YOG‘IY -Dushman, g‘anim. ISNOD -Uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog‘ tushiradigan ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat. MURID -Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs. MURSHID -Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz. SHAYX -Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilar- ga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. XONAQOH 1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi. 2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar. G‘O‘CH (shevada) Mard, botir.
Siz bilasizki, adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining ta’minlanishi uchun yana ikki turli me’yorga amal qilish lozim. Bu me’yorlar quyidagilardan iborat: 1) imlo (orfografik) me’yorlari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari. Imlo me’yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Imlo qoidalari savodxonlikni ta’minlashning asosi hisoblanadi. Yozuv madaniyatini shakllantirishda tinish belgilarini qo‘llash qoidalarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda so‘zlar...
Mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mallari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor: 1) xabar mayli, 2) buruq-istak mayli, 3) shart mayli, 4) maqsad mayli.
Fe’l so‘z turkumi 1-§. Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar.