Foydali ma'lumotlar!
Bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi. Tildagi har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsiz shakl esa uning inkorini ifodalaydi: keldi- kelmadi. Fe’lning bo‘lishli shakli maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Chunki uning bosh shakli doimo bo‘lishli
bo‘ladi. Bo‘lishsizlik esa quyidagi kabi maxsus vositalar yordamida ifodalanadi:
-ma affiksi deyarli barcha fe’l shakllarida bo‘lishsizlik ifodalash uchun xizmat qiladi: kelmadi, kemagan, kelmabdi kabi. Fe’lning ba’zi vazifadosh shakllarining bo‘lishsizligini hosil qilishda –ma affikisining quyidagi morfologik shakllaridan foydalaniladi:
-maslik affiksi harakat nomining bo‘lishsiz shaklini yasaydi: aytish-aytmaslik, borish-bormaslik kabi.
-may\-mayin affiksi fe’lning –b(-ib) affiksi bilan yasaluvchi ravishdosh shaklining bo‘lishsiz shaklini yasashda ishlatiladi : bilib-
bilmay, ko‘rib-ko‘rmay.
-mas affiksi fe’lning –r//-ar qo‘shimchasi asosida hosil bo‘ladigan shaklining bo‘lishsiz shaklini hosil qilishda ishlatiladi: yurar- yurmas, borar-bormas.
ma affiksi yetakchi+ko‘makchi fe’lli birikmalarga quyidagicha qo‘shiladi:1) yetakchi fe’lga qo‘shiladi: bormay tur; 2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: bora ko‘rma; 3) har ikkalasiga qo‘shiladi: bormay qo‘yma.. Bunday birikuvda yetakchi yoki ko‘makchi fe’l yoki ularning har ikkalasi birgalikda ifodalaydigan ma’no o‘zaro farqlanadi: a) -ma affiksi yetakchi fe’lga qo‘shilganda, ana shu fe’lga xos harakat inkor etiladi. Biroq ko‘makchi felda bo‘lishlilik ma’nosi saqlanadi: yurmay qoldi, kelmay qo‘ydi kabi; b) bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bu fe’l bildirgan ma’nodagi harakatning inkori ifodalanadi: kelib qolmadi, aytib qo‘ymadi; d) bo‘lishsilik shakli yetakchi va ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda esa qat’iy bo‘lishlilik ifodalanAdi: aytmay qo‘ymadi, kelmay qo‘ymadi
emas to‘liqsiz fe’li faqatgina –gan qo‘shimchali sifatdosh va - moqchi affiksli maqsad maylidagi fe’llarning bo‘lishsiz shaklini yasash uchun qo‘llanadi: ketgan emas, ketmoqchi emas kabi
yo‘q so‘zi faqatgina –gan// -yotgan qo‘shimchali sifatdoshning bo‘lishsiz shaklini yasash uchungina qo‘llaniladi: 'yozgani yo‘q., borayotgani yo‘q. Bu fe’llarning yuq so‘zi yordamida yasaluvchi inkor shaklida shaxs-son ko‘rsatkichlari fe’lning o‘ziga qo‘shiladi: yozganim yo‘q, borganing yo‘q, kabi.
na yordamchisi vositasida harakatning inkori alohida ta’kid bilan ifodalanadi. Bunda fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanishi mumkin. Fe’lning o‘zi bo‘lishsiz shaklda qo‘llanganda, na yordamchisi bog‘lovchi vazifasini bajaradi va ma’noni kuchaytirish- ga xizmat qiladi: Na o‘qidi, na yozdi.
Bo‘lishsizlik ma’nosining ifodalanishida ohangning ham alohida o‘rni bor. Bunday hollarda inkor shakli bo‘lsa, tasdiq ma’nosi, tasdiq shakli bo‘lsa, inkor ma’nosi anglashiladi: Bu bosh bevafo dunyoda nimalarni ko‘rmadi deysiz.(tasdiq). Ketasiz-a, ketasiz,... sizni bu yerdan ketkizarmidik (inkor)