April 29, 2020
Test tahlillari
Buyrug'ingizga so'zining ikkinchi ko'makchi morfemasidagi barcha undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega bo'la oladi? 1) jarangli yoki jarangsizligiga ko'ra;
2) shovqinli yoki sonorlarga mansubligiga ko'ra;
3) hosil bo'lish o'rniga ko'ra;
4) hosil bo'lish usuliga ko'ra;
A)1,3 B)2,4 C)1,4 D)2,3 Demak, ikkinchi ko'makchi morfemasi - ingiz! Ng va z - jarangli til undoshlari. Javob A✅
grekcha so'z b'olib
, “Harf o`rgatish va yozish san’ati”, “harf” ma‟nolarini bildiruvchi atama nomini toping. A) orfografiya B) grafika C) morfologiya D) grammatika Javob B✅
Xato yozilgan so’zlar qatorini toping. A) inflatsiya, budjet, koordinatsiya B) aksioner, abstrakt, arbitr C) krebdeshin, nevralogiya, ta’magir✅ D) trillion, shosse, kompensatsiya
Sozning shakl va ma’no munosabatiga ko
ra turlari qanday she’riy san‟atlarni yuzaga keltiradi? A) tajnis, tazod B) tashxis, tajnis, tazod C) tajnis, tanosub, tazod ✅ D) tashxis, tajnis
Qaysi javobda o’z paronimi bilan o’zaro bir xil so’z turkumiga mansub bo’la olmaydigan so’z berilgan? A) tanbur B) ta’rif C) to’fon D) undash✅ Chunki Undash(fe'l) -undosh(ot)
Qaysi qatordagi gapda 2 ta affiksatsiya, 1 ta kompozitsiya usuli bilan yasalgan sifatlar bor? A) Shirinsuxan, oqko’ngil odamlar mevali daraxtga o’xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. B) Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. C) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi.✅ D) Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko’rki, ishyoqmaslar esaularning og’riq joyidir. C javob: balandparvoz - kompozitsiya, quruq, bemaza - affiksatsiya
Qaysi javobda sifat+ot kompozitsiyasidan hosil qilingan qo’shma so’zlar ko’rsatilgan? 1) olaqarg’a; 2) sheryurak; 3) qizilishton; 4) kelintushdi; 5) shirinso’z; 6) achchiqtosh. A)2,3,6 B)2,4,5,6 C)1,2,3,4,6 D)1,3,5,6✅
Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson koproq nafratlanadi.Ushbu gapdagi yasama so
zlar qaysi so`z turkumlaridan yasalgan? 1) fe‟l; 2) ot; 3) sifat; 4) ravish. A)1,2,3,4 B)1,2,3✅ C)2,3,4 D)2,3 Demak, yomon/lik- sifatdan, yasa/ma- fe'ldan, ezgu/lik- sifatdan, nafrat/lan - otdan
Qaysi gaplarda ma’no jihatdan bir turdagi ravishlar qatnashgan? 1) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. 2) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar. 3) Bu voqea xuddi kechagina bo’lgandek, ammo darrov uch yil o’tibdi. 4) Kun kech bo’ldi, ertaga erta bilan yo’lga chiqamiz. A)1,2,3 B)1,2 C)2,3,4 D)2,4✅
Qaysi qatorda yetakchi fe’li qo’shma fe’ldan iborat bo’lgan ko’makchi fe‟lli so’z qo’shilmasi berilgan? A) Eshik ochilganda Sherzod mudrab yotardi. B) Tog’lar loqayd bir ulug’vorlik bilan sukut saqlashar va bag’ridagi odamlarning yaxshi-yomon ishlariga tilsiz guvoh bo’lib turishar edi. C) Nega mening nomimni birinchi qilib yozib qo’yding? D) U g’ashi kelib yuz o’girdi-da, deraza oldiga borib o’y surdi Javob C✅ guvoh bo'lib(qo'shm fe'l) turmoq
Davomi bor...