April 25, 2020

Ot_test!

1) Qaysi gapda yasama sifatdan yasalgan ot aniqlovchi vazifasini bajargan?
A) Bola ovchilar tomonidan jarohatlangan oqqushni davolabdi.
B) Bahor barchaning diliga ajib bir harorat, iliqlik olib kirdi.
C) Ukasi Husanning harakatlari unga juda yoqdi.
D) Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan.
2) Kerakli toshning og‘irligi yo‘q.
Gapdagi yasama otning asosi qaysi so‘z turkumiga taalluqli?
A) ravish
B) sifat
C) modal so‘z
D) ot
3) Otli so'z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
A) kitob o‘qimoq, daftarga yozmoq, ohista gapirmoq B) beqiyos o‘lka, o‘quvchilarning beshtasi, hammasidan katta
C) opam va kitob; siz bilan biz; ba‘zan qor, ba‘zan yomg‘ir
D) Uyga kirish, shoshilib gapirish, hammadan tezroq 4) Qaysi gapdagi yasama sifat tarkibidagi sifat yasovchi qo'shimcha, ot yasovchi qo'shimcha bilan shakldoshlik hosil qilmaydi?
A) Bog‘dan yumshoq, namxush xazon hidi ko'tarilib, uning xayollarini to'lin oy olib ketardi.
B) Bu o ‘lkada iqlim iliq, suv mo‘l, yer unumdor, quyosh nuri ko‘p.
C) Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo‘lishi kerak. D) O‘ymakor gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, eski eshikka kiramiz.
5) Qaysi javobda paronimi mavjud bo‘lgan ot berilgan?
A) asil
B) halol
C) xiyla
D) ta’rif
6. Qaysi gapda ot asosli sodda yasama fe‘l fonetik o'zgarishga uchragan?
A) Kichkina bola ham bu gapga ishonmaydi.
B) Mening o'rtog'im qishloqda yashaydi.
C) Yerlar kuzda ishlanib, mahalliy o'g'itlar bilan boyitildi.
D) Izg'irindan ko'zlar yoshlanadi, oyoq ostidagi qorlar g'irchillaydi.
7) So‘z ochma boshqa bo‘stondan, menga bo‘ston shu bo‘stondir, Shu bo'ston kaftida durdona bizning O‘zbekistondir.
Ushbu parchada necha o'rinda ot so‘z turkumiga oid so‘z ega vazifasini bajargan?
A) 4 o'rinda
В) 1 o'rinda
C) 3 o‘rinda
D) 2 o ‘rinda
8) Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qo‘shma ot qatnashgan?
A) Qizilurug‘ kechroq unadi, lekin ko’p hosil beradi. B)Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo bo‘ylab parvoz qilmoqda.
C) Asror belbog‘ini qaytadan bog‘lab, ikki qo‘li bilan belini siqib qo’ydi.
D) Ko‘rgazmada atoqli rassomlar yaratgan rasmlarni tomosha qildik.
9) Qaysi javobda ot turkumiga oid o'zaro ma'nodosh so'zlar qatori berilgan?
A) armug‘on,tuhfa,tortiq
B) barvasta,norgul,barzangi
C) tantiqlik,mardlik,saxiylik
D) chiroy,ko'rk,suluv
10) O'z fikrini o 'ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam aqllidir. Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so'zlar haqida berilgan qaysi fikr to'g'ri emas?
A) Yasalish asosi yasama so'z bo'lgan so'z qatnashgan.
B) Yasama otning yasalish asosi fe'l turkumiga mansub.
C) Yasama fe'llarning yasalish asoslari ot turkumiga mansub.
D) Yasalish asosi ot bo'lgan sifat qatnashgan.
11) Qaysi qo‘shimchalar ot yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha sifatida o‘zaro omonim bo’la olmaydi?
A) –in, -m
B) –lay, -chi
C) –a, -k
D) –xon, -choq
12) Qaysi gap tarkibida yasalish asosi ot turkumiga mansub bo‘lgan sodda yasama fe’l ishtirok etgan?
A) Qurilish ishlarining avj olishi yurtimizning go‘zallashib borishiga olib kelmoqda.
B) Olmaliqda kon - metallurgiya sohalari bo‘yicha mutaxasislar tayyorlaydigan davlat oliy o‘quv yurti bor.
C) Pishiqchilik mavsumi Farg’ona viloyati bozorlari faoliyatini yanada rivojlantirishga yordam berdi.
D) Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o’zbek qo’shiqchiligi rivojida muhim o’rin tutadi.
13) Qaysi gapda ega omonim ot bilan ifodalangan? A) Unisi o‘ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o‘z qilig‘idan azob chekadi.
B) Qalbimga o‘t yoqdi.
C) Bog‘imizning gavjumligi bejiz emas edi.
D) Onam har gal xokandozni bo‘shatganida qop-qora chang ko‘tariladi.
14) Yasalish asosi fe’lga mansub bo‘lgan otlar berilgan javobni belgilang.
A)pishiqchilik, suvoqchilik, kamchilik
B)siniq, to‘liq, to‘kin
C)terimchilik, atamashunos, chidam
D)sog‘inch, o‘kinch, sevinch
15) Qaysi gapda qatnashgan yasama otlarning barchasi o‘zaro bir xil turkumga oid so‘zlardan yasalgan?
A) Direktor o‘tkazilgan ko‘rikda ko'rgazmaning oliy yutug‘ini qo‘lga kiritgan emish.
B) Bir ayol unga mehribonlik bilan tikilib turar, qilgan yaxshiligi uchun minnatdorchilik bildirishga, tilaklarini aytishga chog‘lanar edi.
C) Oqqirov kasalligini yuzaga keltiruvchi organizmlar g‘o‘za barglarida in quradi, chirindilar orasida qishlaydi.
D) Akam traktor terimidan so‘ng hovlining kamchiliklarini tuzatishga kirishdilar
Muallif: Biloliddin AKBAROV