August 11, 2020

7- adabiyot_@Uztilim

1. Saida Zunnunovaning ilk she’ri qanday nomlangan?

A) «Xayrixon»

B) «Gullar vodiysi»

C) «Qizlarjon»

D) «Salom senga»

2. To‘g‘ri hukmlarni toping.

1) Saida Zunnunovaning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari

nashr etilgan.

2) Saida Zunnunovaning ilk she’ri Andijon viloyatining «Paxta

fronti» gazetasida bosilgan.

3) Akademik shoir G‘. G‘ulom S. Zunnovaning birinchi to‘plamiga

«Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib bergan.

4) S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlarni Said Ahmad aytgan:

«U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan

dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga

rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon

yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi».

5) Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida

ulg‘aygan.

A) 1, 3, 4, 5

B) 1, 2, 3, 4, 5

C) 1, 2, 3, 5

D) 1, 2, 3, 4

3. Saida Zunnunovaning she’riy to‘plamlarini toping.

1) «Yangi she’rlar»;

2) «Gullar vodiysi»;

3) «Qizlarjon»;

4) «She’rlar»;

5) «Bir yil o‘ylari»;

6) «Nilufar»;

7) «Sodiq va Anor»;

8) «Xayrixon»;

9) «Surat bilan suhbat».

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

B) 1, 2, 3, 4, 5, 6

C) 1, 3, 4, 5, 7

D) 1, 3, 5, 6, 8, 9

4. Saida Zunnunovaning dostonlarini toping.

1) «Gullar vodiysi»;

2) «Qizlarjon»;

3) «Bir yil o‘ylari»;

4) «Sodiq va Anor»;

5) «Xayrixon»;

6) «Surat bilan suhbat»;

7) «Qo‘shnilarim».

A) 1, 2, 6, 7

B) 4, 5, 6, 7

C) 3, 4, 5, 7

D) 1, 3, 5, 6

5. Saida Zunnunovaning qaysi asarini «Iymoni butun onalarga,

ayollarga madhiya», – deyish mumkin?

A) «Surat bilan suhbat»

B) «Qo‘shnilarim»

C) «Bir yil o‘ylari»

D) «Sodiq va Anor»

6. Saida Zunnunovaning qaysi dostonida onaning urush tufayli ota

mehridan benasib bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan

o‘g‘lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari

tasvirlanadi?

A) «Surat bilan suhbat»

B) «Qo‘shnilarim»

C) «Bir yil o‘ylari»

D) «Sodiq va Anor»

7. Saida Zunnunovaning qaysi asarida onaning qalbidagi ikki

qarama-qarshi kechinma – farzandining kamolga yetgani, to‘yini

ko‘rganidan quvonchi, shukronaligi hamda shu kunlarga

yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduhli xotiralari tasvirlanadi?

A) «Surat bilan suhbat»

B) «Qo‘shnilarim»

C) «Bir yil o‘ylari»

D) «Sodiq va Anor»

8. S. Zunnunovaning hikoya va qissalari o‘rin olgan kitoblarni

toping.

A) «Ona», «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan»,

«San’atkor», «Qanot», «Ko‘zlar»

B) «Do‘stlik», «Qanot», «Olov», «Qo‘shnilarim», «Ko‘zlar»,

«Povest va hikoyalar», «Gulxan»

C) «Ko‘chalar charog‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay», «Kamalak»,

«Ona»

D) «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «Do‘stlik»,

«Qanot», «Olov», «Ko‘chalar charog‘on», «Bo‘ylaringdan

o‘rgilay»

9. Saida Zunnunovaning pyesalarini toping.

A) «Gulbahor», «Povest va hikoyalar»

B) «Ona», «Ko‘zlar»

C) «Ko‘chalar charog‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay»

D) «Mardlik cho‘qqisi», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay»

10. Quyidagi misralar Saida Zunnunovaning qaysi she’ridan

olingan?

Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida,

Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!

A) «Salom senga» she’ridan

B) «Qizimga» she’ridan

C) «Mening vatanim» she’ridan

D) «Yer uzra qo‘ndi oqshom» she’ridan

11. Saida Zunnunova «Qizimga» she’rida: «ming gulshanning

gullaridan rohatbaxsh» – deya nimani ta’riflaydi?

A) qizining qo‘lchalarini

B) qizining sochlarini

D) qizining barmoqlarini

D) qizining ko‘zlarini

12. S. Zunnunova qaysi she’rida: «Insoniylik hurmati ichaman

qasam», – degan so‘zlarni keltiradi?

A) «Salom senga»

B) «Buvilar duoga qo‘llarin ochib»

C) «Qizimga»

D) «Mening Vatanim»

13. S. Zunnunova «Yer uzra qo‘ndi oqshom» she’rida: «Dudog‘ing

guldan xushbo‘y, yuzlaring undan xushro‘y», – deya kimning

tasvirini chizadi?

A) buvisining

B) onasining

C) qizining

D) nevarasining

14. S. Zunnunova qaysi she’rida «sevgili yor rasmini Chizmoqqa

munosib rang topolmayin chamanda tentirab yurgan rassomday»

misralarini keltiradi?

