April 25, 2020
Sifat
Sifatning otlashishi. Sifatning otlashuvi substantizatsiya deb yuritiladi. Sifatlar otlashganda belgini emas, otlar singari narsa yoki shaxs tushunchasini anglatadi. Sifat nutqda sifatlanmish tushirilib, uningvazifasida sifatlovchi ishlatilganda otlashadi: ko‘r (odam) tutganini qo‘ymaydi, kar (odam) eshitganini.
Otlashgan sifat otlar singari kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda quyidagi vazifalar bajaradi: a) ega: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi; b) to‘ldiruvchi: Mardni maydonda sina; v) qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq;
Yuqoridagi ma'lumotlar mustaqil o'qish uchun taqdim etildi.