May 3, 2020

Mumtoz adabiyotdan savol-javoblar!

Foydali!

Savol javob:

1.Navioy taxallusining ma’nosi nima?

J: Haq va haqiqat, adolat yo’lida navo qiluvchi.

2.Maxmur taxallusining ma’nosi nima?

J: Ilohiy ishqdan mast bo’lgan darvesh

3.Uvaysiy qaysi janrlarda qalam tebratgan?

J: g’azal, muxammas, musaddas, murabba’, chiston va doston

4.Uvaysiyning qaysi g’azallari hasbi hol tarzida yozilgan?

J: “Uvaysiyman”, “Dog’ o’ldi, dog’ o’ldi”, “Sog’indim”

5.Mumtoz adabiyotda she’riy topishmoq nima deb yuritiladi?

J: chiston

6.Turkiy adabiyotda ilk chistonlar kim tomonidan yaratilgan?

J: Alisher Navoiy

7.Ikki va undan ortiq ohangdosh so’zlarning ohongdosh bo’lishi nima deyiladi?

J: Qofiyadosh so’zlar

8.Qofiyadan keyin takrorlanadigan so’z yoki so’zlar birligi...

J: Radif

9.Zavqiyning qaysi she’rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va istaklari aks etgan?

J: “Ajab ermas”

10.Zavqiyning qaysi hajviyalari zamona muommolari mavzusida yozilgan?

J:”Zamona kimniki” “Dar mazammati zamona” “Ajab zamona” “Kaj dor-u marez zamona”

11.O’z mehnati bilan halol rizq topish maqsadida zargarlik hunarini o’rgangan adabiyotshunos...

J: Maxtumquli

12.Maxtumqulining qaysi she’rida turkman xalqiga xos g’urur, oriyat, ittifoqlik tuyg’ulari haqida yozadi?

J: “Turkman binosi”

13. “Xoh inon, Xoh inonma” radifli g’azal nechchi baytdan iborat?

J:7

14. “Xoh inon, Xoh inonma” radifli g’azali qanday vazinda bitilgan?

J: maf’uvlu – mafoiylu – mafoiylu – faulun (yoki mafoiyl)

15. “Xoh inon, Xoh inonma” radifli g’azalining taqte’si qanday?

J: - - V / V - - V / V - - V / V - - (yoki V - ~)

16. Ushbu g’azalda qanday mavzu qalamga olingan?

J: Ish mavzusi

17.G’azalning to’rtinchi bayti qanday tasvirlangan?

J:Yorining suzuk ko’ziga, shakliga qaraganida hushidan ketib qolishi

18. “Xoh inon, Xoh inonma” radifli g’azalining beshinchi baytida qanday she’riy san’at qo’llangan?

J:Talmeh san’ati

19.”Qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul” radifli g’azali nechchi baytdan iborat?

J: 7

20. .”Qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul” radifli g’azalining vazni qanday?
J: ramali musammani mahfuz (yoki maqsur)

21. G’azalning taqte’si qanday?

J: - V - - / - V - - / - V - - / - V - (yoki – V ~ )

22.Aruz vaznida << - dom>> o’ta cho’ziq hijo g’azalda qaysi vaznga tushadi?

J: “foilon”

23.”Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham – ko’ngil” ushbu misra nechanchi baytga to’g’ri keladi?

J: 3 bayt

24. “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu...” g’azal qanday vaznda?

J: hajazi musaddasi mahfuz, ya’ni <<mafoiylun – mafoiylun - faulun>>

25. “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu...” g’azalining taqte’sini belgilang.

J: V - - - / V - - - / V - -

26. Ushbu g’azaldagi “gisu” so’zi nimani anglatadi?

J: Sochni

27.Uchinchi baytda shoir qizning yuz tasvirini nimadan ortiq deb ataydi?

J: “Oy bilan Kun(Qushosh)dan ham ortiq”, - deb ta’riflaydi.

28. “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu...” g’azalining boshdan oxirigacha qanday san’at qo’llangan?

J:Irsoli masal

29.Muayyan tartibga solingan matn...

J: nazm

30.Nazmning birinchi talabi - ...

J:vazn

31.Barmoq vazninig birinchi xususiyati nimada?