A) «Buvilar duoga qo‘llarin ochib»

B) «Yer uzra qo‘ndi oqshom»

C) «Qizimga»

D) «Mening Vatanim»

15. Quyidagi misralar S. Zunnunovaning qaysi she’ridan olingan?

To tirik ekanman, mehring, g‘ururing

Mehnatda, rohatda jonim payvandi,

Sen mening sevganim, sen maqtaganim!

A) «Buvilar duoga qo‘llarin ochib»

B) «Yer uzra qo‘ndi oqshom»

C) «Qizimga»

D) «Mening Vatanim»

16. S. Zunnunova qaysi she’rida «Yuz bahorning yellarimi

sochlarimni silagan» tasvirini keltiradi?

A) «Buvilar duoga qo‘llarin ochib»

B) «Yer uzra qo‘ndi oqshom»

C) «Qizimga»

D) «Mening Vatanim»

17. «Dunyoda ne yaxshi xislatlar, Hammasi, hammasi senda

mujassam» deganda shoira kim yoki nimani nazarda tutadi?

A) otasini

B) do‘stini

C) qizini

D) Vatanini

18. Saida Zunnunovaning ilk she’ri qaysi gazetada bosilib chiqqan?

A) «Paxta fronti» gazetasida

B) «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida

C) «O‘zbekiston ovozi» gazetasida

D) «Qizil O‘zbekiston» gazetasida

19. Saida Zunnunova qaysi gazeta va jurnallarda ishlagan?

1) «Gulxan» jurnalida;

2) «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida;

3) «Saodat» jurnalida;

4) «Paxta fronti» gazetasida.

A) 1, 2

B) 2, 3

C) 1, 3, 4

D) 1, 2, 4

20. Shuhratning qaysi kitoblarida urushda qatnashgan odamning

tuyg‘ulari, urushning vayronagarchiliklariga nisbatan nafrati ta’sirli

aks ettiriladi?

1) «Shinelli yillar daftari»;

2) «Farzand»;

3) «So‘lmas chechaklar»;

4) «Guldursun»;

5) «Uch qiz afsonasi».

A) 1, 2, 3

B) 2, 3, 4

C) 1, 3, 5

D) 3, 4, 5

21. Shuhratning balladalarini toping.

1) «Mardlik afsonasi»;

2) «Mehrol»;

3) «Guldursun»;

4) «Uch qiz afsonasi»;

5) «Jamila»;

6) «Qora va oq aravacha haqida ertak»;

7) «Ona va farzand»;

8) «Raymonda».

A) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8

B) 2, 3, 4, 5, 7

C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

D) 1, 2, 3, 4, 6, 8

22. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro yerlarida bo‘lgan urush

voqeasi aks etgan?

A) «Jamila»

B) «Raymonda»

C) «Ona va farzand»

D) «Farzand»

23. Shuhratning qaysi asarida To‘marisning tengsiz shijoati

tasvirlangan?

A) «Ona va farzand»

B) «Raymonda»

C) «Mardlik afsonasi»

D) «So‘lmas chechaklar»

24. Shuhratning qaysi balladasida arab qizining fransuz

bosqinchilariga qarshi kurashi tasvirlangan?

A) «Jamila»

B) «Raymonda»

C) «Ona va farzand»

D) «Farzand»

25. Shuhratning qaysi balladasida Vetnamda borayotgan urushga

qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etilgan?

A) «Ona va farzand»

B) «Raymonda»

C) «Mardlik afsonasi»

D) «So‘lmas chechaklar»

26. Shuhratning birinchi romanini toping.

A) «Oltin zanglamas» romani

B) «Shinelli yillar» romani

C) «Jannat qidirganlar» romani

D) «Mashrab» romani

27. Shuhratni elga mashhur qilgan asari qaysi?

A) «Oltin zanglamas» romani

B) «Shinelli yillar» romani

C) «Jannat qidirganlar» romani

D) «Mashrab» romani

28. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro tuzumining eng adolatsiz, eng

chirkin bosqichi bo‘lmish qatag‘on davri mahorat bilan aks

ettirilgan, adib asarda aks etgan voqealarni o‘z boshidan

o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va ulkan

muvaffaqiyat qozongan?

A) «Oltin zanglamas» romanida

B) «Shinelli yillar» romanida

C) «Jannat qidirganlar» romanida

D) «So‘lmas chechaklar» dostonida

29. Shuhrat qaysi romanidagi qahramonlar haqida: «Ular men bilan

bo‘lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning

atrofidamas, naq ichida bo‘lganman. Bu mavzuda biron narsa

yaratmasam, ko‘nglim o‘rniga tushmas edi», – deb yozadi?

A) «Oltin zanglamas» romanidagi

B) «Shinelli yillar» romanidagi

C) «Jannat qidirganlar» romanidagi

D) «So‘lmas chechaklar» dostonidagi

30. Xalq tomonidan To‘marisga berilgan o‘xshatishlar to‘g‘ri

ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Aqli daryoga o‘xshatiladi.

2) Har bir so‘zi durga o‘xshatiladi.

3) Mehri dengizga o‘xshatiladi.

4) Har bir so‘zi shakarga o‘xshatiladi.

5) Mehri ko‘lga o‘xshatiladi.

A) 1, 2, 3, 4, 5

B) 1, 2, 3, 5

C) 1, 2, 4, 5

D) 1, 2, 5

Mavlon Burxanov