August 11, 2020

10-sinf ona tili

YOG‘IY -Dushman, g‘anim.
ISNOD -Uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog‘ tushiradigan ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat.
MURID -Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs.
MURSHID -Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
SHAYX -Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilar- ga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.
XONAQOH 1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi. 2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar.
G‘O‘CH (shevada) Mard, botir.
OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuv- chi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.
Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘lla- nadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘lla- nadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi.
OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.
Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega. Oziq «odam va boshqa joni- vorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi. Ne’mat badiiy uslubga xos.