilik olmoshlari nutq so‘zlanayotgan paytda ishtirok etgan yoki tilga olingan shaxs va narsaga ishora qiluvchi so‘zlardir. Kishilik olmoshlari asosan ot o‘rnida qo‘llanadi va uch shaxsni ifodalaydi: 1- shaxs (men) – so‘zlovchi, 2-shaxs (Sen) – tinglovchi, 3-shaxs (u) – nutq jarayonida ishtirok etmaydigan, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan eslatilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ko‘plikda esa 1-shaxs (biz) – so‘zlovchi va boshqa shaxslarni, 2-shaxs (siz) tinglovchi va boshqa shaxslarni, 3-shas (ular) nutq jarayonida ishtirok etmaydigan birdan ortiq shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Kishilik olmoshlari nutqda quyidagi xususiyatrga ega bo‘ladi:
1) kishilik olmoshlari, o‘z ma’nosidan tashqari, shaxs va son ma’nosi ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. Masalan, kamtarlik ma’nosida men o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Biz o‘z tadqiqotimizda sohaga doir yirik olimlarning fikrlariga tayandik. Ba’zan xuddi shunday shaklda manmanlik ma’nosi ham yuzaga kelishi mumkin: Biz o‘z ishimizni bilib qilamiz, maslahatingizga zor emasmiz! Ichki monologik nutqda sen olmoshi men o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Bunda so‘zlovchining o‘z-o‘zini tergashi anglashiladi:Sen o‘z odobing, g‘amxo‘rliging bilan odamlar ko‘ngliga yo‘l topa olishing kerak; 2) I shaxs ko‘plikdagi kishilik olmoshi biz II shaxs ko‘plik- dagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Bunday qo‘llanishda ko‘pincha boshqa shaxslarni ma’lum bir ishni bajarishga tashviq qilish, undash ma’nosi anglashilib turadi: Qani, endi biz ham ishga tushaylik. 3) I shaxs ko‘plikdagi biz olmoshi II shaxs birlikdagi sen olmoshi o‘rnida qo‘llanganda shaxs va son ma’nosi birlikda ko‘- chadi: Xush, biz endi buyog‘iga nima deymiz? 4) kishilik olmoshlaridan men ko‘plik affiksi bilan qo‘llanmaydi. Sen olmoshi -
lar affiksi bilan birga qo‘llanganda tinglovchi va boshqa shaxslarga munosabatni yoki tinglovchiga nisbatan Mensimaslik ma’nosi ifodalanadi: Senlar hech qachon yaxshilikni bilmaysanlar!
Ko‘rsatish olmoshi. Ko‘rsatish olmoshi shaxs, narsa yoki belgini ko‘rsatish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.Olmoshning
bu turiga: u, bu, shu, usha, mana shu, ushbu kabi so‘zlar kiradi. Ko‘rsatish olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda ko‘rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o‘sha; 2) qo‘shma ko‘rsatish olmoshlari: mana shu, ana shu, mana bu, anavi (ana u).
So‘roq olmoshlari. Nutq jarayonida ishtirok etuvchilarga ma’lum bo‘lmagan narsani aniqlab bilish uchun ishlatiladigan olmoshlar so‘roq olmoshlari deyiladi.
So‘roq olmoshlari shaxsga (kim), narsaga (nima), belgiga (qaysi, qanday), miqdorga (necha, qancha), vaqtga (qachon), maqsad va sababga (nega, nimaga) va o‘ringa (qani) munosabat bildirishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
O‘zlik olmoshi aniq yakkalikni ajratish, belgilash va ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Olmoshning bu turi o‘z so‘zidan iborat bo‘ladi. O‘z olmoshi har uchala shaxs, birlik va ko‘plikdagi kishilik olmoshlari o‘rnida ishlatilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan narsani ko‘rsatadi. O‘z olmoshi barcha gap bo‘lagi vazifasida kela oladi: Bu ishni o‘zim bajardim. O‘z uyim — o‘lan to‘shagim. Onajon, meni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan tarbiyachim o‘zingsan. O'zlik - ot, o'zga - sifat(tub), o'zboshimcha, o'zbilarmon - sifat, o'zicha, o'z-o'zidan, o'zidan o'zi - ravish!
Belgilash olmoshlari narsa va shaxslarning to‘dasini,
jamini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra ularni ikki kichik guruhga, ya’ni jamlash va belgilash olmoshlariga ajratish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi olmoshlar jamlikni ifodalasa, ikkikchi guruhga kiruvchi olmoshlar narsani
qisman jamlash bilan birga ta’kidlab, belgilab, aniqlab ko‘rsatadi. 1.Jamlash olmoshlariga hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi so‘zlari kiradi. Bu olmoshlar narsa hamda shaxslar o‘rnida qo‘llanib, ot o‘rnida, narsa belgisini ko‘rsatib, sifat o‘rnida keladi. 2.Belgilash olmoshlariga har so‘zi va shu so‘zning ayrim so‘roq olmoshlari, shuningdek, bir, narsa kabi so‘zlar bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘zlar kiradi: har kim, har nima, har qanday, har narsa, har
bir. Demak, belgilash olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) tub so‘z holidagi har so‘zi, asosan, ot oldidan kelib, uning belgisini sanash, ta’kidlash uchunxizmatqiladi:Hartoshlarki,odamningvahmikeladi.(S.A.); b)qo‘shma so‘z holida: har + so‘roq olmoshlari, har+ bir, har+ narsa shaklda qo‘llanadi.
Bo‘lishsizlik olmoshi. Bo‘lishsizlik olmoshlari narsa
yoki belgiga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi bo‘lishsiz shaklda kelib, inkor mazmunli gap hisoblanadi. Bu olmoshlar hech so'ziga so'roq olmoshlari, bir, narsa so'zlarini qo'shish orqali yasaladi. Hech kim, hech qachon, hech qanday, hech narsa, hech bir va boshqalar.
Gumon olmoshlari. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildiradi. Bu olmoshlar asosan ot
va sifat o‘rnida qo‘llanadi va quyidagicha hosil bo‘ladi:
1.Alla + so‘roq olmoshlari. a) allanima, allakim olmoshlari ko‘pincha ot o‘rnida ishlatilib, turli kelishik affikslari, egalik va
ko‘plik qo‘shimchalarini oladi: Bobom goho behushday allanimalarni shivirlab qo‘yadi.(O) b) allaqanday, allaqancha (allaqanaqa, allaqaysi) olmoshlari narsaning sifatiy va miqdoriy belgisi haqidagi noaniqlikni ko‘rsatadi. 2. So'roq olmoshlar + dir. M-n, kimdir, nimadir, qachondir. 3. birov, biron, bironta. 4. falonchi, fistonchi.
Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra:1)sodda, 2)qo‘shma, 3)juft, 4) takroriy olmoshlarga bo‘linadi.
1.Sodda olmoshlar bir uzakdan tuzilib, tub yoki yasama bulishi mumkin. Tub olmoshlar bir asosiy morfemadan tashkil topadi: men, sen, u, shu, kim, bu, nima kabilar. Yasama olmoshlar:–cha, -day, - dek yasovchilarini olish bilan boshqa so‘z turkumiga ko‘chadi: buncha, uncha, shuncha, bunday, unday, shunday, meningcha, menday, o‘zicha, uziday, sizcha, sizday, sizsira(moq) kabilar. Gumon olmosh-
larini yasovchi alla- va -dir morfemalari affiks emas, yordamchi unsur sifatida olmoshniing bir turidan ikkinchi turini shakllantiradi: allakim, kimdir kabi.
Qo'shma olmoshlar birdan ortiq o‘zaklarnnig birikishi asosida
shakllanadi. Har kim, mana shu, hech qaysi, hech qanday, har qaysi.
Juft olmoshlar turli xil olmoshlarning teng aloqa asosida bog‘lanishidan tuziladi. Nutqda, asosan, kishilik, ko‘rsatish olmosh-
lari juft holda ishlatiladi: siz-biz, u-bu, uni-buni.
Takroriy olmoshlar bir xil o‘zakli olmoshlarning teng aloqa asosida takroridan tuziladi. Takroriy olmoshlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Nutqda ko‘rsatish, so‘roq, o‘zlik, belgi- lash olmoshlari takrorlanib qo‘llanadi. Bunda ular a) hech qanday affikslarsiz bir asosiy morfema shaklida takrorlanadi: shu-shu, o‘z-o‘z, kim-kim, qancha-qancha, necha-necha; b) ularning biriga yasovchi yoki so‘z o‘zgartuvchi affikslar qo‘shilgan holda takrorlanadi: o‘zidan-o‘zi, o‘z-uzicha.
Yuqoridagi ma'lumotlar mustaqil o'qish uchun taqdim etildi!