June 4, 2025

Dead End... Ep-1

~17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...!

~Nihoyat... Bugun tug'ilgan kunim. Men bu kunni qancha kutdim, ahhh. Qoyill! men nihoyat bugun 17 yoshni qarshiladim...! Ammo, yana yolg'izman!

Yaxshi, bugun o'zimga o'zim va'da beraman. Mazza qilib bayram qilaman. Avval zalga borishim kerak, so'ng chiroyli kiyinib biror joyga boraman.

Aysh, shibal! soat allaqachon 13:15 ku!! Shoshil Elara, shoshil, bu ahvolda hech nimaga ulgura olmaysan!

Ismim Elara, Bugun 19-oktabr, men nihoyat 17 ga to'ldim. O'zimni tanishtirishimga ruhsat bersangiz!

Koreyaning Pusan shahrida yashayman. Umuman olganda g'irt yetimman, va juda ham yomon qizman.

Ota onam ajrashib, meni vaxshiylarcha tashlab ketishgan. Men esa buvim bilan 14 yoshimgacha birga yashadim. Buvim meni juda yaxshiko'rardilar, men ham ularga juda bog'lanib qolgandim.

Afsuski, buvim ham ancha qarib golgandilar, 3 yil avval vafod etdilar. Buvimning vafodidan so'ng, uyda ancha vagt go'kgib yashadim. Oldin ularni nafaqalari bilan, kun kechirardik, lekin vafodlaridan so'ng mutlaqo nochor bo'lib qoldim.

Uydagi to'lovlarni ham qanday qilishni bilmasdim. Uyim ham katta emas, bir xonali, lekin menga juda yoqadi. Hullas men bir hafta och qolib ketdim.

So'ng ingliz tilini va rus tilini yaxshi bilganim uchun osongina o'zimga Pusandagi katta mehmonxonadan ish topdim. Oyligim 2000$ edi. Albatta bu 2 yil avvalgi maoshim edi.

Ha aytgancha men 10 yoshimdan beri karate va MMA bilan shug'ullanaman, Shunga yarasha xarakterim ham juda og'ir. Ammo, juda yoqimtoy qizman, Ko'chada ishkal chiqazib, palitsyaxanada o'tirish, bu odatdagi hobbym.

Mening sirli va o'zimga yoqqan tarafim nima bilasizmi?

Meni ilk ko'rgan inson urushqoq qiz deb hecham o'ylamaydi. Chunki ko'ylak kiyib nozik va yoqimtoy ko'rinishni sevaman.

Hullas gapni cho'zmay bugun haqida gapirsam! Yolg'izman deganimga hayron golmang, do'stlarim bor albatta, shunchaki men yolg'izlikni juda yoqtiraman. Ayniqsa tunda Pusan ko'chalarini sayr qilish menga o'zgacha zavq beradi

Qo'rqmaysanmi deysizmi?

— Hech qachon!Ahir Pusan politsyalarining hammasi meni taniydikuu...!

Endi mashg'ulotimga qaytsam, so'ng sizlar bilan yana suhbatlashamiz, ketib qolmang!

~ Ha, aynan manashu kun qahramonimizning hayoti tubdan o'zgaradigan kun edi. To'g'ri, qizaloq o'zi ta'riflagandan ham kuchliroq, ammo taqdir zarbasining oldida insonning zarbasi hech nima emas...!

~Nihoyat... 4 soatlik mashg'ulotdan so'ng muzdekkina dush qabul qilishga nima yetsin.

Tug'ilgan kunimga hechkimni chaqirishni istamayman, ammo yolg'iz nishonlashni ham istamayman-da.

Xoosh, menga yaxshiroq fikr kerak... Topdim!

Hullas, chiroyli kalta ko'ylak kiyib belimdan pastga tushib turadigan sochlarimni tarab yoyib oldim. Menimcha qayerga ketayotganimni tahmin qildingiz!

-Ha, aynan! Men klubga bormoqchiman. Taksi chaqirib Pusandagi eng katta klublardan biriga yo'l oldim. Taksi haydovchisi yoshroq bola ekan, yetib kelgunimizcha qarayverib teshib yuboray dedi.

Yomon qiz deb o'ylamang, men hech qachon ichkilik ichmayman, chekmayman ham, ammo yigitlar borasida unday emas.

Men ko'p yigitlar bilan gaplashib ko'rganman, ammo ularning maqsadi doim bitta, menga teginish. Mening qaytaradigan javobim ham bitta, itdek do'pposlash, Aybdorlarni jazolash yoqimli ish to'g'rimi? Shunday ahmoqlarni deb qancha qizlarning hayoti buzilib ketyapti...

Ha mayli, menga qo'yib bersangiz, boshingizni qotirishdan boshqasiga o'tmayman. Nihoyat klubga yetib keldim. Bu klubda oldin bo'lganman, ammo faqat bir marta. Negadir yangi joylarga borishni yoqtiraman.

Klubda biroz ko'ngilhushlik qildim, o'ynadim.

Elara Park

Saat esa allaqachon 23:05 ni ko'rsatyotgandi.

Mazza qilib to'ygunimcha ovqatlandim, raqsga tushdim. Endi charchadim, tug'ilgan kunim tugashiga ham oz qoldi, uyga tort olib borib seori bilan yeyman.

Seori kim deysizmi? Uni tanishtirishni unutibman,

- U mening eng yaqin do'stim.

Shunday yaxshi haybllar bilan klubdan chiqib ketayotgandim, qayerdagi to'nka yo'limni to'sib bir nimalar deb bidirlay boshladi.

X: Qizaloq juda go'zal ekansan, yolg'izmisan?

U mastga o'xshamasdi, aksincha kelishgan yigit edi. Lekin hozir u bilan suhbatlashishga vaqtim yo'q.

-Kechirasan, yolg'iz emasman, endi yo'limdan goch!

X: Hoy, qayoqga, balki biroz qolarsan?

-Bolakay, yo'ldan qoch dedim senga!

Men uni yonidan o'tib ketmoqchi edim, ammo u qo'limdan ushlab meni yana to'xtatdi. Men shunchaki qayrilib unga qaradim, uni hozir qay ahvolga solishimni o'ylab, hatto unga rahmim kela boshlagandi.

-Hoy, meni eng yomon ko'rgan narsam nima bilasanmi?

X: Xoosh, nima ekan?

- Ruhsatimsiz kimdir menga teginishi, endi esa qo'lingni tort, kichkintoy!

X: Bunisi o'tib tushdi go'zalim

U menga qo'limni qo'yib yubormasdan shu gapni aytarkan, hatto gapini tugatmasidan yuziga yaxshigina musht tushirdim.

Mening zarbamdan doim yiqilishardi, ammo bu safar undan bo'lmadi.

Bu menga yanada qiziq tuyula boshladi, Nihoyat o'zimga mos raqib topgan bo'lsam, tug'ilgan kunim zo'r o'tadiganga o'xshaydi. U biroz burnini ushlab turdida, menga jahl bilan qaradi. Men esa unga yoqimli jilmayib turardim.

X: Qizaloq bugun hayotingdagi eng katta hatoni gilding!

Men kulib yubordim, ammo hali gapirishga ulgurmasimdan yuzimga kelgan musht zarbasini sezdim, Haa, uning zarbasi juda og'riqli edi. Ammo bu meni yanada ilhomlantirardi.

Men burnimdan qon oqqancha unga ahmoqona tabassum qildim.

Endi o'zingdan ko'r, kichkintoy!

Mening harakatim juda tez edi. Unga ketma ket ikkita musht tushirdim va qo'shimchasiga aylantirib tepdim. U yiqilay deb nariroqqa surilib ketdi, ammo yiqilmadi, Men ham u bilan teng harakat qilib, yoqasidan ushlab o'zimga tortdim. Yana ayousiz ikki musht tushirdim.

Negadir birinchi bor o'zimni huddi havoga zarba berayotgandek his qildim. Nahotki mening zarbam unga ta'sir qilmayapti!?

U biroz boshini chayqatib yana men tomon keldi. Men esa yana uni urish uchun tayyorlanib turardim. Yaqinlashishi bilan tepmoqchi bo'lib oyog'imni ko'targandim hamki, chap tarafgi qovurg'amga kelib tekkan zarbadan birdagina yerga yiqilib baqirib yubordim.

Ichkarida odam ko'p edi, men uni tashqariga olib chiqishim kerak edi. Og'riq o'ta kuchli bo'lsa ham o'rnimdan tezda turib tashqariga yugurdim.

Ha kutganimdek u ham ortimdan yugurdi. Qochish niyatim yo'q edi albatta, shuning uchun chetroq joyga qarab yugurdim va uni ham ortimdan kelayotganini sezib to'xtadim.

X: Nima, charchadingmi qizaloq?

-Yo'q albatta, hali endi boshladikku!

Biz 10 daqiqacha ayovsiz urushdik, Ilk bor bunchalar kuchli raqibga duch keldim va unga hurmatim ortdi, Urush orasida men unga savollar berardim. U ham zo'rg'a javob bergancha davom etardi. Ammo maqsad bitta- dushmanni yengib uni o'lgunicha do'pposlash...

Orada yuzlarim qon, hansiragancha uning ismini so'radim.

- Hoy isming nima?

Uning ham yuzini urib dabdala qilgandim, u ham charchaganidan chuqur nafas olib javob berdi.

- Minjun!

U meni aniq o'ldirishga urinardi. Ayamasdan urardi. Men ham uni urardim, ammo negadir kuchim qolmayotgandi. Shu on ichimga yana bitta o'ta og'riqli zarba keldi. Og'zimdan qon otilib chiqdi.

Men aniq ojiz qoldim. Ichimni ushlab yerga yiqildim, ko'z oldim qorong'ulasha boshladi. U ustimga kelib yuzimga yana bir musht tushirdi. Hatto nafas olishga qiynalayotgandim, ammo yutqazish mening ishim emas. Uning zarbasidan battar g'azabim qaynardi.

Qo'limni ko'tarib birinchi ushlagan narsam, uning sochi bo'ldi. Ha, albatta bu hammaning nozik joyi.

Sochidan changallagancha, yerga boshini urdim. Menimcha unga ham qattiq zarba bo'ldi. Ustiga chiqib ayovsiz ura boshladim. Tahminan ikki daqiqa to'xtovsiz urdim. Qo'llarimni ko'rganingizda aniq rahmingiz kelib yig'lagan bo'lardingiz!

Yuziga qarasam, allaqachon hushidan ketay deb yotardi, ammo yengilishni istamasdi. Ichimni ushlagancha o'rnimdan turdimda, unga biroz tikildim.
U ham menga mehr bilan qaramayotgani aniq edi.
Ammo nima qilsin bechora, o'rnidan turishga ham kuchi qolmagandi.
Hatto o'zim zo'rg'a o'rnimdan turdimu, bu ahmoqqa yo'l bo'lsin.

Ammo men hursand edim. U haqiqatda munosib raqib edi, juda kelishgan ham. Unga qarab biroz jilmayib, zo'rg'a ovozimni to'g'irlab gapirdim.

- Tan berdim. Meni hali hechkim bunday kaltaklamagan. Minjun shundaymi?

U hirillagancha menga yoqmaydigan javob qildi.

-Bu hali boshlanishi qizaloq, endi kuning bitdi!

O'zi jahlimni zo'rg'a bosgandim, o'zi majbur qildi. Uning yuziga bor kuchim bilan tepdim. Og'zidan yoki burnidan, aniq bilmayman, ammo qon sachrab ketdi. Men jilmaygancha yaratgan san'at asarimga bir lahza qarab turdim. So'ng ichimni ushlab sudralgancha uyga yo'l oldim. Telefonim va sumkam ham qayerdadir tushib qolgandi shekilli, ahvolimga esa qarab bo'lmasdi.

Qandaydir bir arzon mashina to'xtatib, manzilimga olib borsa 100$ berishimni aytdim.
Qariroq odam ekan shekilli, mayli deya olib ketdi.

Uyimga kelib, zinalardan zo'rg'a uchinchi qavatga chiqdim va vannaga kirib boshimdan muzdek suv quyib yubordim, So'ng derazadan amakiga 100$ tashlab yubordim, Men hech qachon yolg'on gapirmayman...

Oradan 3 soat o'tdi. Soat tungi 3 lar bo'lib qolgandi. Tug'ilgan kunim ilk bor kutganimdanda zo'r o'tdi. Zo'rg'a yuvinib chiqib o'zimni yotoqqa tashladim. Biroz ko'zimni yumib boyagi voqeani eslab beixtiyor hursand bo'ldim.

Odam shunchalik ahmoq bo'lishi mumkinmi deysizmi?

- Ha, chunki men ilk bor o'zimga munosib raqib topdim, yoki shu paytgacha faqat ahmoqlarga duch kelganman.

Hayol surib yotarkanman, uyda yolg'iz emasligimni his qildim...

~ Qani edi seni uchratmaganimda...

1- qism tugadi.

Muallif: Aurea

E'tiboringiz uchun rahmat!