May 1, 2020

Sifat_test


1. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi orttirma darajadagi sifat qo'langan?
A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov kelmoqda.
B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
C) Hovli tor, devorlari baland edi.
D) Bultur bahorda eshigimiz oldiga yap-yangi "Malibu" kelib to'xtaganda boshlangan hammasi.
2. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori aniqlang.
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
3. Qaysi qatordagi gap tarkibida egaga tobelangan qo'shma sifat berilgan?
A) Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma.
B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
C) Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
D) Shirinsuhan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi. 4. Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so'z shaklida tuzilgan?
A) Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi.
B) U paytda qing'ir-qiyshiq ko'chalar ko'p bo'lgan.
C) Menga o'xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. D) U yosbligidan ota-onasiz katta bo'lgan.
5. Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Uyga kelib qarasa, hamma yoq ag'dar-to'ntar bo'lib yotibdi.
B) Bu masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi?
C) Shag'al to'kilgan o'ydim-chuqur yo'ldan yurish it azobini beradi.
D) Barcha javoblar to'g'ri
6. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi.
Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.
1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hol vazifasida
A)1, 3, 4, 5
B)1, 3, 5
C)2, 4, 5, 6
D)1, 2, 3, 5
7. Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud?
1. Yo'lning ikki betidagi daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan tovlanadi.
2. Uning chanqoq ko'zlari, siyrak qoshi, aqlini aks ettirib turardi.
3. Pastdagi bog'dan xazon hidi ko'tarilib, uning xayollarini to'lin oy sehrlagan dalalarga olib ketar edi.
A) 1 va2
B) 1, 2, 3
B) l va 3
C) 2 va 3
8. Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog'langan qatorni aniqlang.
A) Yorug'lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi.
B) Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi.
C) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi.
D) Barchasi
9. Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yarekan. ( "Susambil") Ushbu gapda yasama so'z qaysi so'z turkumiga mansub va qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
A) sifat, aniqlovchi
B) ravish, hol
C) fe'l,kesim
D) fe`l shakl, hol
10. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Ular yolg'izoyoq yo'ldan nihoyatda sekin borishardi.
B) Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi.
C) Dunyoda eng orzumand xalq o'zbek bo'lsa ajabmas.
D) Barcha javoblar to'g'ri
11. Takroriy sifatlar berilgan gapni aniqlang.
A) Tabassumdan gul-gul yondi qizning yanog'i.
B) O'z onamni elas-elas xotirlayman.
C) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti.
D) Barchasi
12. Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi.
Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada?
A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada
B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada
D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
13. Qaysi javobdagi so'z birikmalari tarkibida sifatlashuv hodisasi ro'y bergan?
A) chiroyli gul, ajoyib kitob, murakkab tushuncha
B) ifodali o'qimoq, ta'sirchan gapirmoq, qattiq yo'talmoq
C) chinni piyola, piyoda askarlar, billur qandil
D) oltin kuz, singan ko'za, mis tanga
14. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
A) Yaxshi fazilat insonning ziynatidir.
B) Shirin oshing bo'lguncha, shirin so'zing bo'lsin.

C) Tovus o'zining chiroyli patini har doim asrab-avaylaydi D) Do'ppili odamni ko'rsam, ona qishlog'im ko'z oldimga keladi.
15.Predmetlarning xususiyatlarini bildiruvchi sifatlarni toping.
A) shirin, achchiq, nordon
B) novcha, og`ir, katta
C) kamtar, xushfe`l, sho`x
D) devoriy, tonggi, xushbo`y
16. Predmetning o‘rin yoki vaqtga nisbatan belgisini bildiruvchi sifatlarni toping.
A) Uydagi qiziqarli kitoblarni olib ketdi B) Bog‘dagi gullardan birini saraladi
C) Qishki kiyimlarni yig`ishtirib qo`ydim D) A,B,C
17.Qaysi sifatlar xususiyat bildiruvchi sifatlarga kiradi? A) andishali, sho‘x
B)qimmatli, egri
C) pushti, qirmizi
D) mazali, yumaloq
18. Asliy sifatlar berilgan qatorni toping.
A) qishki, derazali, ko`chma
B) go`zal, chiroyli, shirin
C) oq, aqlli, yuzaki
D) B va C
19. Nisbiy sifatlar berilgan qatorni toping.
A) qishki, derazali, ko`chma
B) go`zal, chiroyli, shirin
C) oq, aqlli, yuzaki
D) B va C
20. Qaysi qo‘shimchalar rang-tus sifatlarigagina qo‘shilib belgining me’yordan ozligini bildiradi?
A)–roq
B)-mtir,-ish
C) –imtir
D) –imtir,- roq
21.Bunisi xiyol kattaroq ko‘rindi.
Ushbu gapdagi sifat qaysi darajada qo‘llangan?
A) oddiy
B) qiyosiy
C) orttirma
D) ozaytirma
22. Fe’ldan yasalgan sifatlarni toping.
A) yig‘iq, yig‘loqi
B) bosiq, bosqon
C) qo‘g‘irchoq, maqtanchoq
D) kuyunchak, kelinchak, burchak
23.Tub sifatlarni toping.
A) ozg‘in, achchiq
B) tushki, toshsimon
C) go‘zal, yuzaki
D) ko‘kimtir, qattiq
24. Ham ot, ham sifat yasaydigan qo`shimchalar berilgan qatorni toping.
A) –oq, -iq, -viy, -g‘oq, -ki
B) –boz, -dor, -q, -lik, -chi
C) –li, -iy, -chak, -choq
D) –kor, -in, -a, -ma, -ov
25. Otlashgan sifatni toping.
A) Ichki go`zallik bilan yo`g`rilmagan har qanday go`zallik mukammal bo`la olmaydi
B) Izchil mehnat hamma to`siqlarni yengadi
C) Otning yaxshisi uloqda bilinadi
D) Baxtsizlikda burchga sodiqlik buyuk xislatdir
26. –in qo`shimchasi bilan yasalgan sifat berilgan qatorni toping.
A) tiqin, yig‘in
B) chirkin, yog‘in
C) to‘kin, erkin
D) keskin, otashin
27.Quyidagi qaysi sifatlar sodda sifatlar sanaladi?
1. katta 2.chiroyli 3.ishyoqmas 4. shishasimon 5. ko‘kimtir A)1,2,3
B) faqat 1
C)1,2,3,4,5
D)1,2,4,5
28. Shaxs oti va sifat yasovchi omonim qo`shimchani toping. A) –kor,-gar
B) –chak, -choq
C) –lik, -k
D) –qin, -xon
29. Qaysi qatordagi sifatlarning qismlari tub-yasama?
A) olis-yaqin
B) ho‘l-quruq
C) issiq-sovuq
D) uzuq-yuluq
30.Sifat+ ot ko`rinishdagi qatorni toping
A) sovuqqon, balandparvoz
B) kamgap, kamquvvat
C) tezoqar, ertapishar
D) dunyoqarash, toshbag‘ir

Testlarni ishlab chiqish zarar qilmaydi! Biloliddin Akbarov