J: Misralardagi bo’g’inlar soni teng kelishida

32. Barmoq vazninig ikkinchi xususiyati nimada?

J: Misralarning muayyan turoqlarga bo’linishida

33.Aruz vazni qaysi she’riyatning asosiy vazni hisoblanadi?

J: arab she’riyatining

34.”Boshni fido ayla ato qoshig’a

Jismni qil sadqa ano boshiga’a, - “ A. Navoiyning ushu baytida nechta cho’ziq hijo mavjud?

J: <<bosh->>, <<-do>>, <<ay->>, <<-to>>, <<qo->>, <<-g’a>>, <<jis->>, <<qil>>, <<sad->>, <<-no>>, <<bo->>, <<-g’a>> (12)

35.O’zbek she’riyati tarixida eng ko’p qo’llanilgan vaznlar qaysi?

J: ramal, hazaj, mutaqorib

36. “foilotun” da qanday taqte’ ifodalanadi?

J: << - V - - >>

37. “mafoiylun” da qanday taqte’ ifodalanadi?

J: << V - - ->>

38. “faulun” da qanday taqte’ ifodalanadi?

J:<< V - - >>

40.Ruknlar misralarda to’liq qisqarmagan tarzda kelsa, vazn nomi oxiriga qaysi so’z qo’shiladi?

J: <<solim>>

41.Rukn misra so’ngida qisqargan, ruknning oxirgi hijosi o’ta cho’ziq tarzda kelsa vazn nomi oxiriga qaysi so’z qo’shiladi?

J:<<maqsur>>

42.Har misrada 3 tadan, ya’ni baytda jami 6 ta rukn ishtirok etsa qaysi so’z qo’llaniladi?

J: <<musaddas>>

43. Har misrada 4 tadan, ya’ni baytda jami 8 ta rukn ishtirok etsa qaysi so’z qo’llaniladi?

J:<<musamman>>

44.Afoilu tafoilda (masalan, <<foilotin foilotun foilun (yoki foilon)>>) bo’lsa taqte’da qanday aks etadi?

J:<< - V - - / - V - - / - V – (yoki – V ~)>>

45.Tuyuq ....

J: lirik janr

46.Tuyuq qaysi adabiyotlarda uchramaydi?

J: arabiy va forsiy

47.Tuyuq nechchi misradan iborat bo’lishi kerak?

J: 4

48. “Ul pari ishqida bu devonani,

Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko’r.

Bir qadah ul gulni xandon ayladi,

Ey ko’ngul, nazzora qil, gulxanda ko’r” ushbu tuyuq qanday qofiyalangan?

J: a-b-d-b

49.Komila taxallusi bilan o’zbekcha she’rlar bitgan shoira kim edi?

J: Nodirabegim

50.” Eshit” radifli g’azali qanday vaznda bitilgan?

J: ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni foilotun foilotun foilotun foilun (yoki foilon)

51. ” Eshit” radifli g’azalining taqte’si qanday?

J: << - V - - / - V - - / - V - - / - V – (yoki – V ~)>>

52.G’azalning beshinchi misrasi qanday vaznda bitilgan?

J: ramali musammani maqsur ( - V - - / - V - - / - V - - / - V ~)

53.”Oqibat” radifli g’azali necha baytdan iborat?

J:9

54. “Etib ket” radifli g’azali necha baytdan iborat?

J:9

55.Ushbu g’azalning vazni qanday?

J: an’anaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahfuz, ya’ni maf’ulu mafoilun faulun.

56. “Etib ket” radifli g’azalining taqte’sini toping.

J: << - - V / V – V - / V - ->>

57.Ushbu g’azalda qaysi so’z radifga olingan?

J:<<etib ket>>

58.”Talmeh” nima?

J: tarxiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish

59. “Sulaymon saltanatlik podshosen,

Masih anfoslik, Yusufliqosen.” qanday san’at qo’llangan?

J: talmeh

60.”Yoqub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma, - “qanday san’at qo’llangan?

J: talmeh

Kurs rahbari: Mavlon Burxonov Tuzuvchi: Mohiniso Sattorova BIZ BILAN YENGILMAYSIZ!!